Fizika va kimyo” fakulteti “ilmiy va metadologik kimyo” kafedrasi


I.Kimyo kursida eritmalar mavzusining yoritilishi


Download 0.58 Mb.
bet5/17
Sana06.02.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1172195
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Isroilova Hilola Kurs ishi KMYM 19-33 30-betdan

I.Kimyo kursida eritmalar mavzusining yoritilishi.
1.2. Eritma konsentratsiyalari
Eritmaning biror hajmi yoki massasi birligida erigan modda miqdorini ko`rsatuvchi kattalik eritmaning konsentratsiyasi deyiladi va C - harfi bilan belgilanadi.
Eritma konsetratsiyasini ifodalashning quyidagi turlari mavjud:
a) erigan moddaning massa ulushi (ω ) yoki foiz konsentratsiya (C %)
b) molyar konsentratsiya (CM, mol/l)
v) normal yoki ekvivalent konsentratsiyasi (Cn; N, g-ekv/l)
g) Titr (T, g/ml)
d) molyal konsentratsiyasi (Cm, mol/1000 g)
e) molyar qism (N, mol)
Har bir konsentratsiyasi turini alohida qarab chiqamiz.
Foiz konsentratsiya.
Har qanday eritmaning 100 gramida erigan moddaning gramm miqdorini ko`rsatuvchi qiymat foiz konsentratsiya deyiladi.

Foiz konsentratsiya quyidagi formula yordamida hisoblanadi:


.

Ko`pchilik hollarda bu konsentratsiyani "massa ulushi" holida:



ifodalanadi. Uning ma`nosi eritma umumiy og`irligining qanchasi erigan modda hissasiga to`g`ri kelishini bildiradi.
Ma`lumki, eritmalar suyuq holda bo`lgani uchun uning miqdori hajm
birligida (V, ml, sm3, litr) ifodalanadi. Bunday hollarda eritma massasi bilan hajmi o`rtasidagi bog`lanish m=V*ρ holida yoziladi. Bu erda d – 1 eritmaning zichligi, ya`ni 1 ml (sm3) hajmdagi eritmaning og`irligi deyiladi va g/ml, g/sm3, kg/m3 birlikda o`lchanadi. Masalan, 98% li H2SO4 eritmasining zichligi 1,84 g/sm3 ga teng deganda shu eritmaning 1 sm3 yoki 1 millilitri 1,84 g. massaga ega, deb tushunish kerak.
Yuqoridagilarni e`tiborga olsak, eritmaning foiz konsentratsiyasi:



Faraz qilaylik, osh tuzi eritmasining konsentratsiyasi 15% (0,15) li bo`lsin. Buning ma`nosi, osh tuzi eritmasining 100 gramida 15 g. NaCl moddasi 85 g. H2O da erigan. Boshqacha aytganda, shu eritmaning 1 og`irlik qismi (g.) da 0,15 og`irlik qism (g.) NaCl va 0,85 og`irlik qism (g.) H2O dan iborat.





Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling