«fizikа» fаnidаn o’quv uslubiy majmua


Download 1.9 Mb.
bet5/71
Sana13.04.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1354618
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
Информатика учун УМК

3-§. KUCHLAR

Hozirgi zamon fizikasida 4 xil ta’sirlashuv ko’riladi. Bular:


1) gravitatsion ta’sirlashuv;
2) elektromagnit ta’sirlashuv;
3) kuchli yoki yadroviy ta’sirlashuv;
4)kuchsiz ta’sirlashuv. Bunday ta’sirlashuv elementar zarralarni parchalanishida ruy beradi. Bu ta’sirlashuvlardan ikkitasi, ya’ni gravitatsion va elektromagnit ta’sirlar klassik mexanikada ko’riladigan kuchlarning vujudga kelishida asosiy rolni o’ynaydi. Klassik mexanikada asosan uch xil kuch ko’riladi. Bular:
1) gravitatsion yoki tortishish kuchlari;
2) elastiklik kuchlari;
3) ishqalanish kuchlari.
Bu uchta kuchdan ikkitasi — elastiklik va ishqalanish kuchlarini vujudga kelishi elektromagnit xarakterga ega. CHunki bu kuchlar moddaning molekulalarini o’zaro ta’sirlashuvi natijasida paydo bo’ladi. Bu ta’sirlashuv esa elektromagnit xarakterda bo’ladi.
Elastiklik kuchi Guk qonuni asosida shunday yoziladi:


, (3.1)


bu yerda fel - elastiklik kuchi, k - proporsionallik koeffitsienti, x - deformatsiya kattaligi.
Ishqalanish kuchlarini konkret hol uchun ko’riladi. Masalan, ikki yuza o’zaro sirpansa, ishqalanish kuchi ularning holatiga va bu jismlarni qisayotgan (bosayotgan) kuchiga bog’liq bo’ladi:
. (3.2)

Bu yerda Fish - ishqalanish kuchi, -ishqalanish koeffitsienti, Fnsiqayotgan kuchning normal tashqil etuvchisi.
Gravitatsion, ya’ni tortishish kuchlari I.Nyuton tomonidan ochilgan butun dunyo tortishish qonuni asosida aniqlanadi:


. (3.3)


Bu yerda F - tortishish (gravitatsion) kuchi, - gravitatsion doimiy, m1 , m2ikki jismning massalari, R - jismlar orasidagi masofa.

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling