Fizikadan masalalar 10 10-sinf masalalari va test savollari to`plami


I bobni yakunlash yuzasidan test savollari


Download 1.33 Mb.
bet2/15
Sana17.02.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1204668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
10 синф масала ечими

I bobni yakunlash yuzasidan test savollari
1. Motorli qayiqning daryo oqimi bo‘ylab suzgandagi qirg‘oqqa nisbatan tezligi 6 m/s, oqimga qarshi suzganda esa 4 m/s. Daryo oqimining tezligi (m/s) nimaga teng?
A) 0,5; B) 1; C) 2,5; D) 5.
2. Jism 15 m/s tezlik bilan vertikal pastga qarab tashlandi. U 2 s o‘tgach qanday tezlikka erishadi (m/s)?
A) 25; B) 35; C) 30; D) 45.
3. Jism qanday tezlik bilan vertikal otilsa, u 6 s dan so‘ng otilgan joyiga qaytib tushadi (m/s)?
A) 20; B) 35; C) 30; D) 40.
4. Yuqoriga tik otilgan jismning tezligi 2 s o‘tgach, ikki marta kamaydi. U qanday tezlik bilan otilgan?
A) 30; B) 40; C) 50; D) 60.
5. Massalari 100 g va 150 g bo‘lgan ikki metall sharcha bir xil tezlik bilan tik yuqoriga otildi. Ularning qaysi biri balandroq ko‘tariladi? Havoning qarshiligini hisobga olmang.
A) massasi kichik bo‘lgan sharcha;
B) massasi katta bo‘lga n sharcha;
C) ikkalasi bir xil balandlikkacha ko‘tariladi;
D) berilgan ma’lumotlar yetarli emas.6. Aylanma harakat 50 ta tishi bo‘lgan g‘ildirakdan 150 ta tishi bo‘lgan g‘ildirakka uzatilmoqda. Birinchi g‘idirak 2 s davomida bir marta to‘liq aylanib chiqsa, ikkinchi g‘ildirakning aylanish davri qancha?
A) 3 s; B) 7,5 s; C) 5 s; D) 6 s.
7. Egri chiziqli tekis harakatda quyidagi kattaliklarning qaysi biri o‘zgarmaydi?
A) oniy tezlik moduli; B) tezlanish moduli;
C) o‘rtacha tezlik moduli; D) tezlanish vektori.
8. Egri chiziqli tekis harakatda tezlanish vektorining yo‘nalishi qanday?
A) trayektoriyaning egrilik radiusi bo‘yicha markazga;
B) trayektoriyaga urinma;
C) harakat trayektoriyasi bo‘yicha;
D) egri chiziq radiusi bo‘yicha markazdan tashqariga.
9. 125 m balandlikdagi minoradan jism 30 m/s tezlik bilan gorizontal yo‘nalishda otildi. Jismning uchish uzoqligini aniqlang.
A) 300 m; B) 120 m; C) 240 m; D) 150 m.
10. Jism yerdan gorizontga nisbatan 30° burchak ostida 20 m/s boshlang‘ich tezlik bilan otildi. Boshlang‘ich tezlik vektorining gorizontal va vertikal tashkil etuvchilarini aniqlang (m/s).
A) 10 va 14,1; B) 17,3 va 10; C) 14,1 va 10; D) 20 va 10.

S

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

J

B

B

C

B

C

D

A

A

D

B


2-mashq
1-masala
Uyning tomi gorizontga nisbatan 30o ni tashkil etadi. Tom ustida yurgan odam oyoq kiyimining tagcharmi bilan tom usti orasidagi ishqalanish koeffi tsiyenti qancha bo‘lganda, u sirpanmasdan yura oladi? (Javobi: 0,58).

Berilgan





Yechilishi:






2-masala
Qo‘zg‘almas blok orqali o‘tkazilgan arqonning uchlariga 50 g va 75 g li yuklar osilgan. Arqon va blok massasi hisobga olinmaydigan darajada kichik. Arqonni cho‘zilmas deb olib, yuklarning harakatlanish tezlanishini va arqonning taranglik kuchini toping. (Javobi: 1,96 m/s2; 0,6 N).

Berilgan





Yechilishi:




3-masala
Arava ustida suyuqlik quyilgan idish qo‘yilgan. Arava gorizontal yo‘nalishda a tezlanish bilan harakatlanmoqda. Suyuqlik sirti barqaror holatda bo‘lganida, gorizont bilan qanday burchak tashkil qiladi? (Javobi: α = tgα).



Berilgan




Yechilishi:





4-masala
O‘zgarmas kuch ta’sirida harakat boshlagan jism birinchi sekundda 0,5 m yo‘l bosdi. Agar jismning massasi 25 kg bo‘lsa, ta’sir etuvchi kuch nimaga teng? (Javobi: 25 N).

Berilgan
M=25 kg
S=0,5 m



Yechilishi:



5-masala
O‘zgarmas kuch ta’sirida harakat boshlagan 50 g massali jism 2 sekundda 1 m yo‘l bosdi. Ta’sir etuvchi kuch nimaga teng? (Javobi: 0,025 N).



Berilgan
m=0,05 kg
t=2 s
S=1 m
F =?

Yechilishi:



6-masala
Liftdagi suv solingan chelakda jism suzib yuribdi. Agar lift yuqoriga (pastga) a tezlanish bilan harakatlansa, jismning botish chuqurligi o‘zgaradimi?



Berilgan
bo’lsa
bo’lsa ortadi
pastlasa kamayadi.



7-masala
Massasi M bo‘lgan silindrga ip o‘ralgan. So‘ngra silindrni pastga tashlab yuborilib, ipni yuqoriga tortib turiladi. Bunda silindrning massa markazi ipning yoyilishi davrida aynan bir xil balandlikda qoldi. Ipning taranglik kuchi nimaga teng.

Berilgan
m=M
T =?

Yechilishi:







8-masala
Gorizontal joylashgan taxtachada yuk turibdi. Yuk va taxtacha orasidagi ishqalanish koeffi tsiyenti 0,1. Taxtachaga gorizontal yo‘nalishda qanday α tezlanish berilsa, uning ustidagi yuk sirpanib tushadi? (Javobi: 1 kg).


Berilgan




Y echilishi:






9-masala
Qog‘oz varaq ustida to‘g‘ri silindr turibdi. Silindr balandligi 20 sm va asosining diametri 2 sm. Qog‘ozni qanday minimal tezlanish bilan tortilsa, silindr ag‘darilib tushadi. (Javobi: a = 0,1 m/s2).


Berilgan





Yechilishi:




d

hj


h
ma

10-masala
Massasi 6 t bo‘lgan, yuk ortilmagan avtomobil 0,6 m/s2 tezlanish bilan harakatlana boshladi. Agar u o‘sha tortish kuchida joyidan 0,4 m/s2 tezlanish bilan qo‘zg‘alsa, unga ortilgan yukning massasi qancha bo‘lgan? (Javobi: 3 t).

Berilgan






Yechilishi:





Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling