Fizikadan masalalar 10 10-sinf masalalari va test savollari to`plami
I bobni yakunlash yuzasidan test savollari
Download 1.51 Mb.
|
10-sinf Fizika masalalar yechimi.docx
I bobni yakunlash yuzasidan test savollari
1. Motorli qayiqning daryo oqimi bo‘ylab suzgandagi qirg‘oqqa nisbatan tezligi 6 m/s, oqimga qarshi suzganda esa 4 m/s. Daryo oqimining tezligi (m/s) nimaga teng? A) 0,5; B) 1; C) 2,5; D) 5. 2. Jism 15 m/s tezlik bilan vertikal pastga qarab tashlandi. U 2 s o‘tgach qanday tezlikka erishadi (m/s)? A) 25; B) 35; C) 30; D) 45. 3. Jism qanday tezlik bilan vertikal otilsa, u 6 s dan so‘ng otilgan joyiga qaytib tushadi (m/s)? A) 20; B) 35; C) 30; D) 40. 4. Yuqoriga tik otilgan jismning tezligi 2 s o‘tgach, ikki marta kamaydi. U qanday tezlik bilan otilgan? A) 30; B) 40; C) 50; D) 60. 5. Massalari 100 g va 150 g bo‘lgan ikki metall sharcha bir xil tezlik bilan tik yuqoriga otildi. Ularning qaysi biri balandroq ko‘tariladi? Havoning qarshiligini hisobga olmang. A) massasi kichik bo‘lgan sharcha; B) massasi katta bo‘lga n sharcha; C) ikkalasi bir xil balandlikkacha ko‘tariladi; D) berilgan ma’lumotlar yetarli emas.6. Aylanma harakat 50 ta tishi bo‘lgan g‘ildirakdan 150 ta tishi bo‘lgan g‘ildirakka uzatilmoqda. Birinchi g‘idirak 2 s davomida bir marta to‘liq aylanib chiqsa, ikkinchi g‘ildirakning aylanish davri qancha? A) 3 s; B) 7,5 s; C) 5 s; D) 6 s. 7. Egri chiziqli tekis harakatda quyidagi kattaliklarning qaysi biri o‘zgarmaydi? A) oniy tezlik moduli; B) tezlanish moduli; C) o‘rtacha tezlik moduli; D) tezlanish vektori. 8. Egri chiziqli tekis harakatda tezlanish vektorining yo‘nalishi qanday? A) trayektoriyaning egrilik radiusi bo‘yicha markazga; B) trayektoriyaga urinma; C) harakat trayektoriyasi bo‘yicha; D) egri chiziq radiusi bo‘yicha markazdan tashqariga. 9. 125 m balandlikdagi minoradan jism 30 m/s tezlik bilan gorizontal yo‘nalishda otildi. Jismning uchish uzoqligini aniqlang. A) 300 m; B) 120 m; C) 240 m; D) 150 m. 10. Jism yerdan gorizontga nisbatan 30° burchak ostida 20 m/s boshlang‘ich tezlik bilan otildi. Boshlang‘ich tezlik vektorining gorizontal va vertikal tashkil etuvchilarini aniqlang (m/s). A) 10 va 14,1; B) 17,3 va 10; C) 14,1 va 10; D) 20 va 10.
2-mashq 1-masala Uyning tomi gorizontga nisbatan 30o ni tashkil etadi. Tom ustida yurgan odam oyoq kiyimining tagcharmi bilan tom usti orasidagi ishqalanish koeffi tsiyenti qancha bo‘lganda, u sirpanmasdan yura oladi? (Javobi: 0,58).
2-masala Qo‘zg‘almas blok orqali o‘tkazilgan arqonning uchlariga 50 g va 75 g li yuklar osilgan. Arqon va blok massasi hisobga olinmaydigan darajada kichik. Arqonni cho‘zilmas deb olib, yuklarning harakatlanish tezlanishini va arqonning taranglik kuchini toping. (Javobi: 1,96 m/s2; 0,6 N).
3-masala
4-masala O‘zgarmas kuch ta’sirida harakat boshlagan jism birinchi sekundda 0,5 m yo‘l bosdi. Agar jismning massasi 25 kg bo‘lsa, ta’sir etuvchi kuch nimaga teng? (Javobi: 25 N).
5-masala
6-masala
7-masala Massasi M bo‘lgan silindrga ip o‘ralgan. So‘ngra silindrni pastga tashlab yuborilib, ipni yuqoriga tortib turiladi. Bunda silindrning massa markazi ipning yoyilishi davrida aynan bir xil balandlikda qoldi. Ipning taranglik kuchi nimaga teng.
8-masala Gorizontal joylashgan taxtachada yuk turibdi. Yuk va taxtacha orasidagi ishqalanish koeffi tsiyenti 0,1. Taxtachaga gorizontal yo‘nalishda qanday α tezlanish berilsa, uning ustidagi yuk sirpanib tushadi? (Javobi: 1 kg).
9-masala Qog‘oz varaq ustida to‘g‘ri silindr turibdi. Silindr balandligi 20 sm va asosining diametri 2 sm. Qog‘ozni qanday minimal tezlanish bilan tortilsa, silindr ag‘darilib tushadi. (Javobi: a = 0,1 m/s2).
10-masala Massasi 6 t bo‘lgan, yuk ortilmagan avtomobil 0,6 m/s2 tezlanish bilan harakatlana boshladi. Agar u o‘sha tortish kuchida joyidan 0,4 m/s2 tezlanish bilan qo‘zg‘alsa, unga ortilgan yukning massasi qancha bo‘lgan? (Javobi: 3 t).
Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling