Fizika mustaqil
Download 128.92 Kb.
|
fizika
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU
FIZIKA MUSTAQIL ISH Andijon Davlat Universtiteti Axborot Texnologiyalari va Kompyuter Injinerengi fakulteti Matematika va Informatika yo’nalishi Mo’ydinjonov Ikromjon MUSTAQIL ISH 2023 MAVZU: Tovush chastotasi va tarkibi.REJA: Tovush.Tovush chastotasi. Tovush tarkibi.Xulosa.
Tovush bizning quloqlarimizga hech qachon bir ondayoq yetib kelmaydi. Biz uni eshitgunimizcha, u o‘z manbasidan boshlab qandaydir masofada yo‘l bosib o‘tadi. Tovush tezligi sharoitga qarab tez o‘zgarishi mumkin. Masalan haroratga bog‘liq ravishda. Barchamiz olis-olislarda chaqnagan chaqmoqning yarq etib butun osmonni yoritib yuborganini ko‘p kuzatganmiz va albatta ko‘pchiligimiz uning o‘zini (yani yorug‘ligini) shu zahotiyoq ko‘rganimiz, lekin gumburlagan vahimali tovushini ancha kech eshitganimizga allaqachon, bolalik chog‘larimizdayoq e’tibor berganmiz. 1-rasm Masalan, chaqmoq bizdan 5 km narida chaqqan deb tasavvur qilaylik. Bu holatda undan chaqnagan yorug‘lik tahminan 1/60000 soniyada ko‘zlarimizga yetib keladi, deyarli shu zahotiyoq biz uni ko‘ramiz. Ammo uning tovushi shu 5 km masofani 3 soniyada 1 km dan bosib o‘tib, tahminan 15 soniyadan keyin quloqlarimizga yetib keladi. Kechikishni qisqa masofalarda ham sezish mumkin. Masalan, 100 metr narida urilayotgan bolg‘a zarblarining tovushi zarbaning o‘zida soniyaning uchdan biriga kech qolib eshitiladi. Havodagi tovush tezligi harorat ortishi bilan tezlashadi. Quruq havoda va 0 ºС haroratda tovush tezligi 331.5 metr/soniyani, 20 ºC haroratda esa, 343,1 metr/soniyani tashkil qiladi. Balandlik ortishi bilan tovush tezligi kamayadi. Chunki balandlik ortishi bilan atmosfera havosi zichligi tobora siyraklashib boradi. Suyuqliklarda va qattiq jismlarda tovush yana ham tezroq tarqaladi. Dengiz sharoitida uzoqdagi portlash ovozi ikki marotaba eshitiladi: birinchisi suvdan tarqalgan tovush to‘lqinlari hisobiga, ikkinchisi esa havodan keladi. Download 128.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling