Fizika” ta’lim yo’nalishi 2-bosqichi F2 guruh talabasi Jabborov Shuxratbek
Download 402.3 Kb.
|
KURS ISHI JABBOROV optika
7.8-rasm. Linzada bosh va qo’shimcha optik o’qlardan o’tuvchi nurlarning yo’li
Linzalar ikkita fokusga еga bo`lib, bir jinsli muhitda bu fokuslar linzaning ikki tomonida, uning markazidan bir xil masofada yotadi. Optik markazidan fokusigacha bo`lgan masofa F linzaning fokus masofasi deyiladi. Ana shu fokus orqali optik o`qqa perpendikulyar o`tgan tekislik linzaning fokal tekisligi deyiladi. Fokus masofaga teskari kattalik Dlinzaning optik kuchi deyiladi. . (7.9) Optik kuchining SI sistemasidagi birligi dioptriya deyilib, u fokus masofasi 1 m bo`lgan linzaning optik kuchidir. Yig`uvchi linzalarda optik kuchi musbat, sochuvchi linzalarda еsa manfiy bo`ladi. Linza formulasi 3ta kattalik – buyumdan linzagacha bulgan d masofa, linzadan tasvirgacha bulgan f masofa linzaning bosh fokus F masofasi urtasidagi boglanishni ifodalaydi. (7.10) Yoki (7.11) (7.10) yoki (7.11) formula yupqa linza formulasi deb atash qabul qilingan. Linzada buyumning tasvirini yasashda buyumning bir nechta nuqtalarining tasvirini topish va so`ngra ulardan buyumning tasviri hosil qilish kerak. Nuqtaning tasvirini yasashda quyidagi nurlardan ixtiyoriy ikkitasini tanlash va ularning linzadan sinib o`tgandan so`ng kesishish nuqtasini topish kerak. 1. Optik o`qqa parallel nur, u linzadan singandan keyin fokusdan o`tadi. 2. Linzaning optik markazidan o`tuvchi nur, u linzadan chiqqanda o`zining dastlabki yo`nalishini o`zgartirmaydi. 3. Linzaning fokusi orqali o`tuvchi nur, u linzadan singandan keyin optik o`qqa parallel ravishda ketadi. Ana shu usul bilan buyumning bir nechta nuqtasining tasvirini fokal tekislikka tushirib olib, so`ngra buyumning butun tasvirini yasash mumkin. Tasvir yasashda buyum linza fokusiga nisbatan qanday masofada turganligi muhim rol’ o`ynaydi. 7.8-rasm. Qavariq linzada tasvirning hosil bo’lishi Download 402.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling