Laboratoriya mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
Laboratoriya mashg’ulotlari berilgan mavzuning mazmuniga qarab auditoriyada yoki dala sharoitida o’tkaziladi. Bunda laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarga oid kitoblar, qo’llanmalar, gerbariy na’munalari, tarqatma materiallar, elektron ma’lumotlar, ma’ruza matnlari, jadvallar va boshqa qo’shimcha materiallardan foydalanladi.
laboratoriya mashg’uloti: O‘simliklarning hayotiy shakllari bo’yicha tasniflashni o’rganish.
Mashg’ulotning maqsadi:
Gerbariylar namunalaridan va o’simliklar ro’yhatidan hamda universitet botanika bog’idagi o’simliklardan foydalangan xolda ularni hayotiy shakllarga ajratishni o’rganish va ularni tasniflash
Kerakli jihozlar:
Gerbariylar, o’simliklar ro’yhati, jonli o’simliklar, darslik, o’quv qo’llanma jadvallar va ko’rgazmali qurollar
Ishning borishi:
Universitet xududi va botanika bog’idagi o’simliklarning sistematik jihatdan aniqlanadi. O’simliklarning hayotiy shakllari bo’yicha Raunkiyer va Serebryakov tasniflariga asosan o’simliklar tasniflanadi va taxlil qilinadi. Topshiriqlarning bajarilishi bo’yicha xisobot tayyorlanadi.
laboratoriya mashg’uloti: Geobotanik indikatsiya. O‘simlik jamoalarining tuzilishiga ta’sir qiluvchi omillarni o’rganish.
Mashg’ulotning maqsadi:
O’simlik jamoalarining tarkibi va tuzilishiga ta’sir qiluvchi omillarni o’rganish hamda muxit sharoitlarining qandayligini belgilovchi o’simlik turlari bilan tanishish
Kerakli jihozlar:
Gerbariylar, o’simliklar ro’yhati, darslik, o’quv qo’llanma, jadvallar va ko’rgazmali qurollar
Ishning borishi:
Darslik va o’quv qo’llanmalaridan foydalanilgan xolda o’simliklarning jamoadagi indikatorlik xususiyatlari ko’rib chiqiladi. O’simlik jamoalariga ta’sir qiluvchi omillar va o’simlik jamoalarining muxit omillariga ta’siri o’rganiladi. Tarqatilgan jadvallar to’ldiriladi. Berilgan topshiriqlarning bajarilishi bo’yicha xisobot yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |