Fizika, matematika va axborot texnologiyalari
II. Nazorat turlari va uni amalga oshirish tartibi
Download 3.87 Mb.
|
Elektrotexnika
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Baholash tartibi va mezonlari
- ORALIQ NAZORAT
- O’zlashtirish, % Ballar baho
- 20 ballik sistemada
- TALABANING MUSTAQIL IShI (TMI)
II. Nazorat turlari va uni amalga oshirish tartibi
2. Talabalarning bilim saviyasi va o’zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun kafedrada o’qitiladigan fanlardan quyidagi nazorat turlarini o’tkaziladi: - joriy nazorat; - oralik nazorat; - yakuniy nazorat. 3. Oraliq nazoratni o’tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida davriy ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda. oraliq nazorat natijalari bekor qilinadi hamda oraliq nazorat qayta o’tkaziladi. III. Baholash tartibi va mezonlari 4. Talabalarning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning har bir fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi. 5. Har bir fan bo’yicha talabaning semestr davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichi 100 ballik tizimda butun sonlar bilan baholanadi. Ushbu 100 ball nazorat turlari bo’yicha quyidagicha taksimlanadi: yakuniy nazoratga - 30 bal; joriy va oralik nazoratlarga - 70 ball (fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 70 ball kafedra tomonidan joriy va oralik nazoratlarga tegishlicha taqsimlanadi). 6. Kafedrada o’qitiladigan fanlarlar bo’yicha JNlar soni va uning har biriga qo’yiladigan maksimal ballar qiymati quyidagi jadvalda keltirilgan:
Ya’ni Amaliy mexanika, EHMni biotexnologiyaga qo’llash, 4 ta darsga maksimal 10 bal bilan joriy nazoratga baho qo’yiladi, Qolgan barcha fanlarda 9 ta joriy nazorat maksimal 5 bal bilan baholanadi. Har bir talabani JN bali bilan baxolashda quyidagi me’zonga amal qilinadi:
ORALIQ NAZORAT 7. ON da fanning bir necha mavzularini qamrab olgan bo’limi yoki qismi bo’yicha mashg’ulotlar o’tib bo’lingandan so’ng, talabaning nazariy bilimlari baholanadi va unda talabaning muayyan savolga javlb berish yoki muammoni yechish qobiliyati aniqlanadi. “Elektrotexnika”, “Metrologiya”, ”Avtomatika” va “EXMni biotexnologiyada qo’llash” TJO fanlarining har biridan bir marta ON o’tkaziladi va u maksimal 20 ball bilan baholanadi. “Fizika”, “Oliy matematika”, “Informatika“, «Ta’limda AT», «Axborot texnologiyalari», “Amaliy mexanika”, “Muxandislik grafikasi” fanlaridan esa semestr davomida 2 marotaba ON o’tkaziladi va xar bir ON baholash maksimal 10 balldan, jami maksimal 20 ball bilan baholanadi. ONga o’quv mashg’ulotlaridan qarzi bo’lmagan talabalar qo’yiladi. ON da talabaning o’zlashtirishi quyidagicha baholanadi. Maksimal ball 20.
ON yozma ish, test, og’zaki suxbat shakllarida yoki ularning kombinasiyalarida o’tkazilishi mumkin. TALABANING MUSTAQIL IShI (TMI) Talabalarning o’quv fani bo’yicha mustaqil ishi joriy va oraliq nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chikkan holda baholanadi. Talabaning mustaqil ishi kafedra arxivida 1 yil mobaynida saqlanadi. Talabalar “Fizika, matematika va AT” kafedrasida o’qitiladigan barcha fanlardan mustaqil ishi topshiradilar. Bunda talaba mustaqil ishining shakl va turlari fanning mohiyatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi va har bir ish turiga soatlarning taqsimlashga qarab quyidagi baholash mezonlariga maml qilinadi: Amaliy mexanika, EHMni biotexolgiyada qo’llash, TJO fanlarida TMIning o’zlashtirishi quyidagicha baholanadi. Maksimal ball 10.
Qolgan fanlarda TMI ning o’zlashtirishi quyidagicha baholanadi. Maksimal ball 5.
Kafedrada o’qitiladigan har bir fan bo’yicha talabaning mustaqil ishi, joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarning har biriga ajratilgan balning 55% saralash ball etib belgilanadi va bunda MT, joriy va oraliq nazoratlarning har biriga ajratilgan ballning 55 va undan yuqori foizidagi balni to’plagan talabalar ushbu fan bo’yicha yakuniy nazoratga kiritiladi. 9.Talabaning fan bo’yicha bir semestrdagi reytingi quyidagicha aniqlanadi; Rf = V*O 100 bu yerda: V- semestrda fanga ajratilgan umumiy o’kuv yuklamasi (soatlarda); O' -fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi (ballarda). 10. Reyting nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarning saralash ballari hakidagi ma’lumotlar fan bo’yicha birinchi mashg’ulotda talabalarga e’lon qilinadi. 11. Talabaning semestr davomida fan bo’yicha to’plagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to’plagan ballari yig’indisiga teng. “Amaliy mexanika”, “EXMni biotexolgiyada qo’llash”, “TJO”, fanlari uchun jurnal to’ldirish namunasi:
Download 3.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling