Fizika va kimyo” fakulteti “ilmiy va metadologik kimyo” kafedrasi


Kurs ishining maqsadi va vazifalari


Download 1.03 Mb.
bet3/8
Sana06.11.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1752105
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Besh a\'zoli geterohalqali birikmalar.

Kurs ishining maqsadi va vazifalari: Kurs ishidan ko’zlangan maqsad besh a’zoli geterosiklik birikmalar haqida ma’lumotlar to’plash
Kurs ishining vazifasi esa geterohalqali birikmalarning tabiati, turlari, tuzlishi va xususiyatlari yuzasidan izlanishlar olib borish.
Kurs ishining hajmi: Kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat bo’lib 18 betni tashkil etadi.

I.Geterohalqali birikmalar.
1.1.Geterohalqali birikmalar haqida ma’lumot
Geterohalqali birikmalar deb, halqasi uglerod va getero atomdan tashkil topgan birikmalarga aytiladi.
Tabiatda uchraydigan birikmalar tarkibida asosan geteroatom sifatida kislorod, azot va oltingugurt atomlari ishtirok etadi.
Geterohalqali birikmalar tarkibida atomlarning umumiy soni uch, to‘rt, besh, olti va undan ko‘p bo‘lishi mumkin. Lekin eng barqaror geterohalqali birikmalar besh va olti a’zoli bo‘lib, bular tabiiy birikmalar orasida keng tarqalgan.
Geterohalqali birikmalarni
1)atomlarning umumiy soniga;
2)geteroatomlar soniga;
3)halqalarning soniga qarab sinflashtiriladi.
Geterohalqali birikmalarni nomlashda esa halqani tashkil qiluvchi molekula atomlarini nomerlash geteroatomdan boshlanadi.
Geterotsiklik birikmalari chida eng ko‘p tarqalganlari kislorod, azot va oltingugurt atomlari tutgan besh va olti a’zoli halqalilardir.
Ular quyidagilar:

Bu birikmalardagi halqani hosil qilgan barcha atomlardagi elektron orbitallari sp2 gibridlangan bo’lib, ular bitta tekislikda joylashgan.
Gibridlanishda ishtirok etmayotgan p—elektron bulutlarining (benzoldagidek halqalarga nisbatan perpendikulyar joylashuvi sababli umumlashgan (tutashgan) π-bog’lar o’rami hosil bo’ladi va barcha geterotsikllar aromatik xossaga ega bo’ladilar.
Geterotsiklik birikmalarda halqadagi geteroatom birinchi, keyin uning o‘ng tomonidan atomlar raqamlanadi (yuqoriga qarang). Pirrol, furan va tiofen suvda erimaydigan, o’ziga xos hidli suyuq moddalardir.
Bu moddalar halqadagi vodorod va geteroatomlar hisobiga turli kimyoviy xossalarga ega bo’lib, turli maqsadlarda ishlatiladi.
Geterotsiklik birikmalar ichida azotli geterobirikmalar ko‘proq ahamiyatli bo‘lgani uchun ular bilan yaqindan tanishib chiqamiz.


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling