36-§. Nomustaqil va mustaqil razryadlar
boradi. Kuchlanish ortishi bilan anod va katodga yetib boradigan zaryadlar soni ortib boradi. Kuchlanish ma’lum qiymatga erishganda, havoda hosil bo‘lgan zaryadlarning hammasi anod va katodga yetib boradi.
Agar ionizator o‘chirilsa, shu zahoti zanjirda tok kuchining qiymati nolga teng bo‘lib qoladi. Chunki, elektr razryad to‘xtaydi. Anod va katod orasidagi havoda ionizatorsiz mustaqil ravishda razryad bo‘lmaydi.
Ionizator ta’siri to‘xtatilishi bilan to‘xtaydigan razryad nomustaqil razryad deb ataladi.
Mustaqil razryad
Agar anod va katod orasidagi kuchlanish oshirib borilaversa nima bo‘ladi?
125-rasmda ko‘rsatilgan tajribani davom ettirib, kuchlanishni yanada oshirib boraylik. Kuchlanish ma’lum Um katta qiymatga yetganda tok kuchi keskin orta boshlaydi (126-rasm). Bunga sabab nima?
Anod tomon harakatlanayotgan elektronlar o‘z yo‘lida gazdagi neytral atom bilan ko‘p marta to‘qnashadi. Elektronlarning tezligi kichik bo‘lganda, uning kinetik energiyasi ham kichik bo‘ladi. Kichik energiyali elektronlar bilan to‘qnashganda neytral atomlar ionlarga aylanmaydi. Kuchlanish ortishi bilan gazda hosil bo‘lgan elektronlarning anodga tomon harakat tezligi ham orta boradi. Kuchlanish orttira borilsa, elektronlar shunday tezlikka erishadiki, ularning kinetik energiyasi o‘z yo‘lida to‘qnashgan neytral atomlar elektronini urib chiqarishga, ionlashtirishga yetarli bo‘ladi. Hosil bo‘lgan yangi erkin elektron katta kuchlanishli maydonda katta tezlikka erishib, boshqa ion va elektronlarni hosil qila boradi. Shu zaylda gazning ionlashishi keskin ortadi. Bu esa tok kuchining ham keskin ortishiga sabab bo‘ladi.
Agar tashqi ta’sir — ionizator o‘chirib qo‘yilsa ham, gazning ionlashishi to‘xtamaydi. Elektr razryad ionizator ta’sirisiz ham mustaqil ravishda davom etaveradi.
Ionizator ta’siri to‘xtatilganda ham davom etaveradigan razryad mustaqil razryad deb ataladi.
Gaz razryadidagi musbat ionlar katod tomon harakat qiladi. Katta tezlikka ega bo‘lgan musbat ionlar katodga zarb bilan urilib, katoddan elektronlarni urib chiqaradi. Bu elektronlar ham yangi atomlarning ionlashishida va elektr o‘tkazuvchanlikda ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |