Fizika o’qitish uslubining ahamyati va tuzulish shakllari


Download 195.5 Kb.
bet1/7
Sana04.04.2023
Hajmi195.5 Kb.
#1324800
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
sawa kurs ishi2


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA FAKULTETI FIZIKA YO’NALISHI
2-BOSQICH -GURUH TALABASINING
“Fizika o’qitish metodlari”
FANIDAN TAYORLAGAN
KURS ISHI
MAVZU: Fizika o’qitish uslublarini klassifikatsiyasi
Bajardi: _____________________________ ___________
Kurs ishi rahbari:______________________ ___________

Mundarija
Kirish………………………………………………………………………….....3
I. Asosiy qism
1.1. Fizika o’qitish uslublarining predmeti vazifasi va o’rganish uslublari…..…7
1.2. Fizika o’qitish uslubining rivojlanish va xozirgi muammosi……………...14
3.1. Fizika dasturining ilmiy, nazariy va metodik tahlili……………………….19
II. Fizika o’qitish uslubining ahamyatlari
2.1 Fizika o’qitish uslubining ahamyati va tuzulish shakllari……………….....28
2.2 Fizika o’qitish uslubining asosiy vazifasi……………………………….….36
III. Xulosa……………………………………..…………………………..………
IV Foydalanilgan adabiyotlar………………..…………………..………………..


Kirish
Mamlakatimiz istiqlolga erishgandan keyin uning kelajagi bo'lgan yosh avlodni tarbiyaJash, unga bilim berish masalasiga alohida ahamiyat berila boshlandi. Shu sababdan istiqlolning birinchi kunlaridayoq, ma’naviyatimizni tiklash, uni yanada yuksaltirish, zamonaviy talablar bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va talablari darajasiga chiqarishga alohida ahamiyat berib kelin- moqda. Bular ichidagi eng muhim qadamlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonundir. Ushbu qonun fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish va kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilab berdi. U har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta'minlashga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 1997-yil 29-avgustda 0‘zbekiston Oliy Majlisi IX sessiyasida so‘zlagan nutqida bu masalaga o‘z munosabatini bildirib, yo‘l qo‘yilgan qator kamchiliklarga diqqatni jalb etdi. Asosiy masala zamon talab qilayotgan butunlay yangi tarkibdagi va yagona uslubdagi o‘rta umum ta'lim, o'rta maxsus ta’lim va oliy o‘quv yurtlari islohotini o‘tkazishdan iboratdir. Shu sababli ham Oliy Majlisning IX sessiyasida «Kadrlar tayyor- lashning Milliy dasturi» qabul qilinib, unda ta'lim sohasida tub o'zgarishlar qilish vazifalari qo'yildi. Dasturning maqsadi, ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmish kamchiliklaridan xoli qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi, yuksak ma'naviyatli, axloqli, yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliylatishdan iboratdir. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi asosiy masalalarni hal etish nazarda tutiladi:
Ta’lim tizimini ko‘rsatilgan talablar asosida isloh qilish. Ta'lim va kadrlar tayyorlashni rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishiga moslash. Ta’lim tizimini yuqori malakali kadrlar bilan ta'minlash, ularni ijtimoiy maqomini ko'tarish. Tayyorlash tizimini mamlakatning turli sohalari bo‘yicha taraqqiyot darajasi talabi asosida qayta qurish. Ta'lim oluvchilarni tarbiyalashning yangi usullarini ishlab chiqish va joriy etish, ta’lim va kadrlar tayyorlash muas- sasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va baholash, zamonga moslashtirish, tegishli mezonlar ishlab chiqish, ta’lim sohasini rivojlantirishda budjetdan tashqari mablag’, chet el investitsiyasini kiritish, xalqaro aloqalarni rivojlantirish. Islohotlarni hayotga tatbiq etishni bosqichma-bosqich amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Birinchi bosqich (1997—2001) — mavjud kadrlar tayyorlash tizimi- ning ijobiy salohiyatini saqlab qolgan holda ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy-me'yoriy, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy sharoitlar yaratish, unda pedagogik kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishni zamonaviy talablarga keltirish, ta’lim oluvchilarga qo‘yiladigan davlat ta’lim standartlarini yaratish va uni joriy qilish, o‘quv- uslubiy majmualar, moddiy asos, ta'lim xizmat sohasida raqobatni vujudga keltirish, ta'lim muassasalari faoliyatini baholash, reyting tizimini tashkil etish, xalqaro aloqalarni rivojlantirish, 6—7 yoshli bolalar bilan shug‘ullanish va ularning maktabda o‘qishlari uchun asos yaratish. Ikkinchi bosqich (2001 —2005-yillar) — Milliy dasturni to‘la ro‘yobga chiqarish, mehnat bozorini rivojlantirish, real iqtisodiy-ijtimoiy sharoitni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish, majburiy umumiy o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limiga o‘tish, hamda o'quvchilarning qobiliyatlariga asoslangan holda tabaqalashtirilgan ta'limni to‘liq joriy etish, ta’lim mtiassalarini malakali kadrlar bilan ta’minlash va uni raqobatga asoslangan holda amalga oshirish, sifatli uslubiy va boshqa adabiyotlar bilan ta'minlash. Uchinchi bosqich (2005 va keyingi yillar) — to'plangan tajribalarni tahlil qilish va umumlashtirish asosida mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni e’tiborga olgan holda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish, ta’lim muassalarini resurs, kadrlar, moddiy-texnika bazasi, ilg‘or pedagogik texnologiya bilan ta'minlash, milliy oliy ta'lim muassalarini qaror toptirish, kasb-hunar ta'limi muassalarini mustaqil faoliyat yuritish va o‘zini o‘zi boshqarish shakllarini mustahkamlash, ta’iim jarayonini axborot tizimiga ulash va uni dunyo axborot tizimiga ulanadigan kompyuter axborot tarmog‘i bilan to‘liq qamrab olishdan iborat. Dasturda kadrlar tayyorlashning milliy modeli batafsil yoritilib unda shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta'lim, uni tashkil etish va rivojlantirish tamoyillari hamda isloh qilish yo‘nalishlari bilan bir qatorda uzluksiz ta'lim tizimi va uning turlari bayon qilingan. Ular: maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta'lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta'lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim. Maktabgacha ta’lim bola olti-yetti yoshga yetguncha davlat va nodavlat muassasalarida hamda oilada tarbiyalanadi. Maktabgacha ta'limni amalga oshirishda turli nodavlat jamiyatlari, fondlar faol ishtirok etadilar. Umumiy o ‘rta ta 'lim to'qqiz yillik (I—IX) o‘qishdan iborat majburiy ta'lim. U o‘z tarkibiga boshlang‘ich ta'limni qamrab oladi. Umumiy ta’limning yangi tizimini va mazmunini shakllantirish uchun quyidagilar zarur bo‘ladi: yangi daviat ta'lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish;
-mintaqa sharoitini hisobga olgan holda o'rta inaxsus, kasb-hunar kollejlari dasturlarini ishlab chiqish; yuqori malakali kadrlar bilan ta'minlash;
-shaxs, jamiyat, davlat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ta’lim muassasalari tarmog‘ini rivojlantirish;
-o'quvchilaming qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda ta’limni tabaqalashtirish; ta'limning yangi texnologiyasini yaratish, o‘quv tarbiya jarayonini didaktik ta'minlash.O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi umumiy ta'lim tizimi negizida o‘qish muddati uch yil bo‘lgan majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi o‘zluksiz ta'lim tizimining mustaqil turidir, ularning turlarini tanlash o‘quvchilar uchun ixtiyoriydir. Akademik litseylar. davlat ta'lim standartlariga ko‘ra o‘rta maxsus ta'lim beradi. O‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishini chuqursohalashtirish va tabaqalashtirilgan kasbga yo‘naltirilgan ta'lim olishni ta'minlaydi. Ular akademik litseyda hosil qilingan ko'nikmalarini oliy ta’lim yoki mehnat faoliyatlarida davom ettirishlari mumkin. Kasb-hunar kollej tegishli davlat standartlari doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi beradi. O‘quv- chilarning kasb-hunarga moyilligi, bilimi va ko‘nikmalarini chuqur rivojlan- tiradi, tanlab olingan kasb-hunar bo'yicha bir yoki bir necha ixtisosni egal- lashlari imkoniyatini beradi.
Oliy ta'lim. oliy ta'lim ikki bosqichdan iborat bo‘lib, ular: bakalaviriat va magistraturadan iborat.
Bakalaviriat — mutaxassislar yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta'lim muddati kamida to‘rt yil davom etadigan tayanch oliy ta'limdir. Talabalar uni muvaffaqiyat bilan tugallaganlaridan so‘ng ularga «bakalavr» darajasi beriladi va kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun diplom topshiriladi.
Magistratura — aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta'lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta'limdir. Magistrlarga davlat tomonidan tasdiqlangan kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan diplom beriladi.

Download 195.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling