Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi “Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor


Dasturning informasion uslubiy ta’minoti


Download 1.95 Mb.
bet20/81
Sana19.09.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1680986
TuriРеферат
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   81
Bog'liq
Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi “Tasdiq

Dasturning informasion uslubiy ta’minoti

Talabalarga “Metrologiya va standartizasiya” fanini o’qitishda kompyuter, axborot va boshqa zamonaviy texnologiyalarni qo’llab, bilim saviyasini oshirish va shu orqali Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga javob beradigan ilmiy salohiyatli yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlash jarayonini amaliyotga oshirish. Ma’ruzalarni prezentasiyalar orqali olib borish, internet ma’lumotlaridan samarali foydalanish, shuningdek talabalarni elektron darsliklardan foydalanishlari uchun sharoitlar yaratish. O’qitish jarayonida o’quv dasturlarini kompyuter orqali o’qitishni joriy etish, talabalarning kompyuter savodxonligini oshirishga ko’nikma berish, zamonaviy pedagogik texnologiya usullarini qo’llash.


Metrologiya va standartizasiya” fanidan talabalar bilimini


reyting tizimi asosida baholash mezoni
“Metrologiya va standartizasiya” fani bo’yicha reyting jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarining saralash ballari haqidagi ma’lumotlar fan bo’yicha birinchi mashg’ulotda talabalarga e’lon qilinadi.
Fan bo’yicha talabalarning bilim saviyasi va o’zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlari o’tkaziladi:
joriy nazorat (JN) – talabaning fan mavzulari bo’yicha bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy mashg’ulotlarda og’zaki so’rov, test o’tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollekvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o’tkazilishi mumkin;
oraliq nazorat (ON) – semestr davomida o’quv dasturining tegishli (fanlarning bir necha mavzularini o’z ichiga olgan) bo’limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda bir marta o’tkaziladi va shakli (yozma, og’zaki, test va hokazo) o’quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling