Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish
-savol.Ekran forma va loyihani saqlash
Download 76.71 Kb.
|
Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15-savol.Dasturlash tilining asosiy elementlari. 16-savol.VB alifbosi.
14-savol.Ekran forma va loyihani saqlash.
Ekran formaga tegishli bo‘lgan fayl kengaytmasi frm kabi bo‘ladi. Demak, bizning ekran formamizning to‘la nomi FKvadrat.frm kabi bo‘ladi. Bu nom loyixa oynasidagi fayllarning daraxtsimon ko‘rinishida berilgan bo‘ladi. Loyixa oynasi ekranda ko‘rinmasa, uni bosh menyudagi View-Project Explorer (CtrlR) yoki vositalar panelidagi Projest Explorer tugmasini bosish yordamida ochish mumkin. Bizning loyihamizga nom berilmaganligi uchun loyixaning oraliq nomi Project1(Project1) deb berilgan bo‘ladi. Loyixaga haqiqiy nom berishda ekran formaga mos bo‘lgan nomni berish maqsadga muvofiq. Shuning uchun loyihamizga PKvadrat deb nom beraylik. Buning uchun loyixa oynasidagi oraliq nom ustiga sichqoncha belgisini o‘rnatib uning chap tugmasini bosamiz. Xossalar oynasidagi Name ga PKvadrat degan qiymatni kiritamiz va vositalar panelidagi xotiraga olish tugmasini bosamiz. Ekranda Save File As nomli xotiraga olish muloqot oynasi undagi “Imya fayla” maydonida FQvadrat yozilgan bo‘ladi. “Сохранить” tugmasining bosilishi ekran formani FKvadrat.frm nom bilan saqlanishini bildiradi. Soxranit tugmasining bosilishi bilan oynada Save Project As nomli muloqot oynasi ko‘rinadi. Bu oynaning quyi qismida joylashgan “Imya fayla” joyiga PKvadrat deb yozilgan bo‘ladi. “Сохранить” tugmasining bosilishi loyixani PKvadrat.vbp nom bilan saqlanishini bildiradi. VBda fayllarni saqlash jarayonida Source Code Control nomli muloqot oynasi paydo bo‘lib, unda Add this project to Sourse Safe? – Ushbu loyixani Sourse Safe (loyixani boshqarish tizimi) ma’lumotlar bazasiga qo‘shasizmi? degan savol bilan murojaat qiladi. Albatta bunday loyixani saqlashning maxsus usullaridan foydalanish shart bo‘lmaganligi uchun No –yo‘q javobini tanlash maqsadga muvofiq. 15-savol.Dasturlash tilining asosiy elementlari. 16-savol.VB alifbosi. Basic tilining alifbosiga quyidagilar kiradi: 1.Lotin harflari-26ta. 2.Arab harflari - 0 9 10ta. 3.Arifmetik amallar belgilari:{+}, {-}, {*}, {/}. 4.Taqqoslash belgilari:( >, <, =, <=, >= ) 5.Maxsus belgilar: ( : , . ; ( ) % ) 6.Sonlarni yozishda vergul o’rniga nuqta qo’yamiz. 7.Basic tilidagi dastur satrlardan satrlar operatorlardan tashkil topadi. Agar bir satrga bittadan ortiq operator yozilsa, ular orasiga : (ikki nuqta) qo’yiladi. 8.Rus harflari faqat izphlarda va belgili kattaliklarda ishlatilishi mumkin. 9.Asosiy operatorlarga quyidagilar kiradi: a) [Rem]-izoh operatori b) Input-“изоx” kiritish c) print-“изоx” chiqarish d) Y=U o’zlashtirish operatori e) End 10.Standart funksiyalar. O‘zgarmas (konstanta)lar. Kattaliklar saqlanishi, ishlatilishi va yozilishiga qarab ikkiga: o‘zgarmas (konstanta) va o‘zgaruvchi kattaliklarga bo‘linadi. O‘zgarmas kattaliklarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin bo‘lib, ularni sonli kattaliklar va satr kattaliklar deb yuritiladi: a) Sonli kattaliklar. VBda butun va haqiqiy sonlar bilan ish ko‘riladi. Butun va haqiqiy sonlar matematikada qanday ko‘rinishda yozilsa dasturlash tilida ham shundayligicha yoziladi. Musbat butun sonlar oldiga belgisini qo‘yish shart emas. Haqiqiy sonlarni yozishda ularning butun va kasr qismlarini ajratib turish uchun “,” belgisi o‘rniga “.” belgisidan foydalaniladi. Masalan, 231,37 o‘rniga 231.37 ko‘rinishida yoziladi. Haqiqiy son manfiy bo‘lsa, uning oldiga “-“ belgisi qo‘yiladi. Juda katta va juda kichik sonlar o‘nning darajalari ko‘rinishida yozilishi ma’lum. Bunday sonlarni yozishda ularning eksponensial ko‘rinishidagi yozuvlaridan foydalaniladi. Masalan, 71400000 sonini 71,4106 yoki 7,14107 ko‘rinishda yozish mumkin. Bu sonni eksponensial ko‘rinishda 71.4E6 yoki 7.14e7 kabi yozish mumkin. Shuningdek, -0,0000024 soni -2.4E-6 ko‘rinishda yoziladi. b) Satr kattaliklar. Satr kattaliklar qo‘shtirnoq ichida yoziladi. Qo‘shtirnoq ichida yozilgan ixtiyoriy belgilar ketma-ketligi (harflar, raqamlar)ni satr kattalik sifatida qabul qilinishi mumkin. Masalan, “O‘zbekiston”, “15-uy”, “74” satr kattaliklardir. Dasturning bajarilishi jarayonida qiymatlari o‘zgaradigan kattaliklar o‘zgaruvchilar deb yuritiladi. O‘zgaruvchilar – o‘z nomiga va qiymatiga ega bo‘lgan dasturlash tilining asosiy elementi hisoblanadi. O‘zgaruvchining nomi belgi va raqamlar ketma-ketligidan iborat bo‘lib, dastur kodining boshqa o‘zgaruvchilaridan farq qilishi kerak. Dastur tuzuvchi qo‘yilgan masala mazmunidan kelib chiqqan xolda ularga nom berishi maqsadga muvofiq. Dim Son As Long 'Sonlar bilan ishlash uchun Son ni o‘zgaruvchi deb e’lon qilinmoqda Dim satr As String 'Satrlar bilan ishlash uchun satr ni o‘zgaruvchi deb e’lon qilinmoqda Dim Variant 'Son va satrlar bilan ishlash uchun Varian nio‘zgaruvchi deb e’lon qilinmoqda Private Sub Form_Load() 'Formani yuklashda : Son = 3 'O‘zgaruvchi Son 3 ga teng bo‘ladi(qo‘sh tirnoqsiz yoziladi, chunki u satr emas) satr = "Ex dangasa" 'O‘zgaruvchi Satr "Ex dangasa" End Sub
Text1.Text = Son + 2 'Matn maydoni Son + 2 ga teng(bu yerda Son = 3) bo‘ladi End Sub Private Sub Command2_Click() '2- tugmani bosganda: Text1.Text = satr 'Matn maydoni satr( satr = "Ex dangasa") ga teng bo‘ladi End Sub Private Sub Command3_Click() '3- tugmani bosilganda: Varian = "Satr" 'O‘zgaruvchi Varian "Satr ni qabul qiladi Text1.Text = Varian 'Matn maydoni Varian(bu yerda Varian = "Satr")ga teng bo‘ladi End Sub Private Sub Command4_Click() '4- tugmani bosilganda: Varian = 5 'O‘zgaruvchi Varian 5(bu son)ga teng bo‘ladi Text1.Text = Varian + 3 'Matn maydoni Varian(bu yerda Varian = 5)ga teng bo‘ladi End Sub Download 76.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling