Fizika, matematika va axborot texnologiyalari
Parallel uyg‘otishli generator
Download 3.87 Mb.
|
Elektrotexnika
- Bu sahifa navigatsiya:
- E = I y ( R y + g ya )
Parallel uyg‘otishli generator. Parallel uyg‘otishli generatorning ishlashi uchun yordamchi tok manbai talab etilmaydi. (6.6 -rasm). Bunday generatorning uyg‘otish cho‘lg‘amida tok o‘z-o‘zidan uyg‘otilish protsessida paydo bo‘ladi.
6.6- rasm. Parallel uyg‘otishli o‘zgarmas tok generatorining‘ sxemasi Parallel uyg‘otishli o‘zgarmas tok generatorida uyg‘otilish protsessi qanday hosil bo‘ladi. Mashina zavodda tayyorlangandan keyin uning magnit zanjiri magnitlab qo‘yiladi. Buning uchun uyg‘otish cho‘lg‘ami o‘zgarmas tok manbaiga ulanadi. Uyg‘otish cho‘lg‘ami o‘zgarmas tok manbaidan - ajratilganda stator qutblari o‘zaklarida va yakor o‘zagida kuchsiz magnit maydon qoladi. Mashinaning magnit zanjirida qoladigan kuchsiz magnit maydon qoldiq magnitlanish maydoni deb ataladi. Agar yakor aylantirilsa Fq qoldiq magnitlanish oqimi yakor cho‘lg‘amining parallel tarmoqlarida juda kuchsiz Yek elektr yurituvchi kuch hosil qiladi. Hosil bo‘lgan elektr yurituvchi kuchning o‘zi yakorga ulangan uyg‘otish cho‘lg‘ami zanjirida boshlang‘ich tok hosil qilish uchun yetadi. Boshlang‘ich uyg‘otish toki qutblarni magnitlaydi. Uyg‘otish oqimi Fu oshadi, shu bilan birga yakor cho‘lg‘amining elektr yurituvchi kuchi ham oshadi. Bundan keyin uyg‘otish toki yana ko‘payadi, magnit oqimi va elektr yurituvchi kuch unga bog‘liq holda oshib boradi. Shu tariqa parallel uyg‘otishli generatorda uyg‘otish protsessi hosil bo‘ladi. 6.7-rasm. Uyg‘otish cho‘lg‘amini yakorga parallel ulash. Generator hosil qilayotgan elektr yurituvchi kuch uyg‘otish cho‘lg‘ami va yakor cho‘lg‘amining Ry = gya qarshilikka ega bo‘lgan zanjiridagi kuchlanish pasayishiga teng bo‘lishi bilan, ya’ni: E = Iy ( Ry + gya ) Uyg‘otish tokining va yakor cho‘lg‘ami E elektr yurituvchi kuchining oshishi to‘xtaydi. Uyg‘otilish protsessi shu tariqa to’xtaydi, ya’ni uyg‘otish cho‘lg‘amidagi tok miqdori o‘zining‘ nominal qiymatiga erishadi. 6.8-rasmda parallel zgyg‘otishli generatorning tashki xarakteristikasi tasvirlangan. 6.8-rasm. Parallel uyg‘otishli generatorning tashqi xarakteristikasi. Ўзгармас ток mашиналарининг конструкцияси. Уларни халқ хўжалигида ва саноатда ишлатилиши. Download 3.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling