Fizika” yo’nalishi 202- guruh talabasi Qudratillayeva Irodaning


Download 0.55 Mb.
bet9/18
Sana16.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1502139
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
Qudratillayeva Iroda

3-rasm.


Faraz qilaylik, asbob Yer ustida АM «yelkasi» Yerning efirdagi tezligiga parallel qilib o‘rnatilgan bo‘lsin. Unda АM yo‘lni to‘g‘ri va teskari tomonga o‘tgan birinchi nurning sarf qilgan vaqti:

Yerning efirdagi harakat yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘lgan AM( yo‘ldan borib kelishiga ikkinchi nurning sarf qiladigan vaqti:

.

Vaqtlar ayirmasi:

tenglik bilan ifodalanadi, nisbatni kichik deb hisoblab, yuqoridagi ifodani

taqribiy ko‘rinishga keltirish mumkin.

Maykelson tajribalarida interferension yo‘llarning sezilarli siljishlari payqalmagan. Tajribalar turli vaqtlarda turli geografik nuqtalarda ko‘p marta qayta bajarilgan bo‘lsa-da, hamma vaqt salbiy natija bergan.

Bu tajribani birinchi marta 1881 yilda Maykelson zaruriy aniqlikda bajargan. Bu tajriba tobora takomillashtirilib ko‘p marta takrorlangan, bunda l yo‘l uzaytirilgan va kuzatish metodlari takomillashtirila borgan va Maykelson-Morley, 1887 yili o‘tkazgan. Tajriba takomillashtirila borgani sari ko‘proq ishonch bilan interferension manzaraning siljimasligi tasdiqlana borgan. Lorens nazariyasiga muvofiq, harakatsiz efirda Yerning 30 km/s tezlik bilan harakat qilishi tufayli «efir shamoli» paydo bo‘lishi interferension manzaraning siljishini yuzaga keltirishi kerak edi.

Maykelson tekshirishlarining ko‘rsatishicha,yo efir yer atmosferasiga butunlay ergashib ketishi lozim, biroq bu xulosa Fizo tajribasiga zid keladi, yoki efir o‘ziga nisbatan hisob sistemasi bo‘laoladigan muhitdir deb qarashimiz noto‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Birinchi faraz - efirning Yer atmosferasiga egashib ketishi-Fizo tajribalariga zid bo‘libgina qolmay, yulduz aberratsiyasi hodisasi bilan ham mos kelmaydi. Ma’lumki, yulduz aberratsiyasi Yer harakatisiz - tinch muhit deb qaralgan efirda harakatlanadi degan faraz asosida tezliklarning qo‘shilishlari haqidagi elementar teorema yordamida yaxshi tushuntiriladi. Yulduz aberratsiyasini suv bilan to‘ldirgan teleskopda kuzatish qisman egashish nazariyasini to‘la tasdiqlaydi, ya’ni Fizo tajribalariga mos keladi. Demak, efir nazariyasiga asoslanganimizda Fizo tajribasini, yulduz aberratsiyasi hodisasini va Maykelson tajribasini- hammasini birdaniga tushuntira olmay qolar ekanmiz. Maykelson tajribasining tushunarli bo‘lishi uchun efir bir xil xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak bo‘lsa, yulduz aberratsiyasini va Fizo tajribasini tushuntirish uchun butunlay qarama-qarshi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerakligi kelib chiqadi.


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling