Fizika-matematika fakulteti
Klient/server arxitekturasi
Download 1.36 Mb. Pdf ko'rish
|
sql tilini oqitishda usulbiy xususiyatlar taxlili
Klient/server arxitekturasi
Sodda xolda klient/server arxitektura amaliy dasturdagi qayta ishlashni ikki yoki undan ko‗p mantiqiy qismlarga ajratishga asoslangan. Ma‘lumotlar bazasi qandaydir amaliy dastur
tomonidan foydalanish uchun yaratilgandir. Soddalashtirib aytish mumkinki ma‘lumotlar bazasi klient/server arxitekturasining bir qismini tashkil qiladi. Ma‘lumotlar bazasi «server», undan foydalanuvchi har qanday amaliy dastur «klient». Odatda klient va server har xil mashinalarda
70
joylashgan; ko‗p xollarda klient amaliy dasturi ma‘lumotlar bazasiga do‗stona interfeysdir. Quyidagi rasm 2-1 grafik shaklda klient/server sodda tizimi tasviri berilgan. Balkim siz Internetda bunday strukturani uchratgan bo‗lishingiz mumkin. Moxiyat bo‗yicha biz Internet uchun klient/server amaliy dasturlarini yaratish masalasiga murojaat qilamiz. Masalan WWW ulkan klient/server tipidagi amaliy dastur bo‗lib, unda Web-brouzer klient Web-server bo‗lsa serverdir. Bu stsenariyda server relyatsion ma‘lumotlar bazasi serveri emas, maxsus fayl-serverdir. Serverning muxim xususiyati shundaki, u klientga ma‘lumotlarni ma‘lum shaklda uzatadi.
Ma‘lumotlar bazasi bilan ishlaydigan amaliy dasturlar yaratilganda avvalambor klientni ma‘lumotlar bazasi bilan bog‗lash imkoniyatiga ega bo‗lish kerak. Ma‘lumotlar bazalari yaratuvchilar dasturchilardan konkret tilga mo‗ljallangan, API yordamida bog‗lanish asosiy mexanizmlarni berkitadilar. Ma‘lumotlar bazasi bilan ishlovchi dastur yaratganingizda sizni so‗rovlaringizni tarmoq orqali ma‘lumotlar bazasi serveriga uzatiluvchi TCP/IP paketlariga translyatsiya qiladi. Ma‘lumotlar bazasiga murojaat API larining tashqi ko‗rinishi har xil va dasturlash tillariga, ko‗p xollarda ma‘lumotlar bazasining o‗ziga bog‗liq. MySQL uchun API lar mSQL bilan o‗xshash qilib yaratilgani uchun, biz ko‗radigan API lar orasidagi farq minimaldir. Klient Server
|
ma'muriyatiga murojaat qiling