Fizika-matematika fakulteti “fizika o’qitish metodikasi’’
Download 215.72 Kb.
|
metodika DILNURA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Atamalarni izohlash
- 5. O’quvchilarni baholash .
4. Mavzuni mustahkamlash:
Darsni mustahkamlash va predmetlararo aloqani yo'lga qo'yish uchun magnit va u bilan bog'liq hodisalar aks etdirilgan badiiy asar va kinolardan parcha aytib beriladi. Bunday parchani Beruniy asarlaridan olish mumkin.Ular haqida darslikning shu bobga kirish suhbatida aytib o'tilgan.Bunga qo'shimcha ravishda Jyul Vernning «O'n besh yoshli kapitan» asarida oshpaz Negoroning kema kompasi yoniga temir bo'lagini tiqib qo'yganligi, natijada uning strelkasi burilib, boshqa tomonga qarab qolganligi, natijada kemaning Afrikaga borib qolganligini aytib berish mumkin.Unga qiziqqan o'quvchilar romanni o'qib, Dik Send qanchalik dovyurak, mard bo'lmasin, lekin bilimi yetishmasligi oqibatida shunday aldanib qolganligini tushunib yetadilar.Bundan yoshlarni chuqur bilimlar olishga intilish hissi kuchaytiriladi. Bundan tashqari mavzuga doir tarqatma materiallari tayyorlab ham yangi mavzuni mustahkamlash mumkin. Darsni mustahkamlashda Yerning janubiy va shimoliy magnit qutblarini xaritadan Kursatib magnit qutbdan Toshkentgacha yoki janubiy va shimoliy magnit qutblari orasidagi masofalarni ham topishimiz mumkin. Atamalarni izohlash: Magnit Beruniy Sun’iy magnit Doimiy magnit Globus Magnit maydon 5. O’quvchilarni baholash . 6. Uyga topshiriqlar. 2.2 Fizika fanidan ochiq dars mashg’ulotlarini o’tkazishda qo’llaniladigan metodlar. Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o’qitishning zamonaviy metodlari keng qo’llanilmoqda . O’qitishning zamonaviy metodlarini qo’llash o’qitish jarayoni-da yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi . Ta’lim metodlarini tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq sanaladi . An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda , unga turli - tuman ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish ta’lim oluv-chilarning o’zlashtirish darajasini ko’tarilishiga olib keladi . Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi , ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini ortirib ,ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirib turilishi , o’quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib , ularning mazmuni metodlar ni oshirishda aqliy hujum , kichik guruhlarda ishlash , bahs- munozara , muammoli vaziyat ,yo’naltiruvchi matn , loyiha , Rolli o’yinlari kabi metodlarni qo’llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi . Bu metodlarni interfaol yoki interaktiv metodlar ham deb atashadi . Inter- faol metodlar deganda ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlash-ga undovchi , ta’lim jarayoning markazida ta’lim oluvchi bo’lgan metodlar tushuniladi .Bu metodlar qo’llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi . O’quvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi . Ta’lim oluvchi markazda bo’lgan yondashuvning quyidagilarda namoyon bo’ladi : ta’lim samarasi yuqoriroq bo’lgan o’qish -o’rganish ; o’quvchining yuqori darajada rag’batlantirilishi ; ilgari orttirilgan bilimning ham e’tiborga olinishi ; o’qish shiddatini o’quvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi ; o’quvchining tashabbuskorligi va mas’ulyatining qo’llab -quvvatlanishi ; amalda bajarish orqali o’rganilishi ; ikki taraflama fikr - mulohazalarga sharoit yaratilishi ; Ochiq dars jarayonlarida quyidagi metodlardan foydalanish mumkin . ,, AQLIY HUJUM “ metodi ,, AQLIY HUJUM “ metodi
,, Aqliy hujum “ metodi - biror muammo bo’yicha o’quvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to’plab , ular orqali ma’lum bir yechim-ga kelinadigan metoddir . ,, Aqliy hujum “ metodining yozma va og’zaki shakllari mavjud . Og’zaki shaklida o’quvchi tomondan berilgan savolga ta’- lim oluvchilar o’z javoblarini aniq va qisqa bayon etadilar . Yozma shaklida esa berilgan savolga o’quvchilar o’z javoblarini qog’oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko’rinarli qilib tarzda yozadilar . Javoblar doskaga ( magnitlar yor-damida ) yoki ,, pinbord “ doskasiga (ignalar yordamida) mahkamlanadi . ,, Aq-liy hujum “ metodining yozma shaklida javoblarni ma’lum belgilar bo’yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir . Ushbu metod to’g’ri va ijobiy qo’lla-nilganda shaxsni erkin , ijodiy va nostandart fikrlashga o’rgatadi. ,, Aqliy hujum ”metodidan foydalanilganda o’quvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati bo’ladi , shu jumladan o’quvchilarda muloqot qilish va muno-zara olib boorish madaniyati shakllanadi .O’quvchilar o’z fikrini faqat og’zaki emas , balki yozma ravishda bayon etish mahorati , mantiqiy va tizimli fikr yu-ritish ko’nikmasi rivojlanadi .Bildirilgan fikrlar baholanmasligi o’quvchilarda turli g’oyalar shakllanishiga olib keladi . Bu metod ta’lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi . ,,Aqliy hujum ” metodi o’qituvchi tomondan qo’yilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi : O’quvchilarning boshlang’ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo’yil- ganda , mu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi . Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog’lash maqsad qilib qo’yilganda – ya’ ni yangi mavzuga o’tish qismida amal-ga oshiriladi . O’tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo’yilganda mavzudan so’ng , darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi . ,, Aqliy hujum “ metodini qo’llashdagi asosiy qoidalar : Bildirilgan fikr- g’oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi ; Bildirilgan har qanday fikr-g’oyalar , ular hatto to’g’ri bo’lmasa ham inobatga olinadi ; Har bir ta’lim oluvchi qatnashishi shart ; Quyidagi ( 1-chizma ) ,, Aqliy hujum “ metodining tuzilmasi keltirlgan . ,, Aqliy hujum “ metodining bosqichlari quyidagilardan iborat : Ta’lim oluvchilarga savol tashlanadi va ualrga shu savol bo’yicha o’z javoblarini ( fikr ,g’oya va mulohazalarni ) bildirishlari so’raladi ; O’quvchilar savol bo’yicha o’z fikr –mulohazalarni bildirishadi ; O’quvchilarning fikr - g’oyalari ( magnitafonga , videotasmaga , rangli qog’ozlarga yoki doskaga ) to’planadi ; Fikr –g’oyalar ma’lum belgilar bo’yicha guruhlanadi ; Yuqorida qo’yilgan savolga aniq va tog’ri javob tanlab olinadi ; ,,Aqliy hujum “ metodining afzalliklari : Natijalara baholanmasligi o’quvchilarda turli fikr g’oyalarning shaakllanishiga olib keladi ; O’quvchilarning barchasi ishtirok etadi ; Fikr – g’oyalar vizuallashtirilib boriladi ; Ta’lim oluvchilarning boshlang’ich bilimlarini tekshirib ko’rish imkoniyati mavjud ; Ta’lim oluvchilarda mavzuga kirish uyg’otadi . ,, KICHIK GURUHLASH “ metodi ,, Kichik guruhlarda ishlash “ metodi - ta’lim oluvchilarni faollashtirish maqsadida ularni kichik guruhlarga ajratgan holda o’quv materialini o’rganish yoki berilgan topshiriqni bajarishga qaratilgan darsdagi ijodiy ish .
,, Kichik guruhlarda ishlash ” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat : Faoliyat yo’nalishi aniqlanadi . Mavzu bo’yicha bir- biriga bog’liq masalalar belgilanadi . Kichik guruhlar belgilanadi .O’quvchilar guruhlarga 3-6kishidan bo’linishlari mumkin . Kichik guruhlar topshiriqlarni bajarishga kirishadilar . O’qituvchi tomonidan aniq ko’rsatmalar beriladi va yo’naltirilib turiladi . Kichik guruhlar taqdimot qiladilar . Bajarilgan topshiriqlar muhkama va tahlil qilinadi . Kichik guruhlar baholanadi. ,, Kichik guruhlarda ishlash ” metodining afzalliklari ; O’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirish olib keladi ; Muloqotga kirishish ko’nikmasining takomillashishiga olib keladi ; Vaqtni tejash imkoniyati mavjud ; Barcha o’quvchilar jalb etiladi ; O’z-o’zini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud bo’ladi ; ,, LOYIHA “ metodi ,, Loyiha “ metodi - bu ta’lim oluvchilarning individual yoki guruhlarda belgilangan vaqt davomida , belgilangan mavzu bo’yicha axborot yig’ish , tadqiqod o’tkazish va amalga oshirish ishalrini olib borishidir . B u metodda ta’lim oluvchilar rejalashtirish , qaror qabul qilish , amalga oshirish , tekshi-rish va xulosa chiqarish va natijalarni baholash jarayonlarida ishtirok etadilar . Loyiha ishalab chiqish yakka tartibda yoki guruh bo’lishi mumkin , lekin har bir loyiha o’quv guruhining birgalikdagi faoliyatining muvofiqlashtirilgan nati- jasidir .Bu jarayonda ta’lim oluvchining vazifasi belgilangan vaqt ichida yan- gi mahsulotni ishlab chiqish yoki boshqa bir topshiriqni yechimini topishdan iborat . Ta’lim oluvchilar nuqtai-nazaridan topshiriq murakkab bo’lishi va u ta’lim oluvchilardan mavjud bilimarini boshqa vaziatlarda qo’llay olishini talab qiladigan topshiriq bo’lishi kerak.
Download 215.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling