Fizika Fanidan Mustqail ish !


Download 0.61 Mb.
bet1/3
Sana27.01.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1129606
  1   2   3
Bog'liq
Turli muhitlarda elektr toki Metallarda elektr toki

Mavzu: Turli muhitlarda elektr toki. Metallarda elektr toki

Reja:

1.Elektr toki. Tok kuchi. O’tkazgichning qarshiligi.


2.Tokning ishi va quvvati. Turli muhitlarda elektr toki.
3.Metallarda elektr toki. Qarshilikning temperaturaga bog’liqligi.

Elektr toki. Tok kuchi. O’tkazgichning qarshiligi.

  • Elektr toki deb, elektr zaryadlarning tartibli harakatiga yoki zaryadning ko'chishi bilan bog’liq bo'lgan elektr maydoning tarqalishiga aytiladi.
  • O'tkazgichlar ichidagi elektr maydoni sababli hosil bo'lgan elektr tokiga o'tkazuvchanlik toki deyiladi. Elektr toki metallarda erkin elektronlarning harakati, elektrolitlarda (suyuqliklarda) ionlarning, gazlarda esa ionlar bilan elektronlarning harakatidan hosil bo'ladi.
  • Agar biror sirtdan zaryadlangan zarralar oqimi vujudga kelsa elektr toki mavjud bo’ladi. Elektr toki tok kuchi bilan xarakterlanadi. Tok kuchi shu sirtdan birlik vaqt ichida o’tuvchi zaryad miqdori bilan o’lchanadi..
  • (1)
  • Elektr toki ham musbat, ham manfiy zaryad tashuvchilarning harakati tufayli yuzaga keladi.
  • (2)
  • Elektr toki o’tayotgan sirt bo’yicha tekis taqsimlanmagan bo’lishi mumkin. Bu vaqtda yo’nalishi musbat zarralar ko’chishi yo’nalishi bilan mos keluvchi tok zichligi vektoridan foydalaniladi:
  • (3)
  • bu erda: n - birlik hajmdagi zaryad tashuvchilar soni, v - tezlik.
  • Vaqt o’tishi bilan tok kuchining qiymati o’zgarmasa bunday tokka doimiy tok deyiladi.

Elektr toki. Tok kuchi. O’tkazgichning qarshiligi.

  • Om 1826 yilda o’tkazgichdan o’tayotgan tok kuchi uning uchlaridagi potensiallar ayirmasiga, yoki U kuchlanishga to’g’ri proportsional ekanligini ko’rsatdi:
  • (4)
  • bu erda: R o’tkazgich qarshiligi.
  • O’tkazgich qarshiligi o’tkazgich materialiga, uning o’lchamlari va shakliga bog’liqdir. S ko’ndalang kesim yuzasiga ega bo’lgan l uzunlikdagi o’tkazgich harshiligi quyidagiga teng bo’ladi:
  • (5)
  • bunda ρ-o’tkazgichning materialiga bog’liq bo’lgan kattalik, unga materialning solishtirma qarshiligi deyiladi. , σ -solishtirma o’tkazuvchanlikdir.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling