Fizika matematika fakulteti
amaliyotga tatbiq etish
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5224263026168826472
amaliyotga tatbiq etish, respublikamizda jadal sur‟atlar bilan amalga oshirilayotgan
ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va boshqa sohalardagi islohotlar ulg„ayib kelayotgan o„spirin iqtidorini yanada rivojlantirish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yurt ravnaqi yo„lida ularning faol ishtirokini ta‟minlashni bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilamoqda. Xalq ta‟limi tizimidagi maktabdan tashqari ta‟lim samaradorligini yanada oshirish, o„quvchi-yoshlarda yuksak ma‟naviy fazilatlarni kamol toptirish, ularning bo„sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yo„naltirish orqali mustaqil hayotga tayyorlash, intellektual barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida, shuningdek, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq ta‟limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to„g„risida”gi PQ-3931-son qaroriga muvofiq. Respublikamizdagi amalga oshirilayotgan qayta qurishning asosiy maqsad va uning
harakatlantiruvchi kuchi
inson, shaxsning har tomonlama rivojlanishi hisoblanadi. Mamlakatimiz taraqqiyotining muhim sharti kadrlarni tayyorlash tizimini mukammal bo„lishi, zamonaviy iqtisod, fan-madaniyat , texnika va tehnalogiyalar asosida rivojlanish hisoblanadi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» uzliksiz ta'lim va kadrlarni tayyorlash tizimlarini tubdan isloh qilishga qaratilgan. Milliy dasturni amalga oshirishda mavjud ta'lim va kadrlarni tayyorlash tizimlarini tubdan o„zgartirish zamonaviy ilmiy fikrlar yutiqlari va ijodiy tajribalarga, ta'lim jarayonini hammasi shakli ta'limlarga tayangan holda amalga oshiriladi. Hozirgi zamonaviy bosqichda pedagogik dolzarb vazifalarga
fan-texnika, ilg„or texnalogiyalar yutuqlaridan foydalanish asosida shaxsni tarbiyalash, o„qitish va rivojlanishi maqsadlari , mazmuni, metodlari, vositalari va tashkiliy shakllarini ilmiy ta'minlash kiradi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta'lim tizimi orqali har tomonlama rivojlangan shaxs- fuqaroning tashkil topishini ko„zda tutadi. Ushbu ta'lim tizimida va kadrlar tayyorlashda ta'lim xizmatlarining istemolchisi, buyurtmachisi sifatida va xuddi shunday ishlab chiqaruvchi sifatida ishtirok etadi. Oliy ta‟lim tizimida o„z yo„nalishlari bo„yicha dunyoning yetakchi ilmiy-ta‟lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o„rnatish, o„quv jarayoniga ilg„or xorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni xorijning yetakchi ilmiy-ta‟lim muassasalarida stajirovkadan o„tkazish va malakasini oshirish borasidagi ishlar yetarli darajada olib borilmayapti. Oliy ta‟lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko„rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma‟lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta‟minlash maqsadida: Oliy ta‟lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish bo„yicha eng muhim vazifalar etib quyidagilar belgilansin: har bir oliy ta‟lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-ta‟lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o„rnatish, o„quv jarayoniga xalqaro ta‟lim standartlariga asoslangan ilg„or pedagogik texnologiyalar, o„quv dasturlari va o„quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, o„quv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar o„tkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor ta‟lim muassasalaridan yuqori malakali o„qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, ularning bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy ta‟lim muassasalari magistrant, yosh o„qituvchi va ilmiy xodimlarining stajirovka o„tashlarini, professor-o„qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish; oliy ma‟lumotli mutaxassislar tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish, oliy ta‟lim muassasalarida o„qitish yo„nalishlari va mutaxassisliklarini istiqbolda mintaqalar va iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks rivojlantirish, amalga
oshirilayotgan hududiy va tarmoq dasturlarining talablarini inobatga olgan holda optimallashtirish; ta‟lim jarayonini, oliy ta‟limning o„quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o„qitish usullarini keng joriy etish, magistratura ilmiy-ta‟lim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish asosida yanada takomillashtirish; yangi avlod o„quv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy ta‟lim muassasalarining ta‟lim jarayoniga keng tatbiq etish, oliy ta‟lim muassasalarini zamonaviy o„quv, o„quv- metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta‟minlash, shu jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlar sotib olish va tarjima qilish, axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish; pedagog kadrlarning kasb mahorati sifati va saviyasini uzluksiz yuksaltirish, xorijda pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va stajirovkasini o„tkazish, oliy ta‟lim muassasalari bitiruvchilarini PhD va magistratura dasturlari bo„yicha o„qitish, oliy ta‟lim muassasalari va qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari o„quv jarayonlariga yuqori malakali xorijiy olimlar, o„qituvchi va mutaxassislarni keng jalb qilish; oliy ta‟lim muassasalari ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta‟limda ilm-fanni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, oliy ta‟lim muassasalari professor-o„qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug„ullanishga keng jalb etish;
Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling