Fizika matematika fakulteti
Download 437.19 Kb.
|
Kurs ishi Xojibolayev A
- Bu sahifa navigatsiya:
- OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA - MATEMATIKA FAKULTETI «
- KURS ISHI Mavzu: MS Excel ning funksiyalar kutubxonasi mavzusini o’qitish metodikasi. BAJARDI: IO’M 18-08 – GURUH TALABASI
- Mavzu
- II BOB. E
- III BOB. Loyihalash qismi.
- I BOB.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA - MATEMATIKA FAKULTETI «Amaliy matematika va informatika» kafedrasi “5110700 – INFORMATIKA O`QITISH METODIKASI” TA’LIM YO’NALISHI “INFORMATIKA O`QITISH METODIKASI” FANIDAN Mavzu:_MS_Excel_ning_funksiyalar_kutubxonasi_mavzusini_o’qitish_metodikasi.__BAJARDI:__IO’M_18-08_–_GURUH_TALABASI'>KURS ISHI Mavzu: MS Excelning funksiyalar kutubxonasi mavzusini o’qitish metodikasi. BAJARDI: IO’M 18-08 – GURUH TALABASI A. Xojibolyev KURS ISHI RAHBARI: Amaliy matematika va informatika kafedrasi o’qituvchisi: Z. Mamatova Farg’ona 2020 - yil Mavzu: MS Excelning funksiyalar kutibxonasi mavzusini o’qitish metodikasi. Reja: Kirish I BOB. Microsoft exce l haqida asosiy tushunchalar 1.1-§ Excel interfeysi va uning panel instrumentlari 1.2-§ Excel yacheykalari hisoblash formulalari bilash ish yuritish va diagrammalar yaratish II BOB. Excelda chiziqli tenglamalarni yechish 2.1-§ EXCELda chiziqli tenglamalar tizimini standart funktsiyalardan foydalanib yechish 2.2-§ Formula va funktsiyalar bilan ishlash qoidalari
3.1-§ Umumta’lim maktablarida “MS Excel dasturida matematik amallar va funksiyalarni qo’llash” mavzusini o’qitish metodikasi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar K I R I SH Odatda biz turli xildagi ma’lumotlarni qayta ishlashni jadval ko’rinishida tasvirlashga harakat qilamiz. CHunki ma’lumotlarni jadval ko’rinishida qayta ishlash axborotlar taxlilini osonlashtiradi. Masalan, ko’p miqdordagi ma’lumotlarni qayta ishlashda turli hisob operatsiyalaridan foydalanamiz. Bu operatsiyalarni avtomatlashgan tizimlarda bajarish ma’lumotlarni qayta ishlash sifatini, hamda hisoblash samaradorligini oshiradi. SHu sabab kompьyuterda bunday masalalarni yechish uchun elektron jadvallar, ya’ni jadval protsessori deb ataladigan maxsus dasturlar paketi ishlab chiqilgan. Bunday dasturlardan biri Microsoft EXCEL elektron jadval protsessoridir. Excel elektron jadvali Microsoft Office paketiga tegishli bo’lib, u asosan elektron jadval ma’lumotlarini qayta ishlashga asoslangandir. Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan, hisob va iqtisodiy masalalarni yechishda, jumladan, oldindan tayyor bo’lgan ma’lumotlarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda yoki sonli xisobotlar bilan ishlash kabi keng ko’llamli masalalarni yechishda qo’llaniladigan o’ta qulay vosita hisoblanadi. I BOB. MICROSOFT EXCEL HAQIDA ASOSIY TUSHUNCHALAR 1.1.Excel interfeysi va uning elementlari Misrosoft Excel programmasi (dasturi) elektron jadvallarni qayta ishlash uchun mo’ljallangan. Biz ko’pchilik hollarda qayta ishlanadigan ma’lumotlarni jadvallar ko’rinishida tasvirlaymiz. SHuning uchun jadval katakchalarining bir qismiga boshlang’ich ma’lumotlar va boshqa qismiga esa hosil qilinadigan hosilaviy ma’lumotlar yoziladi. Ma’lumotlarni jadval ko’rinishida tasvirlash ularni tahlil qilishni ancha soddalashtiradi. SHuning uchun ko’pchilik hollarda hisob - kitoblar samaradorligi va sifatini oshirish uchun avtomatlashtirilgan hisoblashlarni joriy qilish maqsadga muvofiqdir. Jadval kurinishida tasvirlanadigan masalalarni yechish uchun maxsus amaliy dasturlar paketlari ishlab chiqilgan bo’lib, ular elektron jadvallar yoki jadval protsessori deb ataladi. Elektron jadvallar qo’llanilayotgan sohalar juda ko’p, masalan: moliyaviy, buxgalteriyaga oid, xususan ish haqini hisoblash, har xil iqtisodiy — texnik hisoblar, kundalik, xo’jaliq tovarlari va mahsulotlarni sotib olish va hokazolar. Exsel dasturi Microsoft Office paketi tarkibiga kirib, u elektron jadvallarda ma’lumotlarni tayyorlash va qayta ishlash uchun mo’ljallangan. Exse1 hujjati (ya’ni qayta ishlanadigan ob’ekt) kengaytmasi .XLS bo’lgan ixtiyoriy nomli fayl hisoblanadi. Yexse1da bu fayl ish kitobi deb nomlanadi. Elektron jadvaldagi aniq bir yacheykani ko’rsatish uchun adreslardan foydalanish zarur, ya’ni adreslar o’zaro kesishadigan ustun belgisi va satr nomerlaridan iborat bo’ladi va ular orqali aiiqlanadi. Masalan: A1, A8, S24, AA2 va hokazo. Kompьyuterga Yexse1ni o’rnatishda foydalanuvchi bir nechta variantlaridan birortasini tanlashi mumkin: minimal, tanlanma, standart va to’liq. Excel oynasi quyidagi asosiy elementlardan iborat: Exsel oynasining sarlavxasi ---Ish olib borilayotgan ekranni (dasturni) vaqtincha yopish. Bunda yopilgan dastur «Pusk» menyusi qatorida paydo bo’ladi. _---Ish olib borilayotgan muloqot darchasini ekranda to’liq yoki dastlabki holatga keltirish tugmasi. --Ish olib borilayotgan muloqot darchasini yopish tugmasi Asosiy menyu qatori - bajarilishi mumkin bo’lgan buyruqli harakatlar ro’yxati. Standart vositalar qatori–buyruqlarga murojoatni tezlashtirish uchun maxsus piktogrammalar majmui. Download 437.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling