Fizika, matematika va axborot texnologiyalari


боб. Ўзгармас ток машиналари


Download 3.87 Mb.
bet69/105
Sana13.11.2023
Hajmi3.87 Mb.
#1771363
TuriРеферат
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   105
Bog'liq
Elektrotexnika

6 боб. Ўзгармас ток машиналари
Ўзгармас ток машиналарининг тузилиши ва ишлаш принципи
O’zgarmas tok mashinasining asosiy qismlari. O’zgarmas tok mashinasi, har qanday mashina kabi, ikkita asosiy qismdan: qo‘zg‘almas qism — stator, aylanuvchan qism rotordan iboratdir. Stator magnit maydon hosil qilishga mo’ljallangan bo‘lib, mashinaning mexaniq asosi hisoblanadi. O’zgarmas tok mashinasining rotori yakor deb ataladi ( 6.1-rasm). O’zgarmas tok mashinasining asosiy vazifasi aylanma harakatning mexanik energiyasini yakor yordamida o‘zgarmas tok elektr
energiyasiga yoki elektr energiyasini mexanik energiyaga
aylantirib berishdan iboratdir.

6.1. -rasm. Generator tipida ishlaydigan o’zgarmas

  • tok mashinasining umumiy ko’rinishi.




6.2.- rasm. Generator tipida ishlaydigan o’zgarmas
tok mashinasining umumiy ko’rinishi.
O’zgarmas tok mashinalarida magnit maydonni doimiy magnitlar yoki o‘zgarmas tok elektromagnitlari uyg‘otadi. Bular statorga ulangan bo‘lib, uyg‘otish qutblari deb ataladi.

6.3-rasm. O’zgarmas tok mashinasining
eng oddiy modeli:
1—stator, 2 —rotor yoki yakor, 3 —uyg‘otish qutblari.
Uyg‘otish qutblari. Statorida doimiy magnitlari bo‘lgan o‘zgarmas tok mashinalarining quvvati kam bo’ladi, chunki doimiy magnitlar hosil qiladigan magnit maydon ancha zaif bo‘ladi. Hozirgi zamon mashinalarining ko‘pchiligida magnit maydonni o‘zgarmas tokning mahsus elektromagnitlari, ya’ni uyg‘otish qutblari hosil qiladi.
O’zgarmas tok mashinasining uyg‘otish qutblari (2.2.2-rasm ) magnitlovchi g‘altakdan 1 va ikkita uchlari 2 bo‘lgan po‘lat o‘zakdan 3 iboratdir. Uncha katta bo‘lmagan mashinalar qutblarining o‘zaklari po‘latdan yasaladi, yirik mashinalarniki esa po‘lat plastinkalardan yig‘iladi. Uyg‘otish qutblari cho‘yan yoki po‘latdan yasalgan 4 staninaning ichki sirtiga maxkamlanadi. Stanina ichi g‘ovak silindr shaklida bo‘ladi. Staniiaga uyg‘otish qutblaridan tashqari podshipnikli shchitlar ham maxkamlanadi. Bu shchitlardan birida cho’tka tutqich turadi.
Mashina qutblarining magnitlovchi g‘altaklari odatda bir-biriga ketma-ket ulanib uyg‘otish cho‘lg‘amini hosil qiladi.

6.4 - rasm.Uyg‘otish qutblarining magnitlovchi g‘altaklari:
1-magnitlovchi g‘altak, 2 -po‘lat o‘zak, 3-o‘zakniig uchlari,
4- stanina



Download 3.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling