Fizik kimyodan laboratoriya mashg’uloti 6-laboratoriya ishi
Download 54.79 Kb.
|
KONDUKTOMETRIYA (2)
FIZIK KIMYODAN LABORATORIYA MASHG’ULOTI6-LABORATORIYA ISHIMAVZU:KonduktometriyaIshning maqsadi: Ekvivalent nuqtani, elektrolitlarning eritmadagi g-ekv lar sonini va elektrolitlar aralashmasi eritmasining tarkibini aniqlash. Ishning mohiyati: Konduktometriya elektrolit eritmasi elektr o‘tkazuvchanligining o‘zgarishi bo‘yicha ekvivalent nuqtani topish usuli bo‘lib, u turlicha harakatchanlikka ega bo‘lgan ionlarning konsentratsiyasi titrlash jarayonida kimyoviy reaksiya borishi natijasida o‘zgarishiga asoslangan. NAZARIY QISM Konduktometrik titrlash Bu usul bilan rangli yoki loyqa eritmalardagi elektrolit konsentrasiyasini aniqlash va indikator tanlash qiyin bo’lgan hollarda kislotalar aralashmasini titrlash mumkin. Titrlash natijasida bir turli ionlarning ikkinchi turli ionlarga almashinishi elektr o’tkazuvchanlikning o’zgarishiga olib keladi va bu o’zgarish ekvivalent nuqtani aniqlashga imkoniyat yaratadi. Masalan, HCI kislotasini NaOH ishqori bilan titrlaganimizda vodorod ionlarining o’rnini harakatchanligi kamroq bo’lgan natriy ionlari egallaydi, chunki vodorod ionlari gidroksil ionlari bilan deyarli dissosilanmaydigan suvni hosil qiladi. Eritmadagi barcha H+ ionlarning OH- ionlari
bilan to’la neytrallanishi kuzatilmaguncha eritmaning elektr o’tkazuvchanligi kamayib boradi (1, a-rasm). Eritmaga ishqor quyishni yana davom ettirganimizda H+ ionlarining o’rnini egallagan Na+ ionlari va ayniqsa OH- ionlari hisobiga elektr o’tkazuvchanlik yana ortib boradi. Lekin, OH- ionlarining elektr o’tkazuvchanligi Н+ ion-larining elektr o’tkazuvchanligidan kichik (λOН- λН+) bo’lganligi sababli, ekvivalent nuqtadan keyingi (вс) elektr o’tkazuvchanlikning ortib borishi, uning (aв) qismidagi elektr o’tkazuvchanlikning kamayib borishidan sekinroq bo’ladi (вс chiziq aв chiziqdan yotiqroq ko’rinishga egadir). Kuchsiz kislotani kuchli asos bilan titrlaganda (1, b-rasm), kam dissosilangan kuchsiz kislotaning o’rniga uning kuchli dissosilanuvchi tuzi hosil bo’lishi hisobiga elektr o’tkazuvchanlik ortib boradi (aв qism). Ekvivalent nuqtadan so’ng elektr o’tkazuvchanlik gidroksil ionlarining paydo bo’lishi hisobiga tezroq ortib ketadi va вс chiziq tikkaroq ko’rinishga ega bo’ladi. Kuchli va kuchsiz kislotalarning aralashmasini titrlaganda (1, v-rasm), birinchi navbatda, kuchli kislota ishqor bilan reaksiyaga kirishadi va kuchli kislota to’la neytrallanib bo’lgandan so’ng, kuchsiz kislota ishqor bilan ta’sirlasha boshlaydi. Kuchli kislotaning neytrallanishi natijasida elektr o’tkazuvchanlik avvaliga kamayib boradi (aв), kuchsiz kislotaning titrlanishi natijasida hosil bo’lgan kuchsiz kislotaning yaxshi dissosilanuvchi tuzi hisobiga elektr o’tkazuvchanlik ortadi (вс). Ikkinchi ekvivalent nuqtadan (c) keyingi elektr o’tkazuvchanlikning ortishi (cd) eritmadagi ortiqcha gidroksil ionlarining paydo bo’lishi hisobiga boradi. Shunday qilib, в va с nuqtalar kuchli va kuchsiz kislotalar aralashmasini titrlaganda hosil bo’lgan ekvivalent nuqtalardir. Konduktometrik titrlash Kolraush sxemasi yordamida, elektrodlar tushirib qo’yilgan idishda olib boriladi. Idishdagi elektrodlarni ko’prikka ulagandan keyin harakatchan kontaktni reoxordning o’rtasiga qo’yiladi va magazinlar qarshiligi Rm ning tok kuchi kichik bo’lgandagi qiymati tanlab olinadi. Keyin bir xil ulushlar bilan (eritmani aralashtirib turgan holda) byuretka orqali 0,5 ml dan titri aniq bo’lgan ishqor eritmasi tomizib boriladi. Har qaysi ulush tomizilgandan so’ng qarshilik aniqlanadi va elektr o’tkazuvchanlikning qiymatini ordinataga, ishqorning tomizilgan hajmini abssissa o’qlariga qo’yib, konduktometrik titrlash grafigi chiziladi. Bunda 1-rasmda ko’rsatilgan siniq chiziqlar hosil bo’ladi va chiziqlarning singan nuqtalari ekvivalent nuqtalarga mos keladi. Download 54.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling