Fizik kattaliklarning birliklari


Download 27.62 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi27.62 Kb.
#1828396

FIZIK KATTALIKLARNING BIRLIKLARI
Xalqaro birliklar tizimi yoki SI (fransuzchaSystème International d’Unités) — fizik kattaliklarning asosiy va hosilaviy oʻlchov birliklar tizimi. 1960-yilda oʻlchov va tarozilar boʻyicha Parijda oʻtkazilgan 11-Bosh konferensiyada qabul qilingan. Xalqaro birliklar tizimini yettita asosiy birlik, ikkita qoʻshimcha birlik va hosilaviy birliklar tashkil etadi. Asosiy birliklar: uzunlik birligi — metr (m), massa birligi — kilogramm (kg), vaqt birligi — soniya (s), termodinamik temperatura birligi — Kelvin (K), tok kuchi birligi — amper (A), yorugʻlik kuchi — sham, kandela (kd) va modda miqdori — mol (mol). Qoʻshimcha birliklar: yassi burchak birligi — radian (rad), fazoviy burchak birligi — steradian (ster). Hosilaviy birliklar asosiy oʻlchov birliklaridan foydalanib maʼlum fizik qonuniyat asosida aniqdanadi. Bunda koeffitsiyent oʻlchamga ega emas va birga teng deb olinishi kerak.
Fizik kattalikning berilgan birliklar tizimidagi asosiy fizik kattaliklar oʻlchamlari bilan bogʻlanishi ifodasiga shu kattalikning oʻlchamliligi deb ataladi. SI tizimida asosiy kattaliklar uzunlik, massa, vaqt, elektr toki kuchi, termodinamik temperatura, yorugʻlik kuchi, modda miqdori oʻlchamliklari mos ravishda L, M, T, I, Q, J, L^ belgilari orqali ifodalanadi. Xalqaro birliklar tizimi fan va texnikaning barcha sohalarini oʻz ichiga kamrab oladi. Xalqaro birliklar tizimit.da mexanik, issiklik, elektr, magnit va boshqa kattaliklar oʻzaro bogʻlangan bo'ladi. Ushbu tizimning asosiy va hosilaviy birliklari amaliy oʻlchashlar uchun juda qulay hisoblanadi.
SI oʻlchov birliklari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Asosiy oʻlchov birliklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kattalik

Birlik

Nomlanishi

Oʻlcham belgisi

Nomlanishi

Belgilanishi

Oʻzbekcha

fransuzcha/inglizcha

oʻzbekcha

xalqaro

Uzunlik

L

metr

mètre/metre

m

Massa

M

kilogramm[1]

kilogramme/kilogram

kg

Vaqt

T

soniya

seconde/second

s

Tok kuchi

I

amper

ampère/ampere

A

Termodinamik harorat

Θ

kelvin

kelvin

K

Modda miqdori

N

mol

mole

mol

Yorugʻlik kuchi

J

kandela

candela

kd

cd

Download 27.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling