Fizika o’qitish uslubining ahamyati va tuzulish shakllari
Fizika o’qitish uslubining ahamyati va tuzulish shakllari
Download 195.5 Kb.
|
sawa kurs ishi2
2.1 Fizika o’qitish uslubining ahamyati va tuzulish shakllari
Maktab fizika kursining umumiy ta’lim predmetlari orasidagi o‘rni uning boshqa fanlarga nisbatan tutgan mavqeiga ko‘ra aniqlanadi. Fizika kursi nazariy fan bo'lib, uning asosini fundamental nazariyalar, qonunlar va ilmiy tushunchalar tashkil etadi shu jumladan, Nyuton mexanikasi, relyativistik mexanika, kvant mexanikasi, elektron nazariyasi, klassik va kvantstatistikasi kabi fundamental nazariyalar yaratildi. Bu esa, birinchidan hozirgi fizika o‘rganadigan hodisalarning sonini ko'paytirib yubordi. Ikkinchidan, fanning rolini ko'tardi. Fizik nazariyalar boshqa, tabiiy fanlarning masalan, kimyo, elektrotexnika, radiotexnika, gazlar dinamikasi, elektronika kabilarning asosi bo‘lib qoldi. Ularning ko‘pchiligi alohida fan bo'lib ajralib chiqdi. Fizikada ochilgan qonunlar universal bo‘lib, uni hozirgi tabiiy fanlar ichida yetakchi darajaga ko‘tardi. Yuqorida aytilganlardan ko‘ramizki, fizikani bilmasdan to‘la qiymatli o‘rta ma’lumotni tasavvur qilib bo'lmaydi. Boshqa predmetlar kabi fizika o'qitish ham didaktik maqsadlarni, ya’ni ta’lim, tarbiya va o‘quvchilarni rivoj- lantirishni amalga oshiradi. Ko‘rinib turibdiki, maktabda fizika o'qitish katta ahamiyatga ega. Fizika o'qitish jarayonida o'quvchilar fizikani sanoatda, qishloq xo'jaligida, transportda, tibbiyotda va boshqa sohalarda qo'llanilishri bilan tanishadilar, o'lchov asboblari bilan ishlash malakasig ega bo'ladilar va foydali mehnatga tayyorlanadilar. Fizikani o'rganish orqali o'quvchilar tabiatdagi qator hodisalar va ularning ilmiy asoslanishi bilan tanishadilar, ularda dunyoning moddiyligi haqida ishonch shakllanadi, dunyoni o'rganishda insonning imkoniyatlari katta ekanini bilib oladilar. Natijada o'quvchilarning mantiqiy fikrlashlari va bilish qobiliyatlari rivojlanib boradi. Fizikani o'rganish orqali o'quvchilar ilg'or fizik olimlarning ishlari bilan, fan va texnika yutuqlari bilan tanishadilar. Bularning tarbiyaviy ahamiyati kattadir. Maktab fizika kursi hamma vaqt zamonaviy va elementar bo'lishi, fundamental nazariyalarni, fizika uslublarini, qonunlarini, o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashlarini, fikrlashlarini to'g'ri shakllantirishi, o'quvchilarga politexnik ta’lim berishi lozim. Fizika kursining mazmuni va hajmini aniqlab beruvchi asos — dasturdir. U o'quvchilar o'rganadigan asosiy bilimlarni aniqlab beradi. Dastur Davlat ta’lim standarti talablariga asosan tuziladi. Fizikadan o‘quv materialini tanlashda asosan quyidagilarga ahamiyat berilishi lozim: — mazmunining ilmiyligiga va metodologik yo'nalishiga; — fanning mantiqiy va o'quvchilarning yosh xususiyatlariga mos kelgan holdagi o'qitish izchilligiga; — nazariya va amaliyotning birligiga, hayot bilan bog‘lanishiga; — fizika o‘qitishda boshqa predmetlar bilan bog‘lanishini ta’minlashga. 0‘quv materiali tanlangandan keyin uni yillar bo’yicha taqsimlash muammosi tug‘iladi. Fizika o ‘qitish tarixida o ‘quv materialini yillar bo‘yicha taqsimlashda kurs tuzilishining uchta varianti vujudga keldi: radial, konsentrik va bosqichli variantlar. Kursning radial tuzilishida material shunday joylashtirildiki, bunda bo‘limlar bir-biridan qat’iy ajratib qo‘yildi. 0‘tilganlarga qaytish bo‘lmaydi. Fizika kursining radial qurilishining kamchiligi shundaki, unda o'quvchilar sodda masalalarni ko‘rish bilan birga, o‘zlashtira olmaydigan materiallarni ham o'rganishlariga to‘g‘ri keladi. Bir bo’limdagi qiyin masalalardan ikkinchi bo’- limdagi yengil masalalarga birdaniga o‘tiladi. Fizika kursining konsentrik qurilishida har bir bo‘lim maktabda ikki marta ko‘rib chiqiladi, ya’ni butun o‘quv materiali ikkita konsentrga bo'linadi. Birinchi konsentr fizika kursining deyarli hamma bo‘limi bo‘yicha boshlang‘ich (elementar) tushunchalarni o‘z ichiga oladi, ikkinchi konsentr butun kurs bo‘yicha bilimlar sistemasini o‘z ichiga olib, bu material birinchi konsentrdagi o‘quv materialini to‘la yoki qisman o’z ichiga oladi. Kursning konsentrik tuzilishida material o‘qitishdagi qiyinchilik sekin-asta ortib boradigan qilib o‘quvchilarning aqliy o‘sishiga va imkoniyatlariga moslashtirilgan holda joylashtiriladi. Konsentrik qurilishning kamchiligi shundaki, unda o'quv materiali takrorlanganligi uchun vaqt ko‘p sarf bo'ladi va o'quvchilarning qiziqishlarini kamaytiradi. Fizika kursining bosqichli tuzilishida bu kurs ikki bosqichda o'rganilib, ular birgalikda yagona sistemali fizika kursini tashkil etadi. Fizika kursining tuzilishlaridan eng yaxshisi bosqichli qurilishidir. U pedagogika va didaktika talablariga to'la javob beradi. Bunga ko‘ra maktab fizika kursining mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi: a) Tayyorlov davrida 3—5-sinflarda tabiatshunoslik, tabiiy geografiya va mehnat darslarida fizika elementlarini o'rganish. b) Kursning birinchi bosqichi: 6—9-sinfdarda fizikani o‘rganish. d) Kursning ikkinchi bosqichi: kasb-hunar kollejlari va Akademik litseylarda fizikani o'rganish. O 'rta umum ta’lim maktablarida fizika ta ’limining asosiy vazifalari: — o'quvchilarni fizik hodisalar, tushunchalar, kattaliklar, modellar, qonunlar, o'lchashlar, fizikaning amaldagi tatbiqlari, olamning fizik manzarasiga oid bilimlar bilan tanishtirish; — o'quvchilarni fan-texnika taraqqiyoti, fizika qonuniyatlarining amalda qo'llanilishi bilan tanishtirish; — koinotning tuzilishi va undagi hodisalar haqidagi bilimlar berish orqali ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish; — buyuk mutafakkirlarimiz va hozirgi davrdagi vatanimiz fizik olimlarining faoliyatlari bilan tanishtirish, ta’lim mazmunini atrofdagi mahalliy va tarixiy materiallar bilan boyitish orqali o'quvchilarnimilliy va vatanparvarlik ruhida tar- biyalash; — ta’lim mazmunini ijtimoiy hayot va texnika taraqqiyoti bilan bog'lash orqali o'quvchilarni ongli ravishda kasbga yo'naltirish, o'rta maxsus yoki kasb-hunar ta’lim muassasalarida o'qishni davom ettirishlari uchun zamin tayyorlash; — fizikaga oid asbob uskunalardan foydalanish, sodda o'lchov va tajriba ishlarini bajarish, ularning natijalari asosida xulosalar chiqarish, qoidalariga rioya qilish malakalarini shakllantirishdan iborat. Shu vazifalami amalga oshiruvchi, ya’ni « 0‘rta um um ta’lim maktablari uchun fizikadan davlat ta’lim standarti»ga asoslangan holda dastur tuzildi. 0‘rta umum ta’lim maktablarida fizika o‘qitish shu dastur asosida olib boriladi. 0‘zbekiston Respublikasining « Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, « Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi « 0‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi 204-son qaroriga va davlat standard talablariga asoslangan holda Akademik litseylarning fizika-matematika va boshqa bo’limlari, hamda kollejlar uchun fizikadan o‘quv dasturlari tuzildi. Bu dasturlarda fizika o‘qitishning maqsadi va vazifalari ko‘rsatib o‘tildi. Akademik litseylarda fizika o‘qitishning asosiy maqsadi: o’rta umum ta’lim asosida umumiy fizikadan o‘rta ta’lim berishga: fizika nazariyasi kuzatishlar va hodisalar haqidagi ta’limotlari umumlashgan shakli ekanligini ko‘rsatishga, nazariya bilan amaliyotning uzviy bog’liqligini ko'rsatishga, fizikaning texnologiyadagi, texnikadagi, tibbiyotdagi va hayotdagi ahamiyatini ta’kidlashga, fanga qiziqish uyg‘otish va uni o'rganishni davom ettirishga zamin yaratishdan iboratdir. Fizika o‘qitishning asosiy vazifasi: — fizika kursining o’qitish izchilligini ta’minlash; — fizikaning barcha bo‘limlari bo’yicha asosiy fizik qonunlar, qonuniyatlar va ularning formulalari bilan tanishtirish; — fizik jarayon, hodisa, tushuncha hamda qonunlarni o’rganish ketma-ketligi mantiqiy to‘g‘ri va oddiydan muakkabga qarab borish tamoyiliga rioya qilish; — fizik hodisalar va jarayonlarni kuzatish usullari bilan tanishtirish; — tajriba o‘tkazish, uning natijalarini hisoblash, xatolikarni hisoblash ko‘nikm alarini hosil qilish; — asosiy fizik qonun va hodisalarni to‘g‘ri talqin qilish, ularni masala yechishga tatbiq etish va tajribada tekshirib ko‘rish ko‘nikmalarini hosil qilish; — oliy o‘quv yurtiga kirish uchun zarur bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalarni hosil qilish; — o‘quvchilarning fizik tafakkurini rivojlantirish, fikrlash qobiliyatini oshirish hamda hayotda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni to‘g‘ri talqin qilishga o‘rgatish; — hozirgi zamon fizikasining fandagi, hayotdagi, texnikadagi, ekologiyadagi va boshqa tarmoqlardagi muammolarni hal etish yo‘lidagi roli bilan tanishtirish kerakligini ko‘rsatishdan iboratdir. Aniq fanlar yo‘nalishi bo‘limlarida fizikani o‘qitish uchun 720 soat, maxsus kurslarni o‘rganish uchun 148 soat, fakultativ kurslarini o‘rganishga 222 soat vaqt ajratilgan. Fizikani o‘rganish uchun, ximiya-biologiya yo‘nalishidagi bo‘lim lariga 280 soat boshqa yo‘nalishdagi bo‘limlarga 160 soatdan vaqt ajratilgan. Kasb-hunar kollejlarida fizikani o‘rganish uchun 160 soat vaqt ajratilgan bo‘lib, uni o‘qitishdan asosiy maqsad bizni o‘rab olgan dunyoning tabiiy-ilmiy manzarasini o'quvchilar ongida shakllantirish, politexnik ta’lim berish, kasbiy predmetlarni o‘rganishga nazariy asos yaratib berish va ilmiy dunyoqarashlarini to‘g‘ri shakllantirib borishdan iboratdir. Fizikani kasbga bog‘lab o‘qitish kasbga yo‘naltirishning eng yaxshi vositasidir. U ni quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirish mumkin: a) maxsus predmetlarda fizik tushuncha, hodisa, qonunlarni qo'llash; b) kasb mazmuniga ega bo‘lgan fizik masalalar yechish; d) ishlab chiqarishga mo'ljallangan asboblar yordamida kompleks laboratoriya ishlari bajarish va fizik hodisalarni namoyish qilish; e) hunar texnika siklidagi predmetlarda fizik tushunchalardan foydalangan holda masalalar yechish; f) fizika kursi va hunar-texnika sikli predmetlaridan ayrim mavzu va bo‘limdagi bilimlardan foydalanib kompleks topshiriqlar bajarish; g) o‘quvchilarning texnik ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni talab qiluvchi masalalar yechish; h) turli asbob va qurilmalarning tuzilishi prisiplarini tushuntirish uchun zarur bo‘lgan fizik bilimlarni qanday o‘zlashtirganligini aniqlash maqsadida fizikadan uyga vazifalar berish; i) ishlab chiqarish korxonalariga kompleks ekskursiyalar uyushtirish va ular bo‘yicha o‘quvchilarga hisobot tuzishni topshirish; j) sinfdan tashqari ishlarni bajarish (to‘garaklar, konferensiyalar, kechalar va boshqalar); k) ma’lum dastur asosida fakultativ kurslar o‘tish. Fizika o‘qitishda kasbga yo'naltirish prinsipiga amal qilinganda o‘quvchilarning o ‘zlashtirishi ortadi. Akademik litseylarning, kasb-hunar kollejlarining va o'rta umum ta’lim maktab-larining fizika dasturlarida fizikaning Nyuton mexanikasidan boshlab elementar zarralar fizikasigacha bolgan barcha bo‘limlari ma’lum darajalarda o‘z aksini topgan. Fizika kursining Qurilishi. O’zbеkiston maktablarida fizika kursi ikki bosqichda o’rganiladi. Kursning bunday tuzilishi o’rta maxsus ma’lumot bеrishga mos kеladi va fizika asoslarining o’quv fani sifatida o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’liq Ta’lim oluvchilar fizik kattaliklar, fizik hodisalar qonunlar bilan tanishtiriladi, hodisalar orasidagi sodda bog’lanishlar aniqlanadi, bu hodisalar orasidagi bog’lanishlar tushunarli qilib izohlanadi Ular eng oddiy o’lchashlar va asboblar bilan, fizikaning tеxnikadagi ko’pgina tadbig’lari bilan tanishtiriladi. Bularning hammasi ta’lim oluvchilarning kuzatuvchanligini, tafakkurini rivojlantiradi, politеxnik bilim doirasini kеngaytiradi. Akadеmik litsеy va kasb hunar kollеjlarida fizika kursi ancha yuqori saviyada o’rganiladi. Ta’lim oluvchilarning o’rta umumta’lim maktablarida olgan bilim va malakalari yanada rivojlantiriladi, kеngaytiriladi va cho’qurlashtiriladi. Fizika o’qitish pеdagogik jarayon bo’lib, o’qituvchi raxbarligi va boshharuvida ta’lim oluvchilarning fizika fani asoslarini egallashi, olingan bilimlarini hayotda qo’llay bilishi, hayotda kеng tarqalgan asbob va uskunalar bilan muomala qila olish ko’nikmasini egallashidir. O’qitish natijasida talabalarda umumiy politеxnik ta’lim, to’g’ri ilmiy dunyoharash, insoniylik tuyg’ulari va shu kabilar shakllanishi kеrak. Barkamol o’qituvchi faqat fan aoslarini yaxshi bilishi va uni o’qitish mеtodlarini mustahkam egallash bilan chеklanib qolmay, balki o’qitish jarayoni, talabalarning fanni o’zlashtirishning psixologik qonuniyatlarini amaliy ko’nikma va malakalar xosil qilish va uni rivojlantirish fikrlash qobiliyatini rivojlantirish yo’llarini o’qitishda shaxs kamolotida tarbiyaviy masalalarni hal etish. Shuningdеk, o’qituvchi psixologik qonuniyatlarni izchil qo’llay bilishi ham talab etiladi. Talabalarning kamolotida ijtimoiy xayotiy tajriba muxim axamiyatga ega. Dеmak, o’qituvchi bu muxim faktorni ham yodda tutishi kеrak. Talabaning muxit ta’sirida faol o’zgarib borishini tahlil etib borish o’qituvchi faoliyatining samarali bo’lishiga sabab bo’ladi. O’qitish jarayoni uzluksiz ravishda talabaning o’z-o’zini kamolot sari intilishiga va bu borada ijobiy yutuqlarni qo’lga kiritib borishiga erishmoq zarur. Psixologik jihatdan insonning rivojlanishining shart sharoitlaridan biri, uning tabiiy xususiyatlari xisoblanadi. – Aqliy rivojlanish talabaning biologik va fiziologik еtilishiga ham bog’liq. Bu faktni o’quvtarbiya jarayonida hisobga olish zarur. O’qitish talabalarning har tomonlama rivojlanishiga ijobiy ta’sir etishi kеrak. O’qituvchisining psixik rivojlanishining bеvosita xarakatlantiruvchi kuch yangilik bilan eskilik o’rtasidagi dialеktik qarama-qarshilikdir. Bu qarama-qarishilik o’quvtarbiya jarayonida paydo bo’ladi va hal etiladi. qarama-qarshiliklar hal etila borgan sari rivojlanish yangi bosqichga ko’tarila boradi. – Fizika o’qitishning o’ziga xos psixologik xususiyatlari: Birinchidan fizika prеdmеtining mazmuni va shunga mos ta’lim oluvchilarning yosh xususiyati bilan aniqlanadi. Ikkinchidan o’ziga xos psixologik xususiyati fizikani o’qitishda modеllar, chizmalar formulalar, aqliy tajribalar va shu kabilarning ko’p qo’llanishidir. Uchinchidan o’ziga xos xususiyati kuzatish, tajriba va boshqa mustaqil bajarilishi talab etiladigan amaliy shlarning ko’pligidir. Bularning barchasi o’qituvchini boshqa xamkasblarga nisbatan boshqacha faoliyat ko’rsatishini talab etadi. – Ilmiy fikrlash va ijodiy qobiliyat ilmiy fikrlash va ijodiy qobiliyat ijtimoiy xayot sharoitlari asosida vujudga kеladi va ijtimoiy amaliyot mahsuloti hisoblangan so’z, tushunchalar, mantiqlar asosida amalga oshiriladi. Download 195.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling