Fizika matematika fakulteti
Download 437.19 Kb.
|
Kurs ishi Xojibolayev A
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA
- ADABIYOTLAR
2.2. Formula va funktsiyalar bilan ishlash qoidalari
· Formulalar bir yoki bir necha funktsiyalarni o’zida birlashtirishi mumkin; · Xar bir formula nomidan keyin () uning argumentlari beriladi. Agar argumentsiz bo’lsa, uning nomidan keyin () qavslar bo’shliqsiz yoziladi; · Argumentlar vergullar orqali ajratilib yoziladi; · Formulalarning elementi va funktsiyaning argumenti sifatida kataklar adresi qatnashishi mumkin. Bu xolatda xisoblashlarda formulada adresi berilgan yacheykaning qiymati qatnashadi; · Formulalar bushliqlarsiz yoziladi; · Funktsiya 30 ortiq bo’lmagan argumentlarni o’zida saqlaydi; · Formulaning uzunligi 1024 elementdan oshmasligi lozim. Ma’lumotlarni yaxshiroq ko’rish va tahlil qilishning eng qulay usuli bu ularni diagrammalar ko’rinishida tasvirlashdir. Diagrammalar jadval ko’rinishdagi axborotlarni ko’rgazmali namoyish etish usulidir. Bunday usul bajargan ishni tez tushunishga va uni tez tahlil qilishga yordam beradi. Diagrammalar tuzish uchun, avvalo ma’lumotlar elektron jadval ma’lumotlar bazasi sifatida tuzib olinadi. So’ngra shu ma’lumotlar asosida diagrammalar quriladi. Excel standart panel instrumentining master diagramm piktogrammasida foydalanuvchiga bir necha standart diagramma tiplarini tavsiya etadi: gistogramma; grafik; nuqtali grafik; aylanali; sohali; sirtli; puzirkali; birjali; tsilindrik; piramidali; konusli. Bu tipdagi diagrammalar har qaysisi yana bir necha ko’rinishlardan iboratdir. Bulardan tashqari yana bir qancha standart bo’lmagan diagrammalar ham mavjudki, ular “nestandartnыe” bo’limida keltirilgan. Excelda to’g’ri chiziq, egri va sirtlarni tuzish uchun maxsus vositalardan foydalanish mumkin. <<Master diagramm>> va uning yordamida har xil turdagi grafiklarni chizish mumkin. Master diagrammdan foydalanish uchun ishchi jadvalga chiziq nuqtalarini kiritish lozim. Master diagrammni ishga tushirish, diagrammani turini belgilash, ma’lmotlar diapazoni va o’qlar nomini kiritish mumkin. Master diagrammni ishga tushirish uchun boshqarish panelida tugmasi bosiladi. Bunada quyidagi Master diagramm (shag 1 iz 4): tip diagramma oynasi paydo bo’ladi Kerakli diagramma tipi tanlangach, so’ngra tugmasi bosiladi va ekranda quyidagi muloqot oynasi paydo bo’ladi: Va nihoyat, bu muloqot oynasida ham zaruriy ishlar bajarilgach, Bu muloqot oynasidan <otdelьnom> yoki <imeyuщemsya> bandlaridan biri tanlanib, bo’ladi. III BOB. LOYIHALASH QISMI. 3.1-§ Umumta’lim maktablarida “MS Excel dasturida matematik amallar va funksiyalarni qo’llash” mavzusini o’qitish metodikasi (8-sinf) Mavzu: 21- dars. MS Excelda matematik amallar va funksiyalarni qo’llash Dars maqsadi: a) Ta’limiy: O’quvchilarga MS Excel elektron jadvali va uning imkoniyatlari, matematik funksiyalar , statistik funksiyalarni qo’llash haqida bilim va ko’nikma berish; b) Tarbiyaviy: O’quvchilarni yangi bilimlar egallashda fanlararo bog’lanishning ahamiyatini yoritib berish orqali bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, milliy iftixor ruhida tarbiyalash; v) Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish; Dars turi Yangi bilim beruvchi. Dars uslubi: noan’anaviy: interfaol uslublar (B.BH.BO texnologiyasi) Dars jihozi: kompyuterlar, videoproyektor, darslik, tarqatma materiallar.
Darsning borishi: I Tashkiliy qismni o’tkazish O’quvchilarning darsga tayorgarligini tekshirish, davomatni aniqlash, dars maqsadi va rejasini tushuntirish, guruhlarga bo’lish. Assalomu alaykum hurmatli mehmonlar, aziz o’quvchilar. Darsimiz no'ananaviy dars. Darsni boshlashdan oldin men Prezidentimiz SH. Mirziyoyev tomonidan ilm fanga qaratayotgan e’tiborlarini sizu biz yoshlarga berilayotgan imkoniyatlarini qadriga yetib ularning har bir murojatlariga labay deb javob berib vatanimiz , xalqimiz oilamiz oldidagi burchlarimizni bajarishimizga etiborlaringizni qaratmoqchiman. Zero Vatanimiz kelajagi biz yoshlar qo’lida.
3. Mustahkamlash; 4. Xulosa; 5. Baholash va uyga topshiriq; Baholash: Bugungi darsda o’zingizning bor bilimingizni ishga solib, qay darajada O’zbekiston ravnaqiga hissa qo’sha olishingiz haqida bilib olamiz. Dars oxirida sinf bo’yicha yig’ilib ballar asosida baholar aniqlanadi. II O’tilgan mavzuni so’rash va uy topshirig’ini tekshirish: O’tilgan mavzu innovatsion texnologiyalarni qo’llagan holda guruhlarga “B.BH.BO” texnologiyasi qo’llaniladi, tarqatma material berish orqali ma’lumot olinadi va o’tilgan mavzu yangi mavzuga yo’naltiriadi.
III Yangi mavzu bayoni: Avvalgi darslarda matematik amallarni bajarish, matematik formulalar yozish va funksiyalar to’plamiga murojaat qilish bo’ycha qisman ma’lumot oldingiz. Funksiya qoidasini yodga oling. Agar biror sonlar to’plamidan olingan x ning bir qiymatiga biror qoida bo’yicha y son mos qo’yilgan bo’lsa u holda shu to’plamda funksiya aniqlangan deyiladi. Excel elektron jadvalida ishlashni misollar yordamida ko’rib chiqamiz. misol. Karra jadvalini hosil qiling B2:H2 blokidagi katakchalarini piktogrammasini yordamida birlashtirishimiz va “Nechalik jadval kerak?” matnini kiritamiz; D3 katakchaga “=”, “E3 katakchaga biror sonni (masalan,6 ni) kiritamiz; C4 katakchadan E3 katakchaga absolyut murojaatni kiritamiz, ya’ni C4 katakchaga “=E3” ni yozib, F4 klavishni bosamiz; D4 katakchaga “*” belgisini E4 katakchaga 1 sonini, F4 katakchaga “=” belgisini kiritamiz; G4 katakchaga “=C4*E4” formulani kiritamiz; C4:G4 blokni belgilab, blokning o’ng quyi burchgidagi belgisidan sichqoncha yordamida G ustun bo’yicha pastga tortib nusxalaymiz. Katakchalarga katakcha formati yordamida rang beramiz. Excel elektron jadvali matematik formulalar bilan ishlash uchun keng imkoniyat ochib beradi. Shulardan biri funksiyalar to’plamining mavjudligidir. Excel funksiyalar to’plamida 400 dan ortiq funksiya bo’lib, ular matematik, mantiqiy, statistik, matn, moliya va boshqa turlarga bo’linadi. Excel elektron jadvalidagi funksiyalarning ba’zilari bilan tanishamiz:
IV Mustahkamlash: Amaliy mashg’ulot 1. y=4x+20 funksiyasining qiymatlarini x ning -20; 0; 4; 8; 9 qiymatlarida hisoblang. 2. Slaydda korsatigan testlarni ishlash V Darsni xulosalash va o’quvchilarni baholash: MS Excel elektron jadvalida matematik formulalar bilan ishlashda funksiyalar yordamida ishlash qulay bo’lar ekan. Baholash: O’quvchilar darsdagi faolliklari asosida baholanadilar. VI Uyga vazifa: 1.Darslikning 98-102-betlarini o’qish. 2. 103-bet 5- mashq. ZAMENITЬ (“Maqsud”; 5;1; a), PRAVSIMV(“Barkamol, 5), LEVSIMV(“topishmoq”; 7); XULOSAO‘zbekiston axborot texnologiyalarini tadbiq etish va rivojlantirish uchun talay intellektual imkoniyat va axborot zahiralariga ega. Bunday axborot texnologiyalarini keng tadbiq qilinishi boshqaruv, ta’lim va ishlab chiqarishni optimal tashkil qilish muhim omil hisoblanadi. Respublikamizda informatika va axborot sanoati mujassamlanish bosqichida turibdi. SHuning uchun ham talabalarimiz tizimli dasturlar bilan professional darajada ishlashni o‘rganib olishlari, hayotda uni unumli tadbiq qilishlari hozirgi davr talabidir. Informatikaning ushbu sohasini yanada rivojlantirish unga chet el investitsiyalarini jalb qilishga katta yul ochadi va yangi ish joylarini ochishga imkon beradi. Hozirgi kunda mamlakatimizda jahonda o‘z nomi bilan mashhur bo‘lgan Microsoft, IBM, Dell, Compaq, Hewlett Packard kabi firma hamda korporatsiyalarning vakolatxonalari ochilgan. Ular nafaqat bizning bozorimizni, balki Markaziy Osiyodagi boshqa mamlakatlar bozorini ham egallash yo‘lida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatib kelayapti. Ushbu firmalarda asosan O‘zbekistonlik yoshlar faol mehnat qilib kelmoqdalar. Jahonda informatika, axborot texnologiyalari sohasida katta raqobat kuzatilayotgan bir davrda Respublikamizning Oliy o‘quv yurtlarida ushbu fanni o‘qitish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumaladan, yoshlarimizni jahon axborot resurslariga bo‘lgan ehtiejini qondirish, yangi kompyuter sinflarini tashkil etish, talabalarni Xalqaro va Respublika olimpiadalaririda ishtirokini ta’minlash, fanga ajratilgan soatlar hajmini oshirish hamda mazkur fan doirasida kurs ishlarini bajarishni rejalashtirish shular jumlasiga kiradi. Fan doirasida bajariladigan kurs ishlari talabalarning tizimli dasturlash sohasidagi madaniyatini shakllantirishga xizmat qilishi kerak. Mazkur ishni bajarish jarayonida MS Excel to’g’risida yetarlicha ma’lumotlar olindi. Hisoblash ishlarini bajarish bo’yicha bilimlar yanada mustahkamlandi va kompьyuterda tenglamalar tizimini yechishning usullari chuqur o’zlashtirildi. Kurs ishini bajarishda quyidagi ishlar bajarildi: · MS Excel amaliy dasturi haqida to’liq nazariy ma’lumotlarga ega bo’lindi; · MS Excel jadval hisoblashlarini bajarish o’rganildi; · Kompьyuterda tenglamalar tizimini matritsa va iteratsiya usullarida yechish algoritmlari (ketma-ketliklari) o’rganildi; Kurs loyihasini bajarish har bir talaba uchun o’ta muhim ekanligini his etdim, va bu olgan bilim va ko’nikmalarim kelajakda yaxshi mutaxassis bo’lishimda katta foyda keltiradi degan umuddaman. ADABIYOTLARMirziyoev SHavkat Miromonovich. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi nutq / SH.M. Mirziyoev. – Toshkent : O’zbekiston, 2016. - 56 b. Mirziyoev SHavkat Miromonovich. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza, 2017 yil 14 yanvar / SH.M. Mirziyoev. – Toshkent : O’zbekiston, 2017. – 104 b. Mirziyoev SHavkat Miromonovich. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza. 2016 yil 7 dekabr /SH.M.Mirziyoev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017. – 48 b. Mirziyoev SHavkat Miromonovich. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Mazkur kitobdan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2016 yil 1 noyabrdan 24 noyabrga qadar Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilari vakillari bilan o’tkazilgan saylovoldi uchrashuvlarida so’zlagan nutqlari o’rin olgan. /SH.M.Mirziyoev. – Toshkent: : “O’zbekiston”, 2017. – 488 b O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O’zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida. (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017 y., 6-son, 70-modda) O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: O’zbekiston. 2014. -46 b. Peter Gottschling. Discovering Modern C++. An Intensive Course for Scientists, Engineers, and Programmers. “Addison-Wesley”, 2015 y. M.Ashurov, N.Mirzahmedova, N.Xaytullayeva. Algoritmlash va dasturlash asoslari. Uslubiy qo‘llanma. T. : “Bayoz”, 2016 y. U.K.Tolipov, M.Usmanboyeva. Pedagogik texnologiyalarninig tadbiqiy asoslari. O‘quv qo‘llanma. T.: “Fan”, 2006 y. R.Ishmuxamedov, A.Abduqodirov, A.Pardaev. Ta’limda innovatsion texnologiyalar (ta’lim muassasalari pedagog o’qituvchilar uchun amaliy tavsiyalar). O’quv qo’llanma. Toshkent, “Iste’dod”, 2008 y. A.Abduqodirov, A.Xaitov, Shodiev R. Axborot texnologiyalari. Darslik. T.: “O‘zbekiston”, 2004 y. A.Sattorov. Informatika va axborot texnologiyalari. Darslik. T.:, “O‘qituvchi”, 2008 y. J.G’.Yo’ldoshev, S.A.Usmonov. Pedagogik texnologiya asoslari. O’quv qo’llanma. Toshkent, “O’qituvchi”, 2004 y. Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. O‘quv qo‘llanma. T.: TDPU, 2003 y. INTERNET SAYTLARI www.ziyonet.uz – Axborot ta’lim portali www.edu.uz – Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi portali www.tdpu.uz – Nizomiy nomidagi TDPU rasmiy sayti http://acm.tuit.uz/ - dasturiy yechim to‘g‘riligini avtomatik testlovchi tizim. http://acm.tuit.uz/forum/, http://acm.timus.ru/ – dasturlarni testlovchi tizim. http://www.compteacher.ru/programming – dasturlash bo’yicha video darsliklar mavjud. Download 437.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling