Fizika” yo’nalishi 202- guruh talabasi Qudratillayeva Irodaning
Download 0.55 Mb.
|
Qudratillayeva Iroda
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3 Maxsus nisbiylik nazariyasi postulatlari
Yuqorida keltirilgan uchta tajriba efirni xossalari buyicha bir-birini inkor qiluvchi xulosa beradi. Bundan ko‘rinadiki, efir gipotezasini fanda qabul qilib bo‘lmaydi. Lekin aytishlaricha shu izlanishlar A.Eynshteyn tomonidan maxsus nisbiylik nazariyasini yaratilishiga turtki bo‘lgan. Biroq Eynshteynning o‘zini yozishi bo‘yicha maxsus nisbiylik nazariyasini yaratilishiga boshqa tasavvurlar sabab bo‘lgan, Maykelson tajribasi haqida nisbiylik nazariyasi asoslarini yaratgandan so‘nggina bilgan. Eynshteyn o‘zining nazariyasini asosi sifatida - yorug‘lik tezligi inersial sanoq sistemasida kuzatuvchining ham, manbaning ham harakatiga bog‘liq emasligini qabul qiladi. O‘zgaruvchi elektromagnit maydonni mustaqilligini takidlab u butunlay efir gipotezasidan voz kechadi. Maxsus nisbiyliknazariyasida olingan tezliklarni qo‘shish qonunini qo‘llab quyidagini hosil qilish mumkin ( ikkinchi darajali qo‘shiluvchi e’tiborga olinmadi).(9.3)Bu tajriba natijasiga mos keladi.Maykelson tajribasiga ham qo‘llasak:Shunday bo‘lishi kerak (bu yerda tajriba vakuumda o‘tkaziladi deb xisoblanadi yoki havoning singdirish ko‘rsatkichi birga (n=1) teng deb hisoblanadi.Aberratsiyani relyativistik hisoblaganda tangens o‘rniga sinus olinadi, kichik aberratsiya burchaklarida bu funksiyalarning qiymatlari mos keladi.1.3 Maxsus nisbiylik nazariyasi postulatlariXIX asrning oxirlarida va XX asrning boshlarida Nyuton mexanikasi va Elektromagnit maydon nazariyalari oldida turgan muammolarga A.Eynshteynning(1905y.) maxsus nisbiylik nazariyasi yechim topdi. Eynshteyn o‘zining nazariyasini Maykelson-Morli tajribalarining salbiy natijalari asosida yaratgan deb o‘ylash to‘g‘ri emas. Eynshteyn Lorensning nazariy ishlarini o‘rgangan va u bilan faxrlangan. Maxsus nisbiylik nazariyasini yaratilishiga elektromagnit maydon nazariyasi muammolari va yorug‘lik nazariyasi to‘g‘risidagi izlanishlari turtki bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. Masalan, Eynshteyn o‘ziga shunday savol beradi: «Agar men yorug‘lik nuri ustiga o‘tirganimda nimani ko‘rar edim»? Javob shundan iborat ediki, harakatdagi elektromagnit to‘lqin bilan birga, vaqt bo‘yicha o‘zgarmay qoladigan lekin amplitudasi fazo bo‘yicha o‘zgaruvchi o‘zgarmas elektr va magnit maydonini ko‘rar edi. Eynshteyn bunday maydonni topish mumkin emasligini, bilar edi. Bundan tashqari bu Maksvellning elektromagnit maydon nazariyasi bilan mos kelmas edi. Biz bilamizki Maksvell tenglamalari tezlik bilan sinusoidal konun bo‘yicha tarqalayotgan elektr va magnit maydonlarini qanoatlantiradi. O‘zgarmas sinusoidal maydon (turg‘un yoki nol tezlik bilan tarqalayotgan), shuningdek har qanday s dan farqli tezlik bilan tarqalayotgan maydon uchun Maksvell tenglamalari yechim bo‘la olmaydi. Eyshnteyn shunday xulosaga keldiki elektromagnit to‘lqinni to‘htatib bo‘lmaydi. Eynshteyn o‘z qarashlarini ikkita postulat ko‘rinishida xulosa qildi. Birinchi postulati, Nyutonning nisbiylik prinsiplarini umumlashtirdi, bunday olganda nafaqat mexanika qonunlarini balki elektr va magnitizm bilan birga boshqa fizika qonunlarini ham umumlashtirdi.Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling