Fitrat (oʻrtada) maslakdoshlari bilan. Buxoro tm. 1908-yil


Download 43.86 Kb.
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi43.86 Kb.
#1535231
1   2   3   4   5
Bog'liq
Fitrat

Tarixshunoslik
Bundan tashqari Fitrat tarixshunoslik va sharqshunoslik sohalariga oid fors tilida maqola va risolalar ham yozdi, „Amir Olimxonning hukmronlik davri“ (1930) shular jumlasidandir. 1921-yilda B.Soliyev va B.S. Sergeyev bilan birgalikda Buxoro amiriga qarashli nodir qoʻlyozmalar, vaqf hujjatlarini yigʻish, ularga tartib va tavsif berish ishlarida ishtirok etdi. B.S. Sergeyev bilan birgalikda V.L. Vyatkin arxivida saqlangan qozilarga oid hujjatlarni oʻrganib, rus tilida “Казыйские документы XVI века” (1937) nomli kitobni nashr ettirdi.

Musiqa sanʼati
Fitratning sanʼatshunoslikka oid xizmatlari ham tahsinga sazovordir. U 1921-yil Buxoroda Sharq musiqasi maktabini tashkil etib, bu maktabning birinchi direktori lavozimida ishlaydi. Maktabga mumtoz musiqa bilimdonlari (sozanda, xonandalar) bilan birga Viktor Uspenskiy singari musiqashunoslarni ham taklif etdi. U shu vaqtdan boshlab „Shashmaqom“ kuylarini toʻplash va notaga yozib olish ishlariga rahbarlik qildi. Fitratning tashabbusi bilan ota Jalol va ota Gʻiyosdan Buxoro Shashmaqomi V. Uspenskiy tomonidan ilk bora notaga olinib, nashr etildi. Fitrat „Shashmaqom“, „Oʻzbek musiqasi toʻgʻrisida“ maqolalari va „Oʻzbek klassik musiqasi ham uning tarixi“ (1927) risolasi bilan XX asr oʻzbek musiqashunoslik fanini boshlab berdi.
SSSR Oliy Sudi tomonidan Fitratga oʻlim jazosini berish toʻgʻrisida chiqarilgan qaror, 1938-yil 5-oktabrda imzolangan
Vafoti Fitrat ilgʻor demokratik gʻoya va fikrlari uchun koʻpchilik jadidlar qatorida shakkoklik va isyonkorlikda ayblandi. Chor maʼmurlari esa uni mustamlakachilikka qarshi turganlikda aybladilar, kommunistik mafkura humron boʻlgan shoʻrolar davrida esa, millatchilikda, panturkizm gʻoyasi tarafdori, „xalq dushmani“ degan tuhmatlar bilan aybladilar. Professor H.Yoqubovning hikoya qilishicha, Fitratni 1937-yilgacha uning doʻsti Fayzulla Xoʻjayev oʻz himoyasiga olib kelgan. 1937-yilda koʻpchilik qatori Fitrat ham NKVD tomonidan qamoqqa olingan. Iosif Stalinning 1938-yil 28-martdagi „Otuvga eʼlon qilinganlar roʻyxati“ga tushgan.
Abdurauf Abdurahim oʻgʻli Fitrat 1938-yil 4-oktabr kuni Toshkent shahrining hozirgi Yunusobod tumani Boʻzsuv qirgʻogʻidagi qatlgohda otib oʻldirildi[10]. Uni oʻlimga mahkum qilish haqidagi sud qarori bir kundan keyin yaʼni 1938-yilning 5-oktabrida imzolandi.
Fitrat 110 yillik yubileyi sharafiga chiqarilgan pochta markasi.
1963-yil Iosif Stalin vafotidan soʻng Fitrat nomi oqlandi.

Xotira
1991-yil 25-sentabrda Abdurauf Fitratga oʻzbek dramaturgiyasini rivojlantirishdagi, realistik adabiy tanqidchilik hamda adabiyotshunoslik maktabiga asos solishdagi xizmatlari uchun Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti berildi. Mustaqillik ordeni berildi. Toshkent va Buxoroda Fitrat nomidagi koʻchalar, maktablar ochildi. Buxoro shahrida Fitrat bogʻi va uy-muzeyi tashkil qilindi (1996). Buxoro shahrida Fitrat haykali oʻrnatildi. 1996-yilda Abdurauf Fitrat tavalludining 110-yilligi mamlakat miqyosida nishonlandi, „Oʻzbekiston pochtasi“ tomonidan Fitratga bagʻishlangan pochta markalari chiqarildi.

Download 43.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling