«Aqliy hujum» metodining bosqichlari: - Ta‘lim oluvchilarda savol tashlanadi va ulardan ushbu savol bo´yicha o‘z javoblari (fikr, goya va mulohaza) bildirishlari so‘raladi.
- Ta‘lim oluvchilar savol bo´yicha o‘z fikr mulohazalarini bildirishadi.
- Ta‘lim oluvchilarning fikr- g´oyalari (magnitofondan, videotasmadan rangli qog‘ozlarda yoki doskada) to´planadi.
- Fikr-g´oyalar ma‘lum belgilar bo´yicha guruhlanadi.
- Yo‘qorida qo‘yilgan savolga aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi
“Aqliy hujum” metodining afzalliklari - natijalar baholanmasligi ta‘lim oluvchilarda turli fikr-goyalarning tug‘ilishiga olib keladi;
- ta‘lim oluvchilarning barchasi ishtirok etadi;
- fikr-g‘oyalar vizuallashtirib boriladi;
- ta‘lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini baholash imkoniyati bo‘ladi;
- ta‘lim oluvchilarda mavzuga qiziqish uyg‘onadi.
«Aqliy hujum» metodining kamchiliklari: - ta‘lim beruvchi tomonidan savolni to‘g‘ri qo‘yishning qiyinligi;
- ta‘lim beruvchidan yuqori eshitish qobiliyatining talab etilishi.
“Aqliy hujum” metodidan foydalanishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim: 1. Berilgan muammo yuzasidan o’quvchilarning atroflicha va chuqur mulohazalar yuritishga undash va shunga erishish. 2. O’quvchilarning fikrlari va g’oyalarini rag’batlantirib borish tanqid ostiga olinmaslik, ularning erkin fikrlashlariga sharoit yaratish. 3. Har bir o’quvchi fikrlariga va g’oyalariga asoslanishi mumkin, ularni o’zgartirishi mumkin. 4. O’quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlar va g’oyalarni baholamaslik. Metoddan samarali fоydalanish maqsadida quyidagi umumiy qоidalarga amal qilish lоzim: - oʻquvchilarning oʻzlarini erkin his etishlariga sharоit yaratib berish;
- gʻоyalarni yozib bоrish uchun yozuv taxtasi yoki varaqlarini tayyorlab qoʻyish;
- muammо(yoki mavzu)ni aniqlash;
- mashgʻulоt jarayonida amal qilinishi lоzim boʻlgan sharoitlarni belgilash;
- bildirilayotgan gʻоyalarning ularning mualliflari tоmоnidan asоslanishiga erishish;
- qоgʻоz varaqlari gʻоya (yoki fikr)lar bilan toʻlgandan soʻng yozuv taxtasiga оsib qoʻyish;
- fikrlarni yangi gʻоyalar bilan bоyitish asоsida ularni quvvatlash;
ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |