Fizika8 Uzb i-bob 1-26. pmd


Download 0.86 Mb.
bet2/3
Sana03.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1155940
1   2   3
Bog'liq
Mustaqil va mustaqil bo’lmagan gaz zaryadlari.

Gazlarda elektr otkazuvchanlik elektr maydonda ionlar va elektronlarning tartibli harakatidan iborat.
Gazlarda ionlashish boshqa tashqi ta’sirlarda, masalan, kuchli nurlantirishda ham sodir bo‘ladi.

Rekombinatsiya


Elektr maydon olinib, ionlashtruvchi tashqi ta’sir to‘xtatilganda, gazdagi elektron va ionlar bir-biri bilan qo‘shilishi natijasida yana neytral atomlarni hosil qiladi.

Elektron va musbat zaryadli ionlarning qo‘shilishi natijasida neytral atomlar hosil bo‘lish jarayoni gazlarda zaryadli zarralarning rekombinatsiyasi deb ataladi.
Elektr maydon bo‘lmaganda, tashqi ta’sir to‘xtatilgan vaqtda zaryadli zarralar faqat rekombinatsiya tufayli yo‘qoladi va gaz yana dielektrikka aylanadi.
Elektr maydon bo‘lmaganda, ionlashtiruvchi tashqi ta’sir paytida, bir tomondan, gazning ionlashishi, ikkinchi tomondan, zaryadli zarralarning rekombinatsiyasi yuz beradi. Ionlashtiruvchi tashqi ta’sir o‘zgarmas bo‘lganda ionlashish va rekombinatsiya jarayoni tenglashadi, ya’ni dinamik muvozanat qaror topadi. Bunda gazdagi zaryadli zarralar soni vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmay turadi. Dinamik muvozanat qaror topganda, hosil bo‘layotgan zaryadli zarralar soni yo‘qolayotgan zaryadli zarralar soniga teng bo‘ladi.

  1. G azlardan elektr tokining o‘tishini qay tarzda hosil qilish mumkin?

  2. Nima sababdan havo isitilganda undan elektr toki o‘tadi?

  3. Gazlarda elektr o‘tkazuvchanlikda qanday zarralar ishtirok etadi?

  4. Rekombinatsiya deb qanday jarayonga aytiladi?

  5. Gazlarda zaryadli zarralarning hosil bo‘lishi va yo‘qolishi o‘rtasida dinamikmuvozanat qay tarzda sodir bo‘ladi?

NOMUSTAQIL VA MUSTAQIL RAZRYADLAR

Nomustaqil razryad


I maydon kattaligiga — elektr kuchlanishga qandayGazdan o‘tayotgan tok kuchining qo‘yilgan elektr

bog‘liqligini ko‘rib chiqaylik. Buning uchun sxemasi 125-rasmda tasvirlangan elektr zanjirni yig‘aylik.
A anod va K katodlarni yassi kondensator qoplamalari kabi bir-biriga parallel ravishda o‘rnataylik. Anod va katod orasidagi kuchlanish V voltmetr bilan, anod va katod orasidagi gaz (havo)dan o‘tayotgan tok kuchi A ampermetr bilan o‘lchanadi. R reostat yorda125-rasm mida anod va katod orasidagi kuchlanishni o‘zgartira borish mumkin. Anod va katod orasidagi havoni
doimiy ravishda ionlashtirib turish uchun I ionizator o‘rnatilgan. Ionizatorning uzluksiz chaqnab turishidan anod va katod orasidagi havo qiziydi va ionlashadi.
Ionizator yoqilgandan keyin biroz vaqt o‘tgach, ionlashish va rekombinatsiya o‘rtasida dinamik muvozanat qaror topadi. Elektr zanjirdagi kalitni ulab, kuchlanishni asta-sekin oshira boramiz. Anod va katod orasidagi elektr kuchlanish ortishi bilan hosil bo‘lgan tok kuchi ham orta boradi.

U Chunki, kuchlanish ortganda, birlik vaqt ichida zaryad tashuvchilarning anod va 126-rasm katodga yetib borishi ham ortadi.
Havodan o‘tayotgan tokning kuchla-
nishga bog‘liq holda o‘zgarishi 126-rasmda ko‘rsatilgan. Kuchlanishni oshira borishda shunday payt keladiki, bunda kuchlanish ma’lum qiymatga yetgach, tok kuchi oshmasdan o‘zgarmas bo‘lib qoladi, ya’ni tok to‘yinish qiymatga erishadi. Tok kuchining bunday qiymati toyinish toki It deyiladi.
Tok kuchining to‘yinishiga sabab nima?
Kuchlanish past bo‘lganda, anod va katod orasida birlik vaqt ichida hosil bo‘layotgan zaryadlarning bir qismigina anod va katodga yetib

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling