Fizika” yo’nalishi 202- guruh talabasi Qudratillayeva Irodaning


Birinchi postulat (nisbiylik prinsipi). Fizika qonunlari barcha inersial sanoq sistemalarida bir xil kechadi


Download 0.55 Mb.
bet12/18
Sana16.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1502139
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
Qudratillayeva Iroda

Birinchi postulat (nisbiylik prinsipi). Fizika qonunlari barcha inersial sanoq sistemalarida bir xil kechadi.

Ikkinchi postulat (yorug‘lik tezligini doimiyligi). Yorug‘lik bo‘shliqda aniq s tezlik bilan tarqaladi va manbaning yoki kuzatuvchining harakatiga bog‘liq emas.

Bu ikkala postulat Eynshteynning maxsus nisbiylik nazariyasini asosini tashkil etadi. Maxsus yoki xususiy nazariya deb atalishi umumiy nisbiylik nazariyasidan farqlash uchun, umumiy nisbiylik nazariyasi noinersial sanoq sistemalarini ko‘radi (tezlashgan). Ikkinchi postulatni qabul qilish qiyin chunki ko‘pgina umumiy qabul qilingan tasavvurlarga qarshi. Birinchidan eng avvalo yorug‘lik bo‘shliqda tarqalishi lozim. Efirdan kechish qiyin emas bari bir uni qayd qilib bo‘lmaydi. Ikkinchidan manbaning yoki kuzatuvchining harakatidan qat’iy nazar yorug‘likning vakuumdagi tezligi doimiydir (310-8 m/c). Bundan ko‘rinadiki kuzatuvchi yorug‘lik manbaiga qarabmi yoki aksincha harakatlanishidan qattiy nazar yorug‘lik tezligi bir xil. Bu bizning kundalik hayotimizdagi tajribalarga zid keladi, chunki tasavvurimizda kuzatuvchi yorug‘lik manbaiga yaqinlashishi bilan uning tezligi yorug‘lik tezligiga qo‘shilishini aksincha uzoqlashishi bilan ayrilishi lozim edi. Bu muammo biz kundalik hayotimizda hech qachon yorug‘lik tezligiga yaqin tezlikni ulchashga to‘g‘ri kelmasligi bilan bog‘liq. Shuning uchun ham bunday katta tezliklarni qarashda bizni kundalik tajribalarimiz ko‘l kelishi foydali ekanligini kutmasligimiz kerak.

Boshqa tomondan Maykelson-Morli tajribasi ikkinchi postulat bilan to‘la mos keladi. Maykelson-Morli tajribasini birinchi postulatning isboti sifatida ham qarash mumkin, chunki avtorlarning fikricha tajriba qandaydir absolyut sanoq sistemasiga nisbatan Yer tezligini ulchashga bag‘ishlangan.

Maykelson-Morli tajribasining salbiy natijalaridan ko‘rinadiki hech qanday yakkalangan sanoq sistemasi mavjud bo‘lmaydi. Absolyut sanoq sistemasi tushunchasini inkor etib fizika Maksvell elektromagnit nazariyasini mexanika bilan birlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Maksvell nazariyasida aytilgan yorug‘lik tezligi, har qanday sanoq sistemasida vakuumdagi tezligidir. Eynshteyn ko‘pincha tajribalarni xayoliy tasavvur qilar edi. Bunday analiz matematik hisoblashlarni va fizikaviy qurilmalarni talab qilmas edi. Bu yo‘lni Eynshteyn «xayoliy tajriba» deb atar edi. Shunday qilib, A.Eynshteyn yorug‘lik ustida o‘tkazilgan tajribalar asosida fazo-vaqt tasavvurlarining yangi nazariyasi – maxsus nisbiylik nazariyasini yaratdi.




Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling