Fizikadan masalalar 10 10-sinf masalalari va test savollari to`plami
IX bobni yakunlash yuzasidan test savollari
Download 1.33 Mb.
|
10 синф масала ечими
IX bobni yakunlash yuzasidan test savollari
1. Gapni to‘ldiring. Metallarning qizishi tufayli ulardan elektron uchib chiqish hodisasiga ... deyiladi. A) ... termoelektron emissiya...; B). ..elektron emissiya...; C) ...chiqish ishi...; D) ...to‘yinish toki.... 2. Vakuumda elektr tokining tabiati nimadan iborat? A) elektronlar oqimining bir tomonga harakatidan; B) musbat ionlarning bir tomonga harakatidan; C) manfi y ionlar oqimining bir tomonga harakatidan; D) elektronlar, musbat va manfi y ionlarning bir tomonga harakatidan iborat. 3. Donor aralashmali yarimo‘tkazgichlar qanday turdagi o‘tkazuvchanlikka ega? A) asosan elektron o‘tkazuvchanlikka; B) asosan teshikli o‘tkazuvchanlikka; C) teng miqdorda elektron va teshikli o‘tkazuvchanlikka; D) elektr tokini o‘tkazmaydi. 4. Toza yarimo‘tkazgichdan elektronlarning tartibli harakati tufayli 1 mA tok o‘tmoqda. Yarimo‘tkazgichdan o‘tayotgan to‘la tok kuchi nimaga teng? A) I mA; B) 2 mA; C) 0,5 mA; D) 0. 5. Gapni davom ettiring. “Temperatura ortishi bilan yarimo‘tkazgichning qarshiligi...” A) ... ortadi; B) ... avval ortadi, so‘ngra kamayadi; C) ... kamayadi; D) ... avval kamayadi, so‘ngra ortadi. 6. Yarimo‘tkazgichda teshik va elektron uchrashganda nima hosil bo‘ladi? A) musbat ion; B) neytral atom;C) manfi y ion; D) musbat va manfi y ionlar. 7. Aralashmali o‘tkazuvchanlik qanday zarralarning harakati bilan bog‘langan? A) asosan erkin elektronlar; B) asosan kovaklar; C) teng miqdordagi erkin elektronlar va kovaklar; D) turli miqdordagi erkin elektronlar yoki kovaklar. 8. “To‘g‘ri p–n o‘tishda yarimo‘tkazgichdagi berkituvchi qatlam ...” Gapni davom ettiring. A) ... kengayadi; B) ... torayadi; C) ... o‘zgarmasdan qoladi; D) ... kuchlanish kattaligiga qarab chiziqli o‘zgaradi. 9. Kovalent bog‘lanishda nechta elektron qatnashadi? A) 1 ta; B) 2 ta; C) 3 ta; D) 4 ta. 10. n–p–n turdagi tranzistor bazasiga emitterga nisbatan qanday ishoradagi potensial berilganda tranzistordan tok o‘tadi? A) musbat; C) nol; B) manfi y; D) qanday ishorada berilishining ahamiyati yo‘q.
Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling