Fizika xonalari(laboratoriyalari) uchun xavfsizlik texnikasi qoidalari
Download 22.25 Kb.
|
FIZIKA XONALARI
FIZIKA XONALARI(LABORATORIYALARI) UCHUN XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI Laboratoriya ishini bajarishda quyidagilarga e’tiborni qaratishlozim: • Asbob vajihozlardan foydalanishdan oldin ularning yo‘riqnomasi bilan mukammal tanishib chiqish kerak. • Ish jarayonida faqat toza, quruq va butun, ishga yaroqli asbob va jihozlardan foydalanish lozim. • Elektr o‘lchov asboblarini o‘qituvchining ruxsatisiz tok manbaigaulash mumkin emas. • Laboratoriya ishining elektr sxemasini yig‘ishda xatolikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, aks holda asbob ishdan chiqishi vao‘quvchining hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin. • Asbob va jihozlarni stolga uning yo‘riqnomasida ko‘rsatilgandek holatda o‘rnatish lozim (yotqizilgan, tik, burchak ostida va h.k.). • Har bir laboratoriya ishini yig‘ib bo‘lgandan so‘ng, uni albatta o‘qituvchi yoki laborant ko‘rib chiqishi va uning ruxsati bilan tok manbaiga ulanishi shart. • Laboratoriya ishini bajarib bo‘lgach, elektr o‘lchov asboblarini tok manbaidan uzishni esdan chiqarmaslik zarur. • Idishlarda suyuqliklarni qizdirish uchun ularning 1/3 qismigacha suyuqlik quyish maqsadga muvofiq. • Moddalar shisha idishlarda qizdirilgandaularni quruq yonilg‘i alangasiga tekkizmaslik kerak (chunki, idish darz ketib sinishi mumkin). • Quruq yoqilg‘ini ishlatib bo‘lgach, uni maxsus qopqoq bilan berkitib o‘chirish lozim. Man etiladi: • Asbob va jihozlarni ularningyo‘riqnomasi bilan tanishmasdan ishlatishga urinish; • Asbob va jihozlarni o‘qituvchi yoki laborantning ruxsatisiz olib ishlatish; • Elektr o‘lchov asboblariga suv va boshqa suyuqliklar sepish, o‘qituvchining ruxsatisiz ularnitok manbaiga ulash va ularning qisqichlarini qo‘l bilan ushlash; • Tajriba jarayonidaasbob va jihozlar joylashgan taglikka o‘tirish, harxil buyumlar qo‘yish va unga kuchbilan zarba berish; • Asbob va jishozlardanbegonalarning foydalanishiga ruxsat berish; • Tajriba jarayonida suyuqlikli idishni (bug‘lanayotgan,qaynab turgan) himoya vositasisiz ushlash va hokazo. Download 22.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling