Fizika – Matematika fakulteti Matematika yo‘nalishi talabasi Mirzabekoba Dilafruzning Algebra va sonlar nazarityasi fanidan tayyorlagan
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Mirzabekova Dilafruz 4-13 kurs ishi (1)
25 Xulosa Tatbiqiy masalalarnisonli yechish matematiklar e’tiborini doim o’ziga tortar edi. Shuning uchun ham o’tgan zamonning buyuk matematiklari o’z tadqiqotlarida ta- biiy jarayonlarini o’rganish, ularning modellarini tuzish va modellarini tadqiq etish ishlarini birga qo’shib olib borishgan. Ular bu modellarni tekshirish uchun maxsus hisoblash usullarini yaratishgan. Bu usullarning ayrimlari Nyuton, Eyler, Loba- chevskiy, Gauss, Chebeshev, Ermit nomlari bilan bog’liqdir. Bu shundan dalolat beradiki, hisoblash usullarini yaratishda o’z zamonasining buyuk matematiklari shug’ullanishgan. Hisoblash matematikasining hozirgi zamon fan va texnikasi- ningxilma-xil sohalaridagi tadbiqlarida, odatda, shunday tipik matemat- ik masalalarga duch kelinadiki, ularni klassik usullar bilan yechish mumkin emas yoki yechish mumkin bo’lgan taqdirda ham yechim shunday murakkab ko’rinishda bo’ladiki, undan samarali foydalanishning iloji bo’lmaydi. Bundaytipik matematik masalalarga algebra(odatda tartibi juda katta bo’lgan chiziqli algebraic tenglamalar sistemasini yechish, matritsalarning teskarisini toppish, matritsalarning xos son- larini topish, algebraik va transtsendent tenglamalar hamda bunday tenglamalar sistemasini yechish) matematik analiz(sonly integrallash va differensiallash, funksiyani yaqinlashtirish masalalari) hamda oddiy va xususiy hoilali differensial tenglamalarni yechish masalalari va boshqalar ki radi. Hisoblash matematikasida uchraydigan ko’p masalarni y=Ax shaklida yozish mumkin, bu yerda x va u beril- gan funksional fazolarning elementlari bo’lib, A-operator yoki xususiy holda funksionaldir. Agar A operator va x element haqida ma’lumot berilgan bo’lib, u ni topish lozim bo’lsa, bunday masala to’g’ri masala deyiladi. Aksincha, A va u haqida ma’lumot berilgan bo’lib, x ni toppish kerak bo’lsa, bunday masala teskari masala deyiladi. Odatda, teskari masalani yechish murakkabdir. Bu masalalar har doim ham aniq yechilavermaydi. Bunday holatda hisoblash matematikasiga muro- jaat qilinadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling