Fizika mustaqil


Download 128.92 Kb.
bet4/5
Sana27.03.2023
Hajmi128.92 Kb.
#1298826
1   2   3   4   5
Bog'liq
fizika

Tovushning balandligi. Bu kattalik tovush chastotasi bilan belgilanadi. Ma’lum ki, inson gapirganda yoki ashula aytganda bir xil chastotali tebranishlar chiqar masdan, ko‘p xil chastotali tebranishlar hosil qiladi. Erkak kishi gapirganda uning tovushida 100 dan 7000 Hz gacha, ayol tovushida 200 dan 9000 Hz gacha bo‘lgan tebranishlar uchraydi. Nog‘oradan chiqadigan tovushlar 90 dan 14 000 Hz gacha bo‘ladi.



TOVUSH TARIKIBI:

Tovush mexanik energiyaning materiya bo‘ylab to‘lqinlar yordamida


tarqalishidir. Tovush chastota, to‘lqin uzunligi, davr, amplituda va tezlik bilan xarakterlanadi.
Kundalik turmushda tovush atamasini havoda tarqaluvchi va odam eshita oladigan to‘lqinlarga nisbatan qo‘llashadi. Biroq fizikada tovush deb har qanday materiyada tarqaluvchi mexanik to‘lqinlarga aytiladi. Tovush va u bilan bog‘liq hodisalarni o‘rganuvchi fan bo‘limi akustika deyiladi.
Tovush (fizikada) - keng maʼnoda - gazsimon, suyuq yoki qattiq muhitda toʻlqin shaklida tarqaladigan elastik muhit zarralarining tebranma harakati. Tor maʼnoda — odam va hayvonlarning maxsus sezgi organlari orqali qabul qilish, eshitish hodisasi.

Tovushninng har xil muhitda tarqalish tezligi har xil bo’lib, u muhitning elastik hususiyatiga va muhit zichligiga bog’liq bo’lib, quyidagicha ifodalanadi:
𝑣 = 𝐸/𝜌
bunda, E – Yung moduli, 𝜌 – zichlik.
Tovush toni (vaqt mobaynida doimiy yoki biror qonuniyat asosida o’zgaruvchi bo’lgan tebranish) chastota, amplituda (siljish) va tebranish shakli - garmonik spektr bilan harakatlanadi.
Organizmda mustaqil ravishda paydo bo’ladigan tovushlarni eshitish auskultatsiya deyiladi, tovushlarni eshitish uchun stetoskop, forendeskop ishlatiladi. Auskultatsiyaga asoslangan usulni fonokardiografiya deyiladi, ya’ni yurakdagi tovushlarni yozish usuli .Tananing ayrim qismlarini tukkullatish va uni analiz qilinishiga perkussiya deyiladi. Organizmda mustaqil ravishda paydo bo’ladigan tovushlarni eshitish auskultatsiya deyiladi, tovushlarni eshitish uchun stetoskop, forendeskop ishlatiladi. Auskultatsiyaga asoslangan usulni fonokardiografiya deyiladi, ya’ni yurakdagi tovushlarni yozish usuli .Tananing ayrim qismlarini tukkullatish va uni analiz qilinishiga perkussiya deyiladi.
Tovush geniratsiyasini organizimda tovush apparati hosil qiladi. U tanglay, til, lab, ovoz boylamidan iborat. Tovush hosil qilishda o’pka, bronxlar, traxeyalar, og’iz bo’shlig’i, burun, tomoq bo’shlig’i ham qatnashadi. Burun va og’iz bo’shlig’i rezonator hisoblanib, tovush formasini til, lab, tishlar yordamida kuchaytirish yoki
kuchsizlantirish mumkin. Ovoz boylamlarining eng zo’r tebranishlari unli tovushlar chiqarilishida ro’y beradi. Unsiz tovushlar hosil bo’lganda yumshoq tanglayning til uchining va lablarining har xil qisimlari mustaqil tebranadi. Odamning eshitish apparati tovushni o’tkazuvchi va qabul qiluvchi qismlardan iborat. Quloq 3 qisimdan – tashqi, o’rta va ichki qisimdan iborat. Eshitish retseptorlari ichki quloqda joylashgan.
Tashqi quloq – quloq chag’anog’i va tebranishni kuchaytiruvchi (rezonator) vazifasini bajaruvchi tovush yo’lidan iboratdir (quloqning sxemasi bo’lishi kerak).

Download 128.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling