Fizika -matematika fakulteti


Microsoft Excel elektron jadvalining imkoniyatlari


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/24
Sana13.11.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1770113
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
excel elektron jadvalini organuvchilar uchun elektron tizimini loyihalash

Microsoft Excel elektron jadvalining imkoniyatlari. 
 
Excel nafaqat berilganlarni kiritish, saqlash, tanlash balki, tahlil qilish, ularni 
diagrammalar, grafiklar ko‘rinishida tasvirlash, xatto so‘nggi versiyalarida Web-
sahifalarga joylashtirish, murakkab ma‘lumotlar bazasi bilan ishlash 
imkoniyatlariga ham ega. Quyida Exceldan foydalanish uchun eng zarur
imkoniyatlar bilan tanishamiz: 

Varaqlardan foydalanish. Bu elektron jadvaldan foydalanishdagi boshlang‘ich 
tushunchalardan biri bo‘lib, unda qatorlar va ustunlar joylashadi. Varaqlarga 
sarlavha qo‘yiladi. Uni o‘zgartirish, yo‘qotish va yangi varaqni qo‘shish mumkin. 


17 

Ma‘lumotlarni kiritish. Odatda ikkinchi qadam bo‘lib, kataklarga turli 
ma‘lumotlarni kiritish tushuniladi. 

Ma‘lumotlarning ko‘rinishini o‘zgartirish. Matn va sonlarga o‘ziga xos 
ko‘rinish berishni anglatadi. 

Formulalardan foydalanish. Sonlar bilan ishlashda albatta ma‘lum xisoblarni 
bajarishga to‘g‘ri keladi. Excelda murakkab formulalarni yozish yoki tayyor 
standart funktsiyalardan foydalanish imkoniyati mavjud. 

Grafik va diagrammalarni hosil qilish. Jadvalga kiritilgan sonli 
ma‘lumotlarning diagrammalari va grafiklari hosil qilinadi. 

Rasmlarni qo‘shish. Jadvallarni tushunarli va ko‘rgazmali ravishda tasvirlash 
uchun diagrammalar va rasmlar kiritiladi. Shuningdek, berilganlarni tasvirlash 
uchun kartalardan ham foydalanish mumkin.

Web-sahifalardan foydalanish. Web-sahifalardagi berilganlarni olib ulardan 
foydalanish va ularga qayta ishlangan ma‘lumotlarni jo‘natish.

Import qilish. Boshqa elektron jadvallarda tayyorlangan ma‘lumotlarni qabul 
qilish va turli formatlarda yozish.

Berilganlarni tahlil qilish. Berilganlarni tekshirish, ulardan umumlashgan 
jadvallar tayyorlash. 
Bundan tashqari, Excelda ishlash jarayonining o‘zini qulaylashtirish uchun qator 
imkoniyatlar yaratilgan. 

Ro‘yxatni avtomatik ravishda to‘ldirish; 

Diagrammalarni qurishda ko‘p qadamli tanlovdan foydalanish; 

Matnning rangi va o‘lchamlarini oldindan ko‘rish; 

Umumlashgan jadvallarni dinamik tasvirlash; 

Tayyor jadvalni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Web-sahifaga kiritish, Web-sahifadan 
olish va xokazo.
Umuman elektron jadvallarning imkoniyatlarini ularda amaliy ishlash davomida 
kengroq o‘rganish mumkin bo‘ladi. 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling