Fizika -matematika fakulteti


 Microsoft Excel haqida umumiy ma’lumot


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/24
Sana13.11.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1770113
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
excel elektron jadvalini organuvchilar uchun elektron tizimini loyihalash

 
1.2. Microsoft Excel haqida umumiy ma’lumot. 
Ma‘lumotlarni jadval ko`rinishida tasvirlash, ularni taxlil qilish, xisob-kitob 
ishlarini olib borish uchun maxsus amaliy dasturlar Sirer Sals va Excel yaratilgan 
bo`lib, ular elektron jadvallar yoxud jadval protsessori deb yuritiladi. Elektron 
jadvallar ayni vaqtda qo`llanadigan soxalar ko`p, xususan bank va soliq 
tizimlarida, iqtisodiy masalalarni yechishda foydalanilib kelinmoqda. Ana shunday 
dasturlardan biri Microsoft Excel dasturidir. 
MS Excel Microsoft Office paketi tarkibidagi dastur bo`lib, u Windows 
operatsion qobiq dasturi boshqaruvida ishlovchi hamda ma‘lumotli elektron 
jadvallarni tayyorlash va qayta ishlashga mo`ljallangan. 
Windows uchun Excel elektron jadval versiyalari: 
 1988-yil – Excel 2.0 
 1990-yil – Excel 3.0 
 1992-yi – Excel 4.0 
 1993-yil – Excel 5.0 
 1995-yil – Excel 7 Windows 95 uchun 
 1997-yil – Excel 97 
 1999-yil – Excel 2000(9) – Microsoft Office 2000 
 2001-yil – Excel 2002(10) – Microsoft Office XP 
 2003-yil – Excel 2003(11) – Microsoft Office 2003 
 2007-yil – Excel 2007(12) - Microsoft Office 2007 
 2010-yil – Excel 2010(14) - Microsoft Office 2010 
 2013-yil – Excel 2013(15) - Microsoft Office 2013 
 2015-yil – Excel 2016(16) - Microsoft Office 2016 
Excel o`zining 7.0 versiyasiga qadar 16384 – 2
14
satrdan iborat edi. 8.0-11.0 
versiyalarida esa bu son 65536 – 2
16
qator va 256 – 2
8
ustunga yetdi. 12.0 va 14.0 
versiyalar 1048576 - 2
20
qator va 16384 – 2
14
ustunga ega 


15 
MS Excel da tayyorlangan har bir hujjat (ma‘lumotli jadval) ixtiyoriy ism va
xls kengaytmadan iborat fayl bo`ladi. Excel atamasida bunday fayl «Ish kitobi» 
(Workbook) deb yuritiladi. Har bir xls faylida 1 tadan 255 tagacha elektron 
joylashishi mumkin, ularning har biri Excelning ish varag`i deb yuritiladi. 
Microsoft Excelning asosiy ish maydoni - bu «Ish kitobi» bo`lib, u bir yoki 
bir nechta ish varaqlaridan iborat. Ish varag`ida buxgalter (xisobchi) kitobi kabi, 
sonlar, matnlar, arifmetik ifodalar, xisoblar, qator va ustunlarda joylashgan bo`ladi. 
Excelning buxgalter kitobidan asosiy farqi barcha xisob ishlarini uning o`zi 
bajaradi, lekin ma‘lumotlarni kiritish foydalanuvchi zimmasida qoladi. 
Har bir Excel hujjatida bir nechta varaqlar bo‘lishi mumkin. Quyidagi rasmdagi 
Excel hujjatida uchta «List1», «List2» va «List3» lar bor. 
1.2.1-rasm Excel dasturida varoqlar bo`limi. 
Bu rasmdagi hujjatda joriy varaq «List1» xisoblanadi. List2 ham birinchisiga 
o‘xshash bo‘sh varaqdir, unda ham birinchi varaqqa o‘xshab kerakli jadvallarni 
hosil qilishimiz mumkin. Ikkinchi varaqqa o‘tish uchun sichqoncha bilan 
ko‘rsatilgan joyga keltirib uning chap tugmasini bosish etarli. 
Varaqning nomini o‘zgartirish uchun sichqonchani «strelka» bilan 
ko‘rsatilgan joyga keltirib o‘ng tugmachasi bosiladi va quyidagi menyu hosil 
bo‘ladi: 
Menyu bandlarining vazifalari: 


16 

«Добавыть…» - hujjatga yangi varaq qo‘shadi. 

«Удалить» – joriy varaqni o‘chiradi. 

«Переименовать» – varaq nomini o‘zgartiradi. 

«Переместить / скопировать» – joriy varaq nusxasini hosil qiladi. 

«Выделить все листы» – hujjatdagi xamma varaqlarni belgilaydi. 
Excel elektron jadvali 16384 qator (row) va 256 ustun (column) dan iborat. 
Qatorlar 1dan 16384gacha bo`lgan butun sonlar bilan tartiblangan, ustunlar esa 
lotin alifbosining bosh harflari (A, V, ... , 2, AA, AV, ... , IV) bilan belgilangan. 
Qator va ustun kesishmasida elektron jadvalning asosiy tarkibiy elementi -
yacheyka (cell) joylashgan. Har bir yacheykaga son, matn yoki formula tarzidagi 
ma‘lumotlar kiritiladi. Ustun kengligini va qator balandligini o`zgartirish ham 
mumkin. Yacheyka- bu ishchi jadvaldagi adresli element bo`lib unda sonli qiymat, 
matn va formula turishi mumkin. Yacheyka o`z adresi bilan aniqlangan bo`lib, u 
adres ustun nomi va satr nomeridan iborat bo`ladi. 
Maydon deb yonma-yon joylashgan kataklar guruhiga aytiladi. Maydonning 
adresini ko`rsatish uchun uning yuqori chap va pastki o`ng kataklarining adresini 
ikki nuqta bilan ajratib ko`rsatish kerak. Bundan tashqari, Excel dasturi 
ma`lumotlar ombori (MO) bilan ishlash, Visual Basic for Applications dasturlash 
tilida Makroslar yaratish kabi imkoniyatlarga egaki, bu foydalanuvchiga har 
tomonlama mukammal bo`lgan hujjatlar tayyorlashga yordam beradi. 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling