Reja: 1.Elektr toki. Tok kuchi. O’tkazgichning qarshiligi.
2.Tokning ishi va quvvati. Turli muhitlarda elektr toki.
3.Metallarda elektr toki. Qarshilikning temperaturaga bog’liqligi.
Elektr toki. Tok kuchi. O’tkazgichning qarshiligi. - Elektr toki deb, elektr zaryadlarning tartibli harakatiga yoki zaryadning ko'chishi bilan bog’liq bo'lgan elektr maydoning tarqalishiga aytiladi.
- O'tkazgichlar ichidagi elektr maydoni sababli hosil bo'lgan elektr tokiga o'tkazuvchanlik toki deyiladi. Elektr toki metallarda erkin elektronlarning harakati, elektrolitlarda (suyuqliklarda) ionlarning, gazlarda esa ionlar bilan elektronlarning harakatidan hosil bo'ladi.
- Agar biror sirtdan zaryadlangan zarralar oqimi vujudga kelsa elektr toki mavjud bo’ladi. Elektr toki tok kuchi bilan xarakterlanadi. Tok kuchi shu sirtdan birlik vaqt ichida o’tuvchi zaryad miqdori bilan o’lchanadi..
- (1)
- Elektr toki ham musbat, ham manfiy zaryad tashuvchilarning harakati tufayli yuzaga keladi.
- (2)
- Elektr toki o’tayotgan sirt bo’yicha tekis taqsimlanmagan bo’lishi mumkin. Bu vaqtda yo’nalishi musbat zarralar ko’chishi yo’nalishi bilan mos keluvchi tok zichligi vektoridan foydalaniladi:
-
- (3)
- bu erda: n - birlik hajmdagi zaryad tashuvchilar soni, v - tezlik.
- Vaqt o’tishi bilan tok kuchining qiymati o’zgarmasa bunday tokka doimiy tok deyiladi.
Elektr toki. Tok kuchi. O’tkazgichning qarshiligi. - Om 1826 yilda o’tkazgichdan o’tayotgan tok kuchi uning uchlaridagi potensiallar ayirmasiga, yoki U kuchlanishga to’g’ri proportsional ekanligini ko’rsatdi:
- (4)
- bu erda: R o’tkazgich qarshiligi.
- O’tkazgich qarshiligi o’tkazgich materialiga, uning o’lchamlari va shakliga bog’liqdir. S ko’ndalang kesim yuzasiga ega bo’lgan l uzunlikdagi o’tkazgich harshiligi quyidagiga teng bo’ladi:
- (5)
- bunda ρ-o’tkazgichning materialiga bog’liq bo’lgan kattalik, unga materialning solishtirma qarshiligi deyiladi. , σ -solishtirma o’tkazuvchanlikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |