Fizik xavfsizlik,uning muhimligi,fizik xavfsizlikka ta'sir qiluvchi omillar
Download 24.74 Kb.
|
33- Bilet
33- Bilet fizik xavfsizlik ,uning muhimligi,fizik xavfsizlikka ta'sir qiluvchi omillar Xavfsizlik siyosati bu - tashkilotni himoyalash maqsadida amalga oshirilgan xavfsizlik nazoratini tavsiflovchi yuqori sathli hujjat yoki hujjatlar to’plami. Xavfsizlik siyosati konfidensiallikni, foydalanuvchanlikni, yaxlitlikni va aktiv qiymatini saqlashni maqsad qilib, u xavfsizlik infratuzilmasining asosi hisoblanadi. Xavfsizlik siyosatisiz tashkilotda bo’lishi mumkin bo’lgan turli nojo’ya harakatlarni oldini olishning imkoni yo’q. Shunga qaramay, xavfsizlik siyosati asos xavfsizlik hujumlarini oldini olish yo’l yo’riqlarini o’zida mujassamlashtirmaydi. Siyosatlar texnologik xarakterga ega bo’lmaydi va quyidagi amalga oshiradi: - ishchilar va uchinchi tomoni uchun qonuniy javobgarlikni kamaytiradi; - konfidensiallikni va shaxsiy axborotni o’g’irlanishdan, noo’rin foydalanishdan, ruxsat etilmagan oshkor bo’lishidan yoki modifikasiyalashdan himoyalaydi; - hisoblash resursi yetishmasligidan himoyalaydi. Xavfsizlik siyosati o’zida tashkilot tarmog’i va kompyuter tizimlari xavfsizligi talablari uchun maqsad va qoidalarni mujassamlashtirgan. Xavfsizlik siyosati maqsad va xavfsizlik talablari o’rtasida bog’lovchi vazifasini o’tab, foydalanuvchilarga, xodimlar va boshqaruvchilarga texnologiya va axborot aktivlarini himoyalashga yordam beradi. Xavfsizlik siyosati kompyuter tizimlari va tarmoqlarining rasmiy talabi, sozlanishi va auditi uchun asos hisoblanadi, hamda u tashkilot aktivlarining konfidensialligini, butunligini va foydalanuvchanligini kafolatlashi shart. Xavfsizlik siyosatini zaruriyati: - Tashkilot bo’ylab foydalanilayotgan qurilmalar soni ortib borishi tarmoqda uzatilayotgan va saqlanadigan axborot hajmini ortishiga olib kelmoqda. Bu holat esa o’z navbatida turli zaifliklar natijasida hosil bo’lgan xavfsizlik tahdidlarini ortishiga ham sababchi bo’ladi. Xavfsizlik siyosati tashkilotni ushbu tahdidlarga qarshi kurashish va unga axborotni yo’qolishidan himoyalash imkonini beradi. - Xavfsizlik siyosati tashkilotning barcha funksiyalarini xavfsiz tarzda amalga oshirish orqali xavfsizlik prinsiplarining kelishilgan vazifalarini ta’minlaydi. Xavfsizlik siyosatlari mijozlar bilan ishonchga asoslangan aloqani qurishda axborot xavfsizligi standartlarining mosligini ta’minlaydi. Xavfsizlik siyosati tashqi axborot tahdidlariga kompaniyaning duchor bo’lishini kamaytirishga yordam beradi. - Xavfsizlik siyosati tarmoqda qanday qoidalar foydalanishi kerakligi, konfidensial axborot qanday saqlanishi va tashkilot ma’lumotlarini oshkor bo’lishi va majburiyatlarni kamaytirish uchun qanday shifrlash algoritmlari kerakligini aniqlash orqali qonuniy himoyani ta’minlaydi. - Xavfsizlik siyosatlari tahdidlarni sodir bo’lishidan oldin ularni bashoratlash va zaifliklarni aniqlash orqali xavfsizlik buzilishlari holatining ehtimolini kamaytiradi. - U shuningdek, zaxira nusxalash va qayta tiklash amallarini joriy qilish orqali tashkilot ma’lumotlarini yo’qolishi va chiqib ketishi xavfini minimallashtiradi. Download 24.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling