Fizika va kimyo” fakulteti “ilmiy va metadologik kimyo” kafedrasi


Download 1.03 Mb.
bet2/8
Sana06.11.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1752105
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Besh a\'zoli geterohalqali birikmalar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ................................................................

18


Kirish.
Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda yurtimizda ta`lim sohasida olib borilayotgan islohotlar yosh avlodning bilim olishi uchun keng yo’l ochib bermoqda. Yoshlarimizning bilim egallashi uchun barcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida qonunlar ishlab chiqilgan.
Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.08.2020 yildagi “Kimyo va biologiya yo`nalishlarida uzluksiz ta`lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari” to’g’risidagi PQ-4805-sonli qarorida kimyo va biologiya fanlari bo’yicha ta`lim sifatini tubdan oshirish, umumta’lim maktablarida ushbu fanlarni o’qitishning tizimini joriy etishda, malakali o’qituvchi – murabbiylarni jalb etish, ta’lim va ilm fanni ishlab chiqarish sohalari o’rtasida o’zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo’lga qo’yish maqsadida:
-Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (keyingi o’rinlarda - Agentlik), Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, kimyo, farmatsevtika, neft va gaz sanoati korxonalari, kimyo va biologiya fanlari bo’yicha uzoq yillik tajribaga ega ustoz-murabbiylar, o’qituvchi va ilmiy xodimlarning quyidagi takliflariga rozilik berilsin:

  • respublikaning har bir hududida bosqichma-bosqich kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan 14 ta tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar (keyingi o’rinlarda - tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar)ni tashkil etish, bunda Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatini ushbu maktablar maqomiga moslashtirish;

  • respublika tuman (shahar) larida bosqichma-bosqich kimyo va biologiya fanlarini chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan 150 ta maktablar (keyingi o’rinlarda-ixtisoslashtirilgan maktablar) ni tashkil etish;

  • tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan maktablarda kimyo va biologiya fanlarini samarali o’qitishni muvofiqlashtirish uchun ularga oliy ta’lim muassasalarining 55 ta kafedralarini biriktirish;

  • ishlab chiqarish tarmoqlari uchun o’rta bo’g’in kadrlar tayyorlash tizimini samarali yo’lga qo’yish yuzasidan kimyo va biologiya yo’nalishlariga tegishli mutaxassisliklar bo’yicha o’rta bo’g’in kadrlarini tayyorlaydigan 47 ta professional ta’lim muassasalariga ishlab chiqarish korxonalarini biriktirish.

-tashkil etiladigan tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan maktablarga oliy ta’lim muassasalarining kafedralari, ilmiy tadqiqot muassasalari va ishlab chiqarish tarmoqlarini biriktirish;
-2020/2021 o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kimyo va biologiya fanlariga qiziqishi bo‘lgan o‘quvchilar uchun tajriba-sinov sifatida joriy etilayotgan tabiiy fanlar yo‘nalishidagi variativ (o‘zgaruvchan) o‘quv rejalarini bosqichma-bosqich o‘quv jarayonida foydalanishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida tabiiy fanlar o‘quv dasturlarida amaliy mashg‘ulotlarning ulushini ko‘paytirish choralarini ko‘rish kabi bir qator vazifalar belgilab berilgan.[1]
Xususan, Yurtimizda Kimyo fanini o‘qitishni rivojlantirish Konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Bu Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-sonli Farmoni asosida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti-ning 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan.
Ushbu konsepsiya xalq ta’limi tizimida kimyo fanini o‘qitishni
rivojlantirishning asosiy tendensiyalarini belgilab beradi. Bunda:
-ta’lim sohasi rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni va mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni hisobga olgan holda takomillashtirish;
-kimyo fani davlat ta’lim standarti talablarining ta’lim sifati va kadrlar
tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash;
-kimyo fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga
qo‘yiladigan malaka talablarini amaliyotga tatbiq etish;
-kimyo fani mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek o‘qitish
metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayonini individuallashtirish
tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;
-kimyo fanini umumta’lim fanlari bilan o‘zaro integratsiyasi va
o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini tashkil etish;
-kimyo fanining mazmuni, mustaqil hayotda qo‘llash imkoniyati bo‘lgan
kimyoviy savodxonlikni, tanqidiy fikrlash va ijodkorlik kompetensiyalarini
shakllantirish;
-kimyo fanini o‘qitishda variativ o‘quv modullarini ishlab chiqish;
umumiy o‘rta ta’lim jarayoniga milliy, umuminsoniy va ma’naviy
qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakl, usul va
vositalarini keng joriy etish;
-o‘quvchi-yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda
kimyo fani bo‘yicha sinfdan va maktabdan tashqari ta’limning zamonaviy
usullari va yo‘nalishlarini joriy etish;
-kimyo fani bo‘yicha nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish, kundalik
hayotiy jarayonlarda duch kelgan muammolarni hal qilishda foydalana
olishga yo‘naltirish;
-kimyo ta’limi jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni
joriy etish;
-o‘quv-tarbiya jarayoni samaradoriligini va natijaviyligini ta’minlashda
innovatsion pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini tadbiq etish;
-kimyo fani moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
-davlat ta’lim standartlarida ko‘zda tutilgan kompetensiyalarga
asoslangan baholash mezonlarini joriy etish belgilangan.[2]

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling