Jihozlar va o‘quv-ko‘rgazmali qurollar:
Mexanikadan “Mexanika-1” laboratoriya jamlanmasi. Raqamli sekundomeri. Fizikadan universal shtativ. Elastik spiral purjinalar. Har xil massali mayatniklar. Aylanma harakatni o‘rganish to‘plami. Kamerton. Chizma ashyolari to‘plami. O‘quv-laboratoriya elektron tarozisi.
VI BOB. termodinamika ASOSLARI
(4 soat, B1+: 6 soat)
27-mavzu: Issiqlik jarayonlarining qaytmasligi. Termodinamika qonunlari. (1 soat, B1+: 2 soat)
28-mavzu: Adiabatik jarayonlar. Issiqlik mashinalarining FIK. Karno sikli. (1 soat, B1+: 1 soat)
29-mavzu: Inson hayotida issiqlik dvigatellarining ahamiyati. Issiqlik dvigatellari va ekologiya. (1 soat, B1+: 1 soat)
Masalalar yechish. (1 soat, B1+: 2 soat)
Namoyish tajribalari:
1. Termodinamikaning II qonuni namoyishi.
2. Adaibatik jarayonlar.
3. Karno sikli. Issiqlik mashinalarining FIK.
4. Texnikada rezonans.
5. Issiqlik dvigatellarining namoyishi.
Jihozlar va o‘quv-ko‘rgazmali qurollar:
Xona termometri. Raqamli o‘quv termometri. Ichki yonuv dvigatelining proyekstion modeli. Bug‘ turbinasi. Termodinamika bo‘yicha ko‘rgazmali tajribalar ko‘rsatish to‘plami.
ELEKTRODINAMIKA
VII BOB. ELEKTROSTATIK MAYDON
(8 soat, B1+: 12 soat)
30-mavzu: Zaryadning saqlanish qonuni. Nuqtaviy zaryadning maydoni. Elektr maydon kuchlanganligining superpozitsiya prinsipi. (1 soat, B1+: 1 soat)
31-mavzu: Zaryadlangan sharning elektr maydoni. Dielektrik singdiruvchanlik. (1 soat, B1+: 1 soat)
32-mavzu: Nuqtaviy zaryad maydonining potensiali. Potensiallar farqi. (1 soat, B1+: 1 soat)
33-mavzu: Elektrostatik maydonda zaryadni ko‘chirishda bajarilgan ish. (1 soat, B1+: 2 soat)
Do'stlaringiz bilan baham: |