Fizika o’qitish metodikasi masalalari


MUSTAQIL ISHLARNING TURLARI


Download 1.76 Mb.
bet4/8
Sana02.01.2022
Hajmi1.76 Mb.
#198675
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Fizika o’qitishda o’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatish

2. MUSTAQIL ISHLARNING TURLARI.

O’quvchilarning mustaqil ishlari deganda o’qituvchi topshirig’ini maxsus ajratilgan vaqt ichida o’quvchilar bajarishi tushiniladi. Bu vaqt ichida o’qituvchi kuzatib, raxbarlik qilib turadi. Fizikani fanini o’qitish jarayonida o’quvchilar tomonidan quyidagicha mustaqil ishlari bajarishlari mumkin.



  • O’quv va ma’lumotnoma, adabiyotlar bilan ishlash.

  • Masala yechishda turli ish shakllari.

  • Labaratoriya amaliy ishlar.

  • Qidiruv elementiga ega bo’lgan frontal tajribalar.

  • Tarqatma materiallar bilan ishlash.

  • Kinetik sxemalar bilan ishlash,

  • O’rtoqlarining javoblari va chiqishlarini taqriz qilish, axborot va referatlar tayyorlash, tajribalarni kuzatish va undan hulosalar chiqarish.

  • Asbob va ko’rgazmalar tayyorlash va hk.

Mustaqil ish qanday bo’lishidan qat’iy nazar rahbarlik rolini o’qituvchi bajaradi.

Shuning uchun o’quvchilarni mustaqil ravishda ta’lim olishlarini rejalashtirishtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg’ulotlarida talabalarni o’qitish bilan bir qatorda ularni ko’proq o’qishga o’rgatish, bilim olish yo’llarini ko’rsatish, mustaqil ta’lim olish uchun yo’llanma berish, umum ta’lim maktablarining ham asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.



Tajribalar shuni ko’rsatadiki, o’quvchi mustaqil ravishda shug’ullansa va o’z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o’zlashtirishi mumkin.

O’quvchilarning asosiy bilim, ko’nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko’rsatish qobiyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo’ladi.

O’quvchilarning mustaqil iahi – muayyan fandan o’quv dasturida belgilangan bilim, ko’nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o’qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o’zlashtirilishiga yo’naltirilgan faoliyatdir.

Avvalo o’quvchilarni mustaqil ta’lim olishga ruhan tayyorlash zarur.Shuning uchun har bir o’qituvchi dastlab talabada o’z qobiliyatlari va aqliy imkoniyatlariga ishonch uyg’otishi,ularni sabr toqat bilan,bosqichma-bosqich mustaqil bilim olishlarini to’g’ri tashkil qilishga o’rgatib borishi lozim bo’ladi.




Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling