Fizika mustaqil


Ultratovushli tebranishlar


Download 128.92 Kb.
bet2/5
Sana27.03.2023
Hajmi128.92 Kb.
#1298826
1   2   3   4   5
Bog'liq
fizika

Ultratovushli tebranishlar. Siz bilan biz eshitadiga eng past tovushlar chastotasi soniyasiga 20 tebranish, yoki 20 Gerts (Hz) ni tashkil qiladi. Bu birliklar nemis fizigi Genrix Gerts (1857-1894) sharafiga atalgan. Eng baland eshitiladigan tovushlar chastotasi esa 20000 Hz (20 kHz) bo‘lib, undan yuqorisini inson quloqlari eshitmaydi. Bu chastotadan yuqori chastotadagi tovush to‘lqinlari
«ultratovushlar» deyiladi.


Ultratovushni hosil qilish. Ultratovushni ko‘plab jonivorlar, shu jumladan itlar ham eshitishadi. Bunday qobiliyat ko‘rshapalaklarga mutlaqo qorong‘i sharoitlarda ham aniq mo‘ljal olish imkoniyatini beradi. Ular 200 kHz dan yuqori
chastotada chiyillagan tovush chiqarib uchadi va uning har xil hashoratlar, jismlardan qaytishini ilg‘agan holda harakatlanib, ov qiladi.
Inson esa ultratovushni harbiy sohada va tibbiyotda keng qo‘llaydi. Bizning tana to‘qimalarimiz ultratovushni yaxshi o‘tkazadi va bu ichki organlarga tibbiy tashxis qo‘yishda (UZI) muhim vositalardan biri hisoblanadi.
Eshitish chastotasidagi tovushlarni qog‘oz yoki metall diafragmaning o‘ta tezkor tebranishlari orqali hosil qilinadigan oddiy dinamik yordamida olish mumkin. Lekin diafragmani ultratovush chiqaradigan darajada tebrantirishni imkoni yoq. Bu maqsadda maxsus qurilma - o‘zgartirgichda hosil qilinadi. Bunda o‘zgartirgich asosida yotgan kristallning qirralariga o‘zgaruvchan elektr tokinin ta'siri ostida ultratovush to‘lqinlari paydo bo‘ladi. Bunday usulada olingan ultratovush bilan masalan, oddiy usulda tozalash qiyin bo‘lgan kiyimlarni tozalash yoki nozik mexanizmli soatlarni tozalash mumkin.
Suv ostidagi tovushlar. Exolokatorar huddi ko‘rshapalaklar qo‘llaydigan usulda ishlaydi. Kemalardan tarqatiladiga ultratovushlar suvosti kemalaridan, dengiz tubidan va baliq to‘dalaridan qaytadi va muhim axborot vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Hozirgi kunda exlokatrolar tibbiyotda ham keng qo‘llanilmoqda. Ultartovish impulslar odam tanasiga chuqur kirib borib va qaytib, ichki organlarning tasviriy shaklini hosil qilishi mumkin. Bundan tashqari ultartovushli teshiruvning Doppler effektiga asoslangan turi orqali qon tomirlariga tashxis qo‘yish imkoniyati mavjud. Inson tanasidagi har bir organning tashkil qiluvchi to‘qimalarining zichligiga mos ravishda ultratovushlarni o‘ziga xos ravishda qaytaradi. Zamonaviy tibbiyotda ultartovushli tahlil orqali bunday organlarning, nafaqat organlarning, balki ona qornidagi rivojlanayotgan embrionning ham tasvirini ko‘rish odatiy holga aylandi.


Download 128.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling