Fizika guruh talabasi tojiboyeva zumradning optika


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/13
Sana14.05.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1460374
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Tojiboyeva Z optika kurs ishi 2-G fizika

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


23 
III. XULOSA 
Xulosa o’rnida quyidagi fikrlarni bayon qilsak bo’ladi, yorug’likning 
moddaga ko’rsatadigan turli ta’sirlari orasida uning bosimi juda katta ahamiyatga 
ega ekan. Yorug’liklarning bosimi yorug’liklar elektromagnitik nazariyasining 
rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo’ladi bundan tashqari, yorug’likning 
tabiatdagi ya’ni kosmik sohadagi hodislarni mohiyatini ilmiy asoslash uchun ham 
keng qo’llaniladi ekan. Yorug’lik o’zi yoritayotgan jismlarga bosim berishi kerak 
degan g’oyani Kepler ilgari surib bu sohaga yo’l ochib bergandan buyon yorug’lik 
bosimi tabiatini o’rganish uchun ko’plab tajribalar o’tkazildi hamda Keplerning 
yorug’lik bosimi borasidagi gipotezasini barcha tajribalar tasdiqladi. Ya’ni, 
kometalar quyruqlarining paydo bo’lishi, kometalar quyoshga yaqinlashgan sari bu 
quyruqlarning kattalashib borib quyoshdan teskari tomonga qarab joylashishi uni 
kometalarning quyruqlari zarralar oqimidan iborat bo’lib kometa quyoshga 
yaqinlashayotganida bu zarralar yorug’lik bosimi ta’sirida quyoshdan uzoqlashadi, 
degan xulosaning ilmiy asoslanishiga yordam berdi. Kepler ushbu o’rganishlari 
orqali yorug’lik bosimini qanchalik ahamiyatli ekanligini isbotlab berdi. U bu 
izlanishlari natijasida o’lchamlari ancha kichik bo’lgan zarralarni quyosh nurlari 
ta’sirida quyoshdan itarilishi quyosh massasi ta’sirida quyoshga tortilishiga 
qaraganda kuchliroq ekanligini aniqlash mumkin, bu esa astronomiya sohasida 
kometalar va yulduzlar ichki bosimi haqidagi ma’lum xulosalarni keltirib chiqardi. 
Hozirgi paytdagi izlanishlar natijasida yorug’lik bosimi yulduzlarning chegaraviy 
o’lchamlari to’g’risidagi masalada muhim ahamiyatga ega ekanligi ko’rsatildi. 
Keyinchalik Maksvell yorug’likning elektromagnitik nazariyasi asosida yorug’lik 
bosimining bo’lishi zarurligini keltirib chiqarganidan va hatto bu bosimning 
kattaligini hisoblab bergandan so’ng yorug’lik bosimini aniq qiymatini aniqlashni 
iloji topildi. Uning nazariyasiga ko’ra, jism sirtiga tik tushuvchi yassi elektromagnit 
to’lqin yuzaga keltiruvchi bosim elektromagnit energiyaning sirt yaqinidagi 
zichligiga teng. Ushbu energiya jismga tushuvchi va undan qaytuvchi to’lqinlar 
energiyasidan tashkil topadi. Bu bilan elektromagnit nazariyada yorug’lik bosimini 
qanchalik o’rinli ekanligini isbotlab berdi. 


24 
Buni amaliyotda birinchi bo’lib P. N. Lebedev tajribalarida aniqlaganini va 
o’lchash jarayonlarini ko’rib chiqdik. Lebedevning natijalari Maksvellning 
elektromagnit nazariyasini tasdiqladi hamda o’lchangan yorug’lik bosimi nazariy 
hisoblangan yorug’lik bosimiga 20 foiz xatolik bilan mos kelishi kabi ushbu 
olimlarning izlanishlari natijalari orqali yorug’lik bosimi nimaligini, uni tabiatdagi 
rolini va alamliyotda qo’llanishini anglab olishimizga katta yordam berdi va keyingi 
ilmiy tadqiqod ishlarida qo’llash uchun asos bo’lishga xizmat qiladi deya olishimiz 
mumkin. I bob yuzasidan quyidagilarni xulosa o`rnida keltirish mumkinki, yorug`li 
inson ko`zi sezadigan elektromagnit to`lqin. Yorug`likni zarra va moddalarga 
beradigan ta`sirlari orasida uning bosimi ham yorug`lik elektromagnit nazariyasi 
rivoji uchun katta ahamiyarga ega. Men bu bobda yorug`lik va uning bosimi haqida 
to`lacha ma`lumot keltirib o`tishga harakat qildim va uning mazmun –mohiyati, 
uning kelib chiqish formulalari, yorug`lik bosimini Eynshteyn gipotezasi orqali 
ifodalanishi bilan tanishdim. II bobda keltirib o`tilgan ma`lumotlardan quyidagilarni 
xulosa qilish mumkin, yorug`lik o`zi yoritadigan jismlarga bosim beradi degan fikrni 
ilk bor Kepler ilgari surib bu sohaga yo`l ochib berganidan buyon yorug`lik bosimi 
tabiatini o`rganish uchun ko`plab tajribalar o`tkazildi va Keplerningyorug`lik bosimi 
borasidagi gipotezasini barcha tajribalar tasdiqladi. Bundan tashqari yorug`lik 
bosimining bazi kosmik hodisalarda katta ahamiyatga ega ekanligi keltirib o`tildi. 
Qator olimlarni tajriba va fikr-mulohazalari yorug`lik bosimining tabiatdagi rolini 
amaliyotdagi qo`llanilishini anglab olishimizga katta yordam berdi va keying ilmiy 
tadqiqotlarda qo`llash uchun yetarlicha asos bo`lishga xizmat qiladi deya olishimiz 
mumkin.


25 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling