Fizika o’qitish uslubining ahamyati va tuzulish shakllari
Fizika o’qitish uslubining rivojlanish va xozirgi muammosi
Download 195.5 Kb.
|
sawa kurs ishi2
1.2. Fizika o’qitish uslubining rivojlanish va xozirgi muammosi
Har bir fanda bo‘lgani kabi fizika o'qitish uslubi fani ham ma’lum rivoj- lanish va shakllanish bosqichlarini bosib o‘tdi. Uning tarixi uncha uzoq bolmay, fizikani o‘rta maktablarda o‘qitila boshlanganidan boshlanadi. 0‘zbekistonda uning taraqqiyoti va shakllanishisobiq SSSRda bu fanning rivojlanishi bilan bog‘liq holda amalga oshgan. Rossiyada fizikani o‘qitish jarayoni 350 yillar davomida vujudga keldi. Ammo fizika Rossiya maktablarida mustaqil predmet sifatida faqat XVIII asrdan boshlab o‘qitila boshlandi. Fizika o‘qitish uslubini rivojlantirishda Peterburg, Moskva, Kiyev, Odessa kabi shaharlardagi olimlar faol ishtirok eta boshladilar. Bu davrda olib borilgan ishlar natijasida quyidagilarga erishildi: 1. Fizika gimnaziya va real o‘quv yurtlarida mustaqil predmet sifatida o‘quv rejalariga kiritildi. 2. Fizika faqat ta’lim beruvchi predmet sifatida emas, balki rivojlantiruvchi funksiyasiga ega predmet sifatida ham tan olindi. 3. 0‘quvchilarni mustaqil kuzatish va laboratoriya ishlar o'tkazish joriy etildi. 4. Gimnaziya va o‘quv yurtlarining talablariga javob beruvchi fizikadan darslik lar yaratishga o ‘tildi. XIX asming oxirlaridan boshlab fizika o‘qitish uslubi bo’yicha rus tilida qator o‘quv materiallari va turli darsliklar yaratishga kirishildi. Fizika asoslarini mukammal va tekis bayon qilib bergan darsliklardan biri E.X.Lensning 1939-yilda chop etilgan «Rukovodstvoк fizike» asari bo‘lib, unda o‘rta o‘quv yurtlari uchun berilishi kerak bo‘lgan fizika m ateriallari bayon etilib, u ancha mukammal bo‘lgani sababli 25 yildan ortiq keng foydalanib kelindi. Bu kitobda fizik hodisalami eksperimental asoslash bilan bir qatorda ularni nazariy va matematik xulosalardan foydalangan holda bayon qilishga ham e’tibor berilgan. XIX asrning ikkinchi yarmi matem atika, fizika, ximiya, kosmografiya fanlarini o'qitishuslublarining rivojlanishi davri bo'ldi. XIX asrning 90-yillari fan, ishlab chiqarish sanoatining rivojlanish davri bo'lib, unda ta’lim tizimlarida fizika o‘qitishni keskin yaxshilashga katta ehtiyoj paydo bo‘la boshladi. Bu esa, ta ’limda fizikadan yangi darsliklar, qo‘llan- malar, uslubiy adabiyotlarga bo‘lgan talabni orttirib yubordi. Buning natijasida fizikadan qator yangi darslik va qo‘llanmalar paydo bo‘ldi. 0‘qitish uslubidan birinchi umumlashtirilgan qo‘llanma 1894-yilda nashr etildi, bu qo‘l- lanma Shvedovning «Fizika metodikasi» asari edi. Birinchi marta bu asarda fizika o ‘qitish uslubining um umumiy masalalari bayon etilgan edi. Shu bilan birga unda maktab fizika kursining mazmuni masalasiga ham alohida ahamiyat berilgan. XX asrning 60-yillariga kelganda fizika kursiga kiritilayotgan qisman o‘zgarishlar uni to‘la qonli va talab darajasiga olib chiqish imkoniyatini bermasligi aniqlandi, shu sababli 1967— 1972-yillar davomida fizika kursini o‘qitishni isloh qilish amalga oshirildi, bu bilan fizika o'qitishning ham nazariy, ham amaliy masalalarini hal etishga intilindi. Unda o‘rta maktab fizika kursini fizika fanining rivojlanish darajasiga ko‘tarish masalasi qo‘yildi. Qo'yilgan maqsadlardan eng muhimi fizika kursining imiy darajasini ko‘ta- rishdan iborat edi. Buni amalga oshirishda ko'pgina olimlarning xizmati katta bo‘ldi. Fizikadan fakultativ mashg‘ulotlarga ham katta ahamiyat berildi. Unga oid o'quv dasturla va qo'llanmalar chop etildi. Fizikaning va uning o'qitish uslu- biyotining rivojlanishida Sharq olimlarining hissalari ham bor. Al-Farobiy, al-Beruniy, al-Xorazmiy, Qoshg'ariy, Ulug'bek va boshqa mutafakkirlar olib borgan ishlari ancha salmoqlidir. Ibn Sinoning «Sharq Aristoteli», al-Beruniyning « 0‘rta Osiyo Kopernigi» deb atalishi ularning fan sohasida olib borgan ishlarining qanchalik salmoqli ekanidan dalolat beradi. 0‘zbekistonda ham fizika va uning o'qitish uslubiyotining rivojlanishiga o’z hissalarini qo'shib kelgan va kelayotgan olimlarimiz kam emas. Ular fizikaning rivojlanishiga o‘z hissalarini qo'shish bilan birga o‘qitish uslubiyotini yaxshi- lash sohasida ham anchagina ishlar olib borganlar. Masalan, akademik R.Bekjonov fizika o'qitish uslubi bo'yicha bir necha shogirdlar chiqardi, bu sohada ishlayotganlarga o‘zining qimmatli maslahatlarini berib bordi. 0‘zbekistonda Pedagogika fanlari Ilmiy tekshirish institutining tashkil etilishi fanlarni 0‘qitish uslubiyotining rivojlanishiga katta ijobiy ta’sir ko'rsatdi. 1918-yilda tashkil etilib, hozir ham faoliyat ko'rsatayotgan «Xalq ta’limi» jurnali fizika o'qitish uslubiyotining yaxshilanib, takomillashib borishiga katta hissa qo'shmoqda. 0‘zbekiston Milliy universiteti fizika o'qitish metodikasi va fizika tarixi kafedrasi E.Nazirov boshchiligida olib borayotgan uslubiy ishlari alohida diqqatga sazovor bo'lib, Respublikamizda fizika o'qitish uslubi sohasida ishlayotgan oliygohlaming o'qituvchilari uchun yetarli va qimmatli materia bo'lib kelmoqda va yoshlarni ilmi ishlarga yo'naltirmoqda. Bu kafedra ko'pla fan nomzodlarini yetishtirib chiqarmoqda. Hozirgi kunda fizika o'qitish uslubi bo'yicha B. Mirzaahmedov, D. Shodiyev, E. Turdiqulov kabi pedagogika fanlari doktorlari vako'plab fan nomzodlari ish olib bormoqda. Shukunga qadar ta’lim jarayonini yaxshilash sohasida qator ishlar qilinishiga qaramay, bu ishlarda ayrim kamchiliklar ham mavjud. U kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko‘rsatilgan bo‘lib quyidagilarni o‘z ichiga oladi: — ta ’limning uzluksiz tizimi muammolari yechilmagan; — maktablar, kasb -hunar o‘quv yurtlarining moddiy bazasi juda nochor; — boshlang‘ich ta’limga yetarli e’tibor berilmagan; — maktab, oliy o‘quv yurti va boshqa ta’lim tizim lari uchun darsliklar talabga javob bermaydi; — umum ta’lim maktablarida kasbga yo‘naltirish va ta’limning amaliy yo'nalganligi yetarli emas; — umum ta’lim va kasb-hunar dasturlari o‘rtasida uzviylik va vorislik yo‘q; — o‘quv dasturlari zamon talabiga javob bermaydi. Bu kamchiliklar ta’lim tizimida fizika o‘qitish jarayoniga ham salbiy ta’sir ko‘rsatib, fizika o‘qitish uslubiyoti oldiga qator muammolarni qo‘ydiki, ular o‘quv jarayonining hamma sohasini o‘z ichiga qamrab oladi. Fizika o‘qitish tizimidagi o‘zgarishlar munosabati bilan o‘rta umum ta’limning 6, 7, 8, 9-sinflarida fizika o‘qitish umum ta’lim o‘quv rejasiga kiritilgan bo‘lib, bu sinflarda o‘quvchilar Davlat ta’lim standarti talablariga ko‘ra fizika asosla- riga oid quyidagi bilim, ko'nikma va malakalarni egallashlari shart: — fizik hodisalar haqida tasavvurga ega bo‘lishlari va ularni tahlil qila olishlari; — mexanika, molekulyar fizika va termodinamika asoslari, elektr, yorug‘lik, atom va yadro fizikasi asoslariga oid asosiy tushunchalarni talab darajasida o‘zlashtirishlari; — atamalarni, kattaliklami va ularning birliklarini, qonuniyatlaming formu- lalarini bilishlari va ulami qo'llay olishlari; — fizik hodisalarni kuzatish rejasini tuzishni va uni o'tkazishni hamda natijalarini umumlashtirish ishlarini bajara olishlari; — o‘lchov asboblaridan foydaiana bilishlari, o‘lchash natijalarini tahlil qila olishlari; — mustaqil ravishda tajriba o'tkaza olishlari, tajriba natijalarini sxema, jadval, grafik ko'rinishda tasvirlay olishlari va xulosa chiqara olishlari; — buyuk allomalarimiz va ularning fizika rivojiga qo‘shgan hissalari haqida tasavvurga ega bo‘lishlari; — darsliklardan, o‘quv qo‘llanmalaridan va qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanib mustaqil bilim olabilishlari kerak. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi fizika o‘qitish uslubiyoti oldiga qator muam- molarni qo‘ydi: 1. 0‘rta umum ta’lim va maxsus ta’lim sohalarida ta’lim mazmunini aniqlashtirish. 2. Mazmunan yangi, mukamal, eksperimental va barqaror darsliklarni yaratish. 3. Fizik tushunchalarni shakllantirishning psixologik didaktik asoslarini ishlab chiqish. 4. Fizika o‘qitishning eksperimental asoslarini qayta o‘rganib chiqish va takomillashtirish. 5. 0‘quv jarayonida zamonaviy texnik kompyuter jihozlaridan foydalanish yo‘llarini ishlab chiqish. 6. 0‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning zamonaviy usullarini qo‘llash uning meyorlarini ishlab chiqish va amalda tatbiq etish.Bu muammolarni hal qilish borasida katta ishlar olib borilmoqda, ular yaqin kelajakda o‘z yechimlarini topadi, albatta. Download 195.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling