Fizika va kimyo” fakulteti “ilmiy va metadologik kimyo” kafedrasi


II. Besh a’zoli geterohalqali birikmalar


Download 1.03 Mb.
bet6/8
Sana06.11.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1752105
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Besh a\'zoli geterohalqali birikmalar.

II. Besh a’zoli geterohalqali birikmalar.
2.1. Besh a’zoli bitta geteroatom tutgan aromatik birikmalarning tuzilishi
Besh a’zoli geterohalqali birikmalar
Eng muhim besh a’zoli geterohalqali birikmalar furan, tiofen va pirrol bo‘lib, bularning molekulasi mos ravishda halqada kislorod, oltingugurt va azot atomiga ega:

Bu birikmalarni tuzilishi bir-biriga yaqinligini ko‘rsatib turibdi. Haqiqatdan ham YU.K.Yuryev ularni bir-biriga aylanishi mumkinligini ko‘rsatgan. Buning uchun u furan bug‘larini vodorod sulfid yoki ammiak bilan aralashmasini Al2O3 dan 400-450oC da o‘tkazib tiofen yoki pirrol hosil bo‘lishini ko‘rsatgan:

Furan, tiofen va pirrolning qo‘sh bog‘lari elektronlari geteroatomlarning r-elektronlari bilan ta’sirlashib, yagona -elektronlar sistemasini hosil qiladi. Natijada bu moddalarga aromatik xususiyatni namoyon qiladi. Shuning uchun ular elektrofil o‘rin olish reaksiyalariga oson kirishib (nitrolash, galogenlash va sulfolash) tegishli hosilalarni beradi:




2.2. Besh a’zoli geterosiklik birikmalarning olinishi va xossalari.
Olinish usullari. Bir getroatomli besh a’zoli geterotsikllar tuzilishidagi o’xshashlik ularni olishning umumiy usullari yaratilishiga sabab bo’lgan. 1. Furan, tiofen va pirrol olishning eng muhim usullaridan biri ularni 1,4- dikarbonilli birikmalardan suvni tortib olish orqali hosil qilish hisoblanadi. a) Furan hosil bo’lishida karbonil guruhidagi nukleofil kislorod atomi ikkinchi karbonil guruhidagi elektrofil uglerod atomiga xujum qiladi. Bu jarayon kislota xususiyatiga ega bo’lgan katalizatorlar ishtirokida oson boradi. Hosil bo’lgan oraliq birikmalardan suv va proton chiqib ketishi natijasida furan halqasi hosil bo’ladi:

b) Tiofen hosil bo’lishi ham yuqoridagiga o’xshash sodir bo’ladi. Bunda dastlab karbonil guruhidan bir kislorod atomi fosfor pentasulfid ta’sirida oltingugurt bilan almashinib, ion guruhi hosil qiladi:

Bu umumiy usuldan tashqari furan, tiofen va pirrollar olishning alohida keng tarqalgan usullari ma’lum.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling