Kurs ishining dolzarbligi: Hozirgi kunda ushbu kurs ishining dolzarbligi ham o’rta umumta’lim maktablarida fizika o’qitishda, jumladan fizika fanini o’qitishda turli xil metodlar qo’llash orqali mavzularni o’qitishda yangi axborot texnologiyalaridan, kompyuterlardan foydalanishga qaratilgan. Bunday pedagogik texnologiya asosida o’qitish o’quv jarayonini jadallashtirish, o’quvchida ilmga qiziqishini oshirish, ular ijodiy faoliyatini o’stirish, bilim berishga differensial yondashish, olingan bilimlarni takrorlash, mustahkamlash va nazorat qilishni yengillashtirish kabi masalalarni hal etishga qaratilgan. Chunki turli mutaxassislar, tadbirkorlar, olimlar, ijodkorlar o’z mehnat faoliyatida kompyuterlardan keng foydalanmoqdalar Kelajakni uningsiz tasavvur qilish mumkin emasligi shu kunda barchaga ayondir. Bundan ko’rinadiki, hozirgi zamon talabiga javob bera oladigan o’quvchini tayyorlashda zamonaviy o’qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida innovatsion usullardan foydalana bilishi, innovatsion texnologiyalar tushunchasini, uning mazmun mohiyatini bilishi, innovatsion texnologiyalarni ta’lim maqsadini amalga oshirishdagi o’rni va rolini, innovatsion texnologiyalarni fanlar bo’yicha qo’llash prinsiplarini, o’quvchilarning mustaqil faoliyatlarini tashkil qilish va ta’minlash yo’llarini bilishi lozim.
Kurs ishining maqsadi: Umumiy o’rta ta’lim maktablarida yangi pedagogik texnologiyaning o’rnini aniqlash, ilg’or pedagogik texnologiyalarni loyihalash, fizika kursida olamning zamonaviy ilmiy manzarasini shakllantirishida muhim axamiyat kasb etuvchi yorug’lik hodisalarining eng muhim qonuniyatlarini o’rganish, ularning sifat jihatdan tahlilini hamda bu qonuniyatlarini tadbiqini dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida o’zlashtirib borishni ko’zda tutadi.
Kurs ishining obyekti: Fizika bilimlarini nazorat qilish va baholashning innovatsion usullarini loyihalash
Kurs ishining predmeti: Fizikani bilimlarni nazorat qilish va baholash metodlari va vositalari
Kurs ishining vazifalari:
O’quvchilarni fanga qiziqishini oshirish
Fizikaga oid bilimlarni baholashning yangicha uslublarini loyihalashtirish
Ta’lim sifati va samaradorligini yaxshilash orqali ta’lim natijasini ta’minlash yo’llarini aniqlash;
Kurs ishini jihozlab, uni himoyaga tayyor qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |