Fizika va astranomiya fanlaridan


Tajribalar o‘tkazish, fizik kattaliklarni o‘lchash va xulosalar chiqarish kompetensiyasi


Download 0.7 Mb.
bet15/17
Sana05.01.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1080637
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
2020 -2021 -ish reja

Tajribalar o‘tkazish, fizik kattaliklarni o‘lchash va xulosalar chiqarish kompetensiyasi:
A1
konveksiya hodisasini, issiqlik o‘tkazuvchanlikni, jismlarning elektrlanishini, oddiy elektr zanjiri tuzishni, yorug‘likning qaytishini, sinishini, kamerton yordamida tovush hosil qilishni biladi, richagning muvozanatda bo‘lish sharti, termometr yordamida havo va suyuqlik temperaturasini, yassi ko‘zgu yordamida yorug‘likning qaytishini, shisha prizma yordamida yorug‘likning spektrga ajralishini tajriba o‘tkazish orqali tushunadi va xulosalar chiqaradi.
Fizik bilimlar va asboblardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:
A1
oddiy mexanizmlar blok, chig‘iriq, pona, vint va qiya tekislikdan, xona va inson temperaturasini o‘lchaydigan termometr, elektrometr, yorug‘likning sun’iy manbalaridan (lampochka, sham, gulxan alangasi), tovush qabul qilgichlardan (mikrofon), xonadondagi elektr asboblaridan amaliyotda tejamkorlik bilan xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda foydalana oladi va linzaning optik kuchiga doir masalalar yecha oladi.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar:
Fizik jarayon va hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:
A1
Fizik jarayon va hodisalarni kuzata oladi, ularning mohiyati haqidagi dastlabki tushunchalarni biladi va bayon qila oladi;
mexanik, issiqlik, elektr, yorug‘lik, tovush hodisalari va oddiy mexanizmlarga oid dastlabki tushunchalar, atamalar, fizik kattaliklar va ularning birliklari, qonuniyatlarni, bog‘lanish formulalarini biladi va ulardan masalalar yechishda foydalana oladi.
Tajribalar o‘tkazish, fizik kattaliklarni o‘lchash va xulosalar chiqarish kompetensiyasi:
A1
Amaliy topshiriqlarni bajaradi, tegishli fizik kattaliklarni o‘lchaydi, natijalarini jadval ko‘rinishda yozadi va xulosalar chiqara oladi;
fizik tushuncha va kattaliklar birliklarini biladi va mazkur kattalikni boshqa kattaliklar bilan formulalar orqali bog‘lay oladi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling