Fizika fanida aylanma tokning kamayishi mavzusini o'qitishda innovatsion metoddan foydalanish
Tajriba kuzatish uchun kerakli asbob va jihozlar
Download 97.76 Kb.
|
1 2
Bog'liqzafarov berildi AYLANMA TOʻKNING
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajriba qurilmasi: Elektromagnit
- Tajriba oʻtkazish tartibi
- Foydalanilgan adabiyotlar
Tajriba kuzatish uchun kerakli asbob va jihozlar: Waltengofen mayatnigi (560 34) – 1ta Oʻtkir uchli tutgich (342 07) – 1ta U- simon oʻzak (562 11) – 1ta 250 oʻramli gʻaltak (562 13) – 2ta Bir juft magnit qutblari (560 31) – 1ta DC energiya mandai 0-16 V / 0-5 A (521 545) – 1ta Shtativ, V-shakldagi, 20 cm (300 02) – 1ta Shtativ tayoqchasi, 47 cm (300 42) – 1ta Shtativ tayoqchasi, toʻgʻri burchakli (300 51) – 1ta Leybold koʻptutgichi (301 01) – 1ta Ulash simlari Tajriba qurilmasi: Elektromagnit: Elektromagnitni U shaklidagi oʻzak, 250 oʻramli 2 ta induktiv gʻaltak va ikki boʻlak qutblardan tuzing. Induktiv gʻaltaklami DC toʻkmanbaiga ketma-ket ravishda ulanadi. Voltengofen mayatnigi: Dastlab alyuminiy plastinkaning teshikli tomonini mayatnik oʻqiga mahkamlanadi. Oʻtkir uchli tutqichga ega boʻlgan shtativni tuzing va Voltengofen mayatnigini unga osib qoʻyiladi. Alyuminiy plastinkaning teshikka ega boʻlmagan tomonini shunday oʻmatingki, u toʻxtab turganda magnit qutblarining teng oʻrtasida joylashsin va harakatlanganda qutblar oʻrtasida erkin tebrana olsin. Qutblar orasidagi masofani mumkin qadar kichik qilib oʻmating ammo ular mayatnik tebranma harakatiga halaqit bermasin. Qutb boʻlaklarini oʻzakka mahkamlanadi. 3-rasm. Voltengofen mayatnikli tajriba qurilmasi Tajriba oʻtkazish tartibi: Elektromagnit orqali oʻtayotgan toʻk kuchini qadam-baqadam orttirib boriladi. (5 A dan kata toʻk kuchi faqat qisqa vaqt davomida oʻtkazilishi mumkin). Mayatnik tinch turgan paytdan unga turtki beriladi va tebranishlarini kuzatiladi. Alyuminiy plasinkaning teshiklarga ega boʻlmagan tomonini mayatnik oʻqiga oʻrnating va tajribalarni taqqoslanadi. Ohirgi paytlarda fan va texnikada bo’layotgan o’zgarishlarga mos ravishda fizikaviy tajribalar va namoyish texnikalari ham keskin o’zgarmoqda. Voltengofen mayatnigi ham aylanma toʻklarning hosil boʻlishini va kamayishini ajoyib tarzda namoyish etishda yordam beradigan, mukkammal ishlangan namoyish texnikalardan biridir. Tajriba davomida teshiklar hosil qilingan metal plastinkada aylanma toʻklar qiymati kamayishini kuzatish mumkin Voltengofen mayatnigining tebranma harakati shu magnit qoʻshilganda kuchsiz oʻzgaradi, chunki toʻklar bir teshik atrofida boshqasiga aylanib oʻtishga majbur boʻladi. Ammo tebranib turgan mayatnik yetarlicha kuchli magnit maydon qoʻshilganda maydonga kirayotganda toʻxtaydi. [3]. Demak tebranib turgan mayatnikning yetarlicha kuchli magnit maydonga kirayotganda toʻxtashi mayatnik metal plastinkasida aylanma tokning hosil bolganini, mayatnik tebranishlarining soʻnishini aylanma toʻk teshikli plastinkada kamayishini isbotlaydi. Huddi shunday zamonaviy innovatsion namoyish texnikalari va innovatsion metodlar yordamida o'rgatilgan bilimlar kun kelib mamlakatimiz ravnaqi uchun ulkan xisasini qo'shadi. Foydalanilgan adabiyotlar Э.А. Мусаев Электроника, радиоэлектронике ва схемотека курсларидан лаборатория машғлотлари учун методик қўлланма. Андижон.2011. Savelev I.V. Umumiy fizika kursi. II qism. Oliy texnika o’quv yurtlari uchun qo’llanma. O’qituvchi, Toshkent-1976. Матвеев А.Н. Электричество и магнетизм. Высшая школа. М.-1983 Назаров Ў.Қ. Умумий физика курси “Электр ва электромагнетизм” Тошкент, “Ўзбекистон” 2002 йил, 320 б. Ахмаджонов О.И. Физика курси, “Электр ва магнитизм”, Тошкент, “Ўқитувчи”, 1988 йил, Download 97.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling