Fizika-matematika fakulteti
I BOB. Nazorat ishilarni tashkillash
Download 156.12 Kb.
|
Iskandarova Hayotxon
I BOB.Nazorat ishilarni tashkillashO`quvchilarni bilim, malaka va ko`nikmalarini nazorat ishi orqali baholashNazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, o'lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o'lchash tekshirish deyiladi. Tekshirish- nazoratning tarkibiy qismi bo’lib, uning asosiy didaktik vazifasi o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida aks aloqani ta’minlaydi va pedagogik tomondan o’quv materialini o’zlashtirish haqida ob’ektiv axborot olinishi va bilimlardagi kamchilik, nuqsonlarni o’z vaqtida aniqlashdir.Tekshirishning maqsadi nafaqat o’quvchining bilim darajasi, sifati, balki o’quv mehnati hajmini ham aniqlashdan iboratdir. Bilim- borliqdagi narsalar haqida inson ongida tushuncha hosil bo’lishi. Ko’nikma- oldinga qo’yilgan maqsad va xatti-harakatlardan kelib chiqqan holda muvaffaqiyatli harakatlar usullarini tanlash va amalga oshirish uchun mavjud bilimlar yig’indisidir. Malaka-kishi egallagan bilimlari ko’nikma bosqichidan o’tib doimiy harakat turiga aylanishidir. O’quvchilarning bilim va malakalarini tekshirishni ketma-ketlikda olib borish kerak: 1. Bilim darajasini oldindan aniqlash. Yangi o’quv yilini boshlashdan avval oldingi o’quv yilida o’quvchining o’zlashtirilgan bilimlarini tekshirib ko’rish. 2. Joriy tekshirish ta’lim oluvchilarning o’quv dasturida belgilangan ayrim alohida elementlarni o’zlashtirish darajasini aniqlashdir.Bu tekshirishning asosiy vazifasi o’rgatishdir. 3.Takroriy tekshirishda o’quvchilarning yangi mavzu va o’tilgan mavzuni qay darajada o’zlashtirganliklarini tekshiriladi.Ushbu tekshirish ijobiy natija beradi.Takrorlash bilimni o’stiradi. 4. Davriy tekshirish o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini yaxlit bo’lim yoki kursning alohida mavzusi bo’yicha tekshirishdir. 5.Yakuniy tekshirish va hisobga olish bunda o’quvchilarning ta’lim barcha bosqichlarida olgan bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirishdan iboratdir. Tekshirishda nazoroat o’z ichiga baholashni ham oladi.
Bilim, ko‘nikma va malakalarni nazorat, hisobga olish va baholashning maqsadi: o‘quv materialini egallab olish sifatini; shakllantirilgan ko‘nikma va malakalarning o‘quv predmetining maqsad va vazifalariga qanchalik mos kelish darajasini aniqlashdir. O’zlashtirish sifati – anglashuvchanlik, inson tomonidan faoliyatni sifatli boshqarish shartlaridan biri – uni tushunib yetish anglash darajasi hisoblanadi.
Predmetga qaratilgan baholar: bunda o’quvchining bajargan ishining natijasi, jarayoni, mazmuni, predmeti baholanadi. Shaxsiy pedagogik baholar: bunda o’quvchining individual hislatlari, intilishlari, ko’nikmalari baholanadi. Moddiy pedagogik baholar: bunda esa o’quvchilarni o’quv- tarbiya ishidagi muvafaqqiyatlari uchun turli usullarda pul, o’quvchilar uchun qiziqarli narsalar orqali baholanadi. Ma’naviy pedagogik baho: o’quvchinig maqtov yoki faxriy yorliqni o’z ichiga oladi, bunda o’quvchining axloq normalariga mosligi baholanadi. Natijali pedagogik baho: o’quvchilarni natijaga qanday yo’l bilan erishganligiga qaramasdan so’nggi natija baholanadi. Jarayonli pedagogik baho: bunda oxirgi natijaga qanday erishishganligi emas, natijaga erishishga nima undaganligiga urg’u beriladi. Miqdoriy pedagogik baho: bunda misollar soniga e’tibor beriladi. Sifatiy pedagogik baho: bajarilgan ishning sifati e’tiborga olinib baholanadi. Diagnostik baho: bunda o’qituvchi topshiriq yoki testdan keyin yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun qanday choralar zarur ekanligini baholay olish olmasligi. O’quvchining fanga doir egallagan bilimlarini baholashning odatda turli xil shakl - usullari qo’llaniladi: og’zaki baholash, yozma baholash, test usulida va reyting tizimi orqali baholash shular jumlasiga kiradi. Og’zaki baholash Og’zaki nazorat qilish va baholashning yaxshi jihatlari: o’qituvchi o’quvchi bilan bevosita, jonli aloqada, muloqotda bo’ladi. O’quvchining bilimini chuqurroq aniqlash uchun qo’shimcha savollar berish imkoniyati tug’iladi. Og’zaki javob talabani og’zaki nutqini mashq qilish va faol fikrlashga undaydi. Og’zaki javob berishda yaxshi tayyorlangan talaba o’z bilimdonligini, qo’shimcha o’rganganlarini namoyish eta oladi. Bevosita so’rash paytida talabaning bilim o’zlashtirishi masalasida o’qituvchida ilgari tug’ilgan ayrim shubhalar bartaraf etiladi. Yozma baholash. Yozma baholashning yaxshi tomonlari: yozma tarzda berilgan javob - talaba o’quv materialini o’zlashtirib olganiga hujjatli dalil bo’ladi, talaba o’z fikrlarini qog’ozda ifodalashi uchun amaliyotdir. Ekspertlar o’tkazgan yozma nazorat talabaning bilimiga obektiv baho qo’yishga imkoniyat yaratadi. Og’zaki va yozma baholash tizimiga xos jiddiy nuqsonlar : 1.Talabaning bilimiga qo’yiladigan baholarda subektivlik alomatlari ko’proq, baho ko’pincha boshqa talabalarga nisbatan qo’yiladi, bunda baho kamaytirilishi yoki oshirib qo’yilishi ham mumkin. 2. Iimtihonda talaba biletdagi 3-4 ta savolga javob beradi, baho esa butun o’quv predmeti dasturi mazmunini bilgani uchun qo’yiladi; 3. Besh balli baho shkalasi bilim o’zlashtirish darajalari orasidagi tafovutlarni aniq belgilashga imkon bermaydi; 4. Og’zaki va yozma imtihon olib baholashlar bilim o’zlashtirish sifatini obektiv, aniq va asosli baholashni ta'minlay olmaydi; 5. Og’zaki so’rashga va yozma ishlarni tekshirishga vaqt ko’p ketadi; 6. Og’zaki va yozma nazorat uchun kompyuterni ishlatish qiyin, ularni avtomatlashtirib bo’lmaydi.
Test- inglizcha so’zdan olingan bo’lib, tekshirish, tadqiqot degan ma’nolarni beradi. Pedagogik test vositasida baholashning yaxshi tomonlari: 1. Yaxshi tuzilgan pedagogik test talabaning bilim o’zlashtirish sifati va darajasini aniq o’lchaydi va baholash natijasi nazorat o’tkazuvchi- baho qo’yuvchi odamga bog’liq bo’lmaydi; 2. Pedagogik test fan dasturi bo’yicha o’quv materiali mazmunini to’liq qamrab olish va ta'lim natijasini test usulida o’lchaganda hamma talabalarga nisbatan bir xil, oldindan belgilangan shkalaga asosan aniq va to’g’ri baho qo’yiladi; 3.Test yo’li bilan baholashda ta'limning texnik vositalarini ishlatish qulay, butun bir fanni, nisbatan oz vaqt, kam kuch sarflab, hamma talabalarning bilimini nazorat qilishga imkon beradi. 4. Pedagogik test usulida baholashni kompyuter vositasida avtomatlashtirish mumkin.
Test nazoratining ko’p shakllari talabani og’zaki va yozma javoblarini mustaqil ifoda qilolmaydi. Talabaning ruhiy kechinmalari va o’qituvchi oldida erkin javob berayotganidagidek namoyon bo’lmaydi. Imtihon topshiruvchi to’g’ri deb hisoblangan javobni tanlashigina mumkin, o’z javoblarini bera olmaydi. Sifatli tuzilgan pedagogik testlar talabaning bilim egallashda faolligini oshiradi va aksincha yomon tuzilgan testlar o’quv jarayoniga salbiy ta'sir etishi ham mumkin. Pedagogik testlarni to’g’ri va o’rinli qo’llash o’quv jarayoni va uning natijalariga katta ta'sir etadi va o’qitish sifatini oshirishga xizmat qiladi. Pedagogik test shakllari. Test topshiriqlarining mazmuniga ko’ra, odatda, pedagogik testlarning to’rt xil shakli ko’proq qo’llaniladi: yopiq test, ochiq test, moslikka va izchilikka oid testlar. Pedagogik testlar boshqa shakllarda: matnli, vaziyatli, zanjirli ko’rinishlarda ham bo’lishi mumkin.
Yopiq test - test sharti savol yoki vazifa, topshiriq va qisqa javoblardan iborat tuzilib, ko’pincha javoblardan bittasi to’g’ri, qolganlari to’g’ri javobga o’xshashroq bo’ladi. Yopiq testda bir necha to’g’ri javob bo’lishi ham mumkin. Yopiq test deb atalishining boisi shundaki, tekshiriluvchi qo’yilgan shartga (savolga) o’z javobini bera olmaydi, u testda keltirilgan javoblardan birini, o’zicha to’g’ri deb hisoblanganini tanlashi, belgilashi mumkin. Ochiq test - talabaga o’z xoxishiga ko’ra javob berish imkoniyatini yaratadi. Ochiq testlar, odatda, bitta asosiy so’z (yoki so’zlar) tushirib qoldirilgan jumladir. Moslikka doir testlarning mohiyati shundan iboratki, har bir narsa (hodisa)ning qismlari, xususiyatlari, belgilari o’ziga mos kelishini aniqlash zarur. Izchilikka doir pedagogik test topshiriqlari turli harakatlar, fikr yuritishlarda izchillik mavjudligini aniqlash, tekshirish uchun ishlatiladi. O’qituvchi tomonidan o’quvchilarning har bir o’quv ishini muntazam nazorat qilishni hamda ularning o’rganilgan mavzularni o’zlashtirish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalari darajasini tekshirishni o’z ichiga oladi. Bilim darajasini tekshirish fanning har bir mavzusi bo’yicha kundalik ballar qo’yib borishdir. Joriy nazorat o’qituvchini har bir o’quvchining o’quv faoliyati bo’yicha tezkor ma’lumotlar bilan ta’minlaydi va shu bilan birga o’qitish jarayonini boshqarishda ijobiy natija beradi. Sababi o’zlashtirolmagan o’quvchilar nazoratda aniqlanadi va bunday o’quvchilar bilan ko’proq shug’ullaniladi, tengdoshlari bilimi tenglashishi uchun. Oliy ta’lim va kasb-hunar kollejlarida talabalar ma’lum bir vaqtda o’zlashtirish sifatini aniqlashda joriy, oraliq va yakuniy nazotarlat o’tkazilib ularning olgan bilimlari baholanadi. Joriy nazorat –talabaning fan mavzulari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda: seminar; laboratoriya; amaliy mashg‘ulot; test o‘tkazish; suhbat; nazorat ishi; kollokvium; uy vazifalarini tekshirish va shunga o’xshash shakllarda olinadi va talabalarning bilim darajasi muntazam ravishda nazorat qilib boriladi. Joriy nazoratlar soni fan bo‘yicha amaliy, sеminar, laboratoriya mashg‘ulotlari uchun ajratilgan soatlar hajmidan kеlib chiqqan holda bеlgilanadi. Joriy baholash mezonlari: 1. Laboratoriya ishini baholashda quyidagilar inobatga olinadi: mustaqil nazariy tayyorgarlik darajasi (konspеkt, og‘zaki savol-javob); ishni bajarishdan maqsad va bajarish tartibini bilish; ishni bajarish jarayonida olingan natijalar asosida hisoblashlarning to‘g‘ri amalga oshirilganligi; olingan natijalarni tahlil qilish orqali chiqarilgan xulosalarning ilmiyligi. 2. Amaliy mashg‘ulotlardagi baholash jarayonida quyidagilar inobatga olinadi: mustaqil nazariy tayyorgarlik darajasi; amaliy mashg‘ulot topshiriqlarini bajarish jarayonida nazariy bilimlarni to‘g‘ri qo‘llay bilganligi (kеrakli formula, qonuniyatlar to‘g‘ri ishlatilganligi). 3. Sеminar mashg‘ulotlarini baholash jarayonida quyidagilar inobatga olinadi: sеminar mavzusi doirasida ko‘rsatilgan savollar bo‘yicha konspеktning mavjudligi; mashg‘ulotga tayyorgarlik jarayonida tavsiya etilgan adabiyotlardan foydalanilganligi; tavsiya etilgan adabiyotlardan tashqari qo‘shimcha adabiyotlardan (darslik, davriy matbuot, Intеrnеtdan olingan ma'lumotlar ) foydalanganligi; sеminar rеjasida qo‘yilgan savollarga javoblarning aniq, ilmiy asoslanganligi; har bir savol bo‘yicha xulosalarning to‘g‘riligi. Joriy baholash 40 ball Maksimal 40 ball Saralash 22 ball
O`quvchilar tomonidan yo`l qo`yiladigan xatoliklardan foydalanib nazorat ishi test topshiriqlarini tuzish Tadqiqot davomida quyidagi xususiy masalalarni hal qilish ham kerak bo’ladi. 1. O’rta maktab o’quvchilari bituruvchilarining to’plamlar nazariyasi va mantiqiy tabiatiga ko’ra tipik xatolarni o’ziga xos tamonlarini aniqlab topish. 2. Ma’lum tipdagi xatolardan xarakterli ko’p uchraydigan xatolarni aniqlash. 3. Bunday xatolarni kelib chiqish sabablarini o’rganish. 4. O’quvchilar va o’rta maktab bitiruvchilari yo’l qo’yishi mumkin bo’lgan xatolarni ogoxlantirish, tuzatish xamda tugatish bilan bog’liq o’qitish usullarini ishlab chiqish. 5. O’qitish jarayonida tajribada sinab ko’rish. Bu ishlarni bajarish uchun quyidagi tadqiqot usullaridan foydalaniladi. a) Yuqoridagi masalalar bo’yicha chiqqan matematik va pedagogik adabiyotlarni taxlil qilish. b) Oliy o’quv yurtlariga kirayotgan o’quvchilarga berilayotgan test topshiriqlarini o’rganish. v) Yuqoridagi o’rganilgan ishlarni umumlashtirish va muammo bo’yicha uslubiy prinsiplarni ishlab chiqish. g) Ishlab chiqilgan uslublarni tajribada tekshirib chiqishni tashkil qilish. Bituruv malakaviy ishning asosiy maqsadi o’quvchilar va o’rta maktab bitiruvchilarining ko’p uchraydigan xatolarini o’quvchilarga birma-bir yozma ish va imtixon ishlar yordamida o’rgatishdan iboratdir. Lekin bu xatolarni kelib chiqish sabablarini taxlili va bu xatolardan ogoxlantirish usulini ishlab chiqish, ularni sinchkovlik bilan saralash va tasniflash. Ularni ko’p uchrashini va takrorlanishini o’rganish uchun quyidagilarni ochish kerak bo’ladi. a) O’rta maktab o’quvchilari va bitiruvchilari qanday tipdagi xatolarga yo’l qo’yadilar. b) U yoki bu xatolarni uchrashi mumkinlik darajasini aniqlash. v) Ularni tarqalish sabablarini aniqlash. Tipik xatolarini quyidagicha tasniflash mumkun. 1. Birinchi guruh hatolar matematik isbotlarni asosini tushunmaslikdan kelib chiqadigan hatoliklar. Bunda o’quvchilar matematik isbotlarda unig mantiqiy bosqichlarini, to’g’ri va teskari teoremalarni, zarurlik va yetarlilik shartini yaxshi tushunmaslikdan yoki bilmaslikdan hatolar qilishlari mumkin. O’quvchilar mantiqiy qonunlarni yaxshi bilmaganidan ko’p hatolarga yo’l qo’yadilar. Masalan, teskari misollar keltirish (isbotni rad qiluvchi misollar) ni ro’lini tushunmaydilar. 2. Ikkinchi guruh hatolar o’quvchilarni matematik fikrini og’zaki yoki yozma bayon qilishdagi no’noqligi tufayli paydo bo’ladigan hatoliklarni o’quvchilarning matematik til va nutqidagi hatolar deyishimiz mumkin. O’quvchi aytmoqchi bo’lgan gapni intuitiv bo’ladi, lekin konkiret tushuntira olmaydi. O’quvchilar matematik simvollarni yaxshi bilmasligidan ham shu guruhdagi hatolar kelib chiqadi: Masalan; va yozuvlarni va deb tushunib yoki ko’rinishidagi hatolarni qilish mumkin. 3. Zarur malakalarni yetishmasligidan kelib chiqadigan hatolar. O’quvchilar malaka darajasida emasligidan yetarli avtomatlashmaganidan mehanik harakterdagi hatolar kelib chiqadi. Masalan: ekanidan noto’g’ri o’xshatish hosil qilib, noto’g’ri hulosa chiqarib qo’yadilar. 4. Masalalar yechishda qulay (ratsional) yo’l tuta bilmaslikdan kelib chiqadigan hatolar. Download 156.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling