Fizika xonalari(laboratoriyalari) uchun xavfsizlik texnikasi qoidalari


Download 22.25 Kb.
Sana28.10.2023
Hajmi22.25 Kb.
#1731557
Bog'liq
FIZIKA XONALARI


FIZIKA XONALARI(LABORATORIYALARI) UCHUN XAVFSIZLIK
TEXNIKASI QOIDALARI
Laboratoriya ishini bajarishda quyidagilarga e’tiborni qaratishlozim:
• Asbob vajihozlardan foydalanishdan oldin ularning yo‘riqnomasi bilan
mukammal tanishib chiqish kerak.
Ish jarayonida faqat toza, quruq va butun, ishga yaroqli asbob va jihozlardan
foydalanish lozim.
• Elektr o‘lchov asboblarini o‘qituvchining ruxsatisiz tok manbaigaulash mumkin
emas.
• Laboratoriya ishining elektr sxemasini yig‘ishda xatolikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi,
aks holda asbob ishdan chiqishi vao‘quvchining hayotiga xavf tug‘dirishi
mumkin.
• Asbob va jihozlarni stolga uning yo‘riqnomasida ko‘rsatilgandek holatda
o‘rnatish lozim (yotqizilgan, tik, burchak ostida va h.k.).
• Har bir laboratoriya ishini yig‘ib bo‘lgandan so‘ng, uni albatta o‘qituvchi yoki
laborant ko‘rib chiqishi va uning ruxsati bilan tok manbaiga ulanishi shart.
• Laboratoriya ishini bajarib bo‘lgach, elektr o‘lchov asboblarini tok manbaidan
uzishni esdan chiqarmaslik zarur.
• Idishlarda suyuqliklarni qizdirish uchun ularning 1/3 qismigacha suyuqlik quyish
maqsadga muvofiq.
• Moddalar shisha idishlarda qizdirilgandaularni quruq yonilg‘i alangasiga
tekkizmaslik kerak (chunki, idish darz ketib sinishi mumkin).
• Quruq yoqilg‘ini ishlatib bo‘lgach, uni maxsus qopqoq bilan berkitib o‘chirish
lozim.
Man etiladi:
• Asbob va jihozlarni ularningyo‘riqnomasi bilan tanishmasdan ishlatishga urinish;
• Asbob va jihozlarni o‘qituvchi yoki laborantning ruxsatisiz olib ishlatish;
• Elektr o‘lchov asboblariga suv va boshqa suyuqliklar sepish,
o‘qituvchining ruxsatisiz ularnitok manbaiga ulash va ularning qisqichlarini qo‘l bilan
ushlash;
• Tajriba jarayonidaasbob va jihozlar joylashgan taglikka o‘tirish, harxil buyumlar
qo‘yish va unga kuchbilan zarba berish;
• Asbob va jishozlardanbegonalarning foydalanishiga ruxsat berish;
• Tajriba jarayonida suyuqlikli idishni (bug‘lanayotgan,qaynab turgan) himoya
vositasisiz ushlash va hokazo.
Download 22.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling